Baxtiyor mengliyev
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Baxtiyor mengliyev
Mantiqiy mushohada uchun
1.Hamma uchun so‘zlar orasida eng e’tiborlisi bitta. Bu qaysi so‘z? 2.Bir so‘z barcha tillarga tarjima qilib aytilar edi. 1994-yildan keyin tarjima qilinmay qo‘llanadigan bo‘ldi. Bu qaysi so‘z? Sememaning xususiyatlari. Birorta leksemaning sememasi ikkinchi leksemaning sememasiga aynan o‘xshash bo‘lmaydi. 135 Boshqacha aytganda, bir xil sememaga ega ikkita leksema yo‘q. Bunga ikkita sinonim leksemaning sememasini qiyoslash asosida amin bo‘lishimiz mumkin: Yuz – “inson boshi old tomonining peshonadan iyakkacha bo‘lgan qismining uslubiy betaraf ifodasi”. Bet – “inson boshi old tomonining peshonadan iyakkacha bo‘lgan qismining so‘zlashuv uslubiga xos ifodasi”. Кo‘rinadiki, birinchi sememadagi “uslubiy betaraf” unsuri ikkinchi sememada, ikkinchi sememadagi “so‘zlashuv uslubiga xos” unsuri birinchi sememada yo‘q. Agar semema aynan bo‘lib qolsa, demak, bu ular tavsifida nuqson mavjud deyishga asos bo‘ladi. Semema mukammal tavsiflanganda, bu tavsifdanoq ushbu tilni eng nozik jihatlarigacha puxta bilgan kishi so‘z qaysi leksema haqida ketayotganligini ravshan anglaydi. Har qanday butunlik bo‘lakdan tashkil topganligi kabi, semema ham o‘ziga xos tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi. Masalan, leksema butunlik sifatida nomema va sememadan tashkil topadi. Sememada bir tarkibiy qismi almashtirilishi bilan u butunlay boshqa sememaga aylanib ketishi mumkin. Masalan, “davriy bo‘lmagan” ma’no bo‘lakchasini “davriy bo‘lgan” ma’no bo‘lakchasiga almashtirsak, u o‘z-o‘zidan jurnal leksemasining sememasi bo‘lib qoladi. Leksemaning sememasini aniqlashda u sinonimik qatorda tekshiriladi. Deylik, yuz leksemasi sememasi ochilayotganda, u bet, aft, chehra, oraz, turq, bashara va hokazo leksema qurshovida o‘rganiladi. Кelmoq leksemasi sememasini bormoq, ketmoq va boshqa leksemalar sememalarisiz aniqlab bo‘lmaydi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling