Baxtiyor mengliyev
-§. Leksemada shakl va mazmun
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Baxtiyor mengliyev
14-§. Leksemada shakl va mazmun
Tayanch tushunchalar lison, nutq, lisoniy birlik, nutqiy birlik, leksema, so‘z, shakl, mazmun O‘zlashtiriladigan tushunchalar nomema, sonema, semema Leksemada shakl va mazmun dialektikasining o‘ziga xosligi. Barcha narsalar shakl va mazmun yaxlitligidan iborat dialektik butunlik bo‘lganligi kabi leksema ham tashqi va ichki jihatdan tashkil topadi. Leksemaning tashqi qobig‘i nomema deb ataladi. Nomema grek tilidan morfema, sonema, leksema, semema so‘zlariga qiyosan yasalgan. Sonema morfemalarning tovush qobig‘ini anglatsa, nomema deganda leksemaning moddiy tomonini tashkil etgan nutq tovushlari nazarda tutiladi. Masalan, 134 kitob leksemasining tashqi tomoni k + i + t + o + b tovushlari yig‘indisi. Albatta, bu tovushlarning shunchaki yig‘indisi, to‘plami emas, balki unli va undosh tovushlardan iborat fonetik butunlik, sistemadir. Shu o‘rinda bir narsaga alohida e’tibor qilish lozim. Ma’lumki, lisoniy birlik moddiylikdan xoli deya talqin qilinadi. Shunga ko‘ra, leksema ham, boshqa lisoniy birliklar kabi moddiylikka ega bo‘lmasligi lozim. Chunki u to‘laqonli lisoniy birlik. Demak, moddiylik so‘zi bu o‘rinda bevosita sezgi a’zosiga ta’sir qiladigan deya jo‘nlashtirilmasligi lozim. Yoki shakl deganda moddiy ko‘rinishga egalikkina tushunilmaydi. Biror narsa haqida o‘ylar ekanmiz, ongimizda uning tashqi qiyofasini tasavvur qilgan holda boshqalaridan ajratamiz. Narsaning ongdagi qiyofasi ham shakl deyiladi. Nomema kishi biror leksema haqida o‘ylaganda, ichki nutqda yaqqol ma’lum bo‘ladi. Voqelangan tashqi nutqda bu shakl haqiqiy, real moddiy qiyofa kasb etadi. Demak, ongdagi leksemaning shakliy tomoni sezgi a’zolaridan tashqarida, unga ta’sir qilmaydigan holatda bo‘lsa, leksema nutqiy voqelanganda so‘zga aylanadi, moddiy bo‘lmagan shakl, ya’ni nomema moddiylik kasb etadi, sezgi a’zosi bilan his qilinadigan bo‘ladi. Leksemaning ichki, mazmuniy tomoni semema deyiladi. Semema grekcha σημαίυω so‘zidan olingan bo‘lib, “ifodalayman” degan ma’noni bildiradi. U tilda fonema, morfema, leksema so‘zlariga o‘xshash shaklda qabul qilingan. Semema ongda aks etgan narsa, belgi, miqdor, harakat kabi tushunchaning leksemada mujassamlashgan ko‘rinishi. Boshqacha aytganda, semema – leksemaning ichki jihati. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling