Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/227
Sana02.01.2022
Hajmi1.62 Mb.
#184132
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   227
Bog'liq
Baxtiyor mengliyev

Metonimiya  (grekcha:  metonymia  –  “qayta  nomlash”) 
ifodalanmishlarining  o‘zaro  bog‘liqligi,  aloqadorligi  asosida  bir 
ifodalovchining boshqa ifodalovchi uchun ishlatilishi. 
Metonimiya  ham  yangi  ma’no  hosil  qilish  jarayoni  va  bu 
jarayon  natijasining  barqarorligiga  ko‘ra  lison  va  nutqqa  daxldor 
157


hodisa.  Boshqacha  aytganda,  metonimik  hosila  ma’no  sof  nutqiy 
yoki lisoniy (lashgan) bo‘lishi mumkin. 
Metonimik 
ma’nolarning 
asosiy 
ko‘rinishlariga 
misol 
keltiramiz: 
1)  bir  narsa  predmetning  nomi  bilan  shu  predmetdagi  boshqa 
bir narsa ataladi: 
a) stakan 1 – ichimlik uchun ishlatiladigan silindr ko‘rinishdagi 
shisha  idish;  stakan  2  –  bir  stakan  hajmiga  teng  suyuqlik  miqdori 
(bir stakan suv); 
b) dasturxon 1 – o‘rtaga yozilib, ustiga oziq-ovqat qo‘yiladigan 
mato  materialli  ro‘zg‘or  buyumi;  dasturxon  2  –  yeyish  uchun 
o‘rtaga qo‘yilgan oziq-ovqat
2) materialning  nomi  shu  materialdan  yasalgan  mahsulotga 
o‘tadi: 
a) kumush 1 – oq-ko‘kish rangli yaltiroq tusli asl metallkumush 
1 –kumushdan zarb qilingan pul, tanga; 
b) qog‘oz  1  –  yozish,  chizish,  kitob,  gazeta,  jurnal  hamda 
boshqa  shunga  o‘xshash  maqsadda  ishlatiladigan  yog‘och,  eski 
latta-putta va shular kabidan tayyorlangan yupqa material; qog‘oz 
– varaq, bet; 
3) joy nomi bilan shu joyda yashovchi kishilar ataladi: 
qishloq  1  –  aholisi  ko‘proq  qishloq  xo‘jaligi  bilan 
shug‘ullanuvchi  aholi  punkti;  qishloq  2  –  qishloqda  yashovchi 
kishilar (Qishloq nima deydi?). 
4) harakat ifodalovchisi bilan uning natijasi yoki unga aloqador 
bo‘lgan jarayon nomlanadi: 
to‘y 1 – yeb-ichish natijasida nafsni qondirmoq; to‘y 2 – bazm-
tomosha bilan ziyofat berib o‘tkaziladigan marosim. 
5) predmetning nomi bilan shu predmet hosilasi ataladi: 
a) til 1 – og‘iz bo‘shlig‘ida harakatlanuvchi nutq a’zosi; til 2 – 
shu nutq a’zosi harakati natijasida hosil bo‘lgan nutq; 
b)  Navoiy  1  –  o‘zbek  mutafakkir  shoiri;  Navoiy  2  –  Alisher 
Navoiy asari. 
Кo‘rinadiki,  metonimik  hosila  ma’noning  ayrimi  sof  lisoniy 
mohiyat  kasb  etgan  bo‘lsa,  ayrimi  nutqiy  sathdagina  mavjud. 
Masalan, Navoiyni o‘qidim gapidagi Navoiy so‘zi ellipsis natijasida 
158


tushib  qolgan  asar  so‘zining  ma’nosini  ifodalamoqda  va  u  nutqiy 
tabiatga  ega.  Ammo  keltirilgan  dasturxon  2,  to‘y  2,  qog‘oz  2, 
kumush 
2-ma’nolari 
lisoniylashgan, 
sememaga 
aylangan 
metonimik ma’no.  
Metonimik  hosila  ma’noning  vujudga  kelishi,  asosan,  lisoniy 
bog‘lanish  emas,  balki  obyektiv  borliq  hodisalari  orasidagi 
nolisoniy aloqadorlik bilan bog‘langan. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling