Baxtiyor mengliyev


-§. Leksema sememasining tarkibi


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/227
Sana02.01.2022
Hajmi1.62 Mb.
#184132
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   227
Bog'liq
Baxtiyor mengliyev

15-§. Leksema sememasining tarkibi  
 
Tayanch tushunchalar 
nomema, sonema, semema 
O‘zlashtiriladigan tushunchalar 
sema, atash semasi, ifoda semasi, vazifa semasi, birlashtiruvchi 
belgi, farqlovchi belgi, relevant belgi, irrelevant belgi 
 
Sema  haqida.  Har  qanday  butunlik  qismlarga  bo‘linganligi 
yoki  qismlardan  tashkil  topganligi  kabi  leksemaning  mazmuniy 
tomoni – sememasi o‘ziga xos elementlardan – semalardan tashkil 
topadi.  Sema  termini  grek  tilidan  o‘zlashgan  bo‘lib,  “belgi”, 
“ramz”, “ishora” degan ma’nolarni bildiradi.  
143


Semema  elementlar,  ya’ni  semalarning  o‘zaro  munosabatidan 
tashkil  topgan  butunlik  bo‘lib,  bu  jihatidan  kimyoviy  moddalarni 
eslatadi.  Ma’lumki,  kimyoviy  moddalar  molekula  bo‘lib,  ular 
o‘ziga xos elementlar, ya’ni atomlardan tashkil topadi. Bu atomlar 
miqdori  yoki  ularning  o‘rni  boshqasi  bilan  almashsa,  yangi 
molekula  –  modda  kelib  chiqadi.  Masalan,  H
2
SO
4
  (sulfat  kislota) 
va H
2
SO
3
 (sulfid kislota) kabi. 
Sememalar  semalardan  tashkil  topadi.  Masalan,  aka  leksemasi 
“bir  avloddagi”,  “qon-qarindosh”,  “erkak”,  “mendan  katta” 
semalaridan tashkil topgan bo‘lsa, ular bir butun holda “bir avlodga 
mansub, “men”ga nisbatan katta, erkak qon-qarindosh” sememasini 
tashkil  qiladi.  Sema  semema  bilan  qism-butun  munosabatidagi 
tashkil  etuvchidir.  U  sememaning  eng  kichik  ma’no  bo‘lakchasi 
bo‘lib,  boshqa  tarkibiy  qismlarga  bo‘linmaydi.  Albatta,  bu 
tilshunoslikning  hozirgi  holatida  shunday.  Tilshunoslikning 
bugungi holati semani tarkibiy qismlarga bo‘lishga ehtiyoj sezgani 
yo‘q.  
Sememani  semalarga  ajratish  amaliy  ahamiyatga  ega.  Ma’nosi 
yaqin,  zid  ma’noli  yoki  ma’nodosh  leksemalarni  farqlash  va 
izohlashda  semalarga  tayaniladi.  Shu  boisdan  tilshunoslik 
semalarning  mohiyatini  ochish,  semaning  turlarini  ajratish  va 
farqlash bilan jiddiy shug‘ullanadi. 
 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling