Mantiqiy mushohada uchun
Afandi “Dengizga qaragan o‘ta shinam xonaga bitta ziyoli
kishini ijaraga qo‘yaman” degan e’lon bo‘yicha manzilni topib,
hujjatlari asosida uni uch sutkaga rasmiylashtirdi. Ertalab uy sohibi
xabar olgani keldi, xonada yana ikki kishini ko‘rib, afandiga e’tiroz
bildirdi. Shunda afandi e’lon asosida uning e’tiroziga javob berdi.
Xona sohibi barmog‘ini tishlab qoldi.
E’londa so‘z qo‘llash bilan bog‘liq qanday mantiqiy xatolik bor
edi?
Hosila sememaning vujudga kelish yo‘llari. Har qanday
leksema paydo bo‘lish paytida bir sememali bo‘lgan. Tilda
o‘xshash va o‘zaro bog‘liq tushunchalarni ifodalash zaruriyati har
bir yangi narsa yoki tushunchani ifodalash uchun yangi leksema
“kashf qilmay”, mavjud leksemalardan foydalanishni taqozo qiladi.
Bu tilda amal qiluvchi tejam qonuniyati bilan bog‘liq. Shunday
qilib, leksema birinchi sememasi asosida boshqa narsa va
hodisalarni ham ifodalay boshlaydi. Bunda uning yangi
paradigmatik,
ma’nodoshlik
va
sintagmatik
munosabatlari
shakllanadi va barqarorlashadi va shu asosda, yangi sememalar
shakllanadi. Ular leksemaning bosh sememasiga nisbatan hosila
semema maqomiga ega bo‘ladi.
Hosila semema bir necha yo‘l bilan vujudga keladi: metafora,
metonimiya, sinekdoxa va vazifadoshlik kabi. Quyida ularning har
biriga alohida-alohida to‘xtalamiz.
155
Do'stlaringiz bilan baham: |