Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/227
Sana02.01.2022
Hajmi1.62 Mb.
#184132
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   227
Bog'liq
Baxtiyor mengliyev

Vazifadoshlik 
–  semema  vujudga  kelishining  asosiy 
yo‘llaridan  biri.  Vazifadoshlik  asosida  semema  vujudga  kelishi 
ham,  metaforada  bo‘lgani  kabi,  o‘xshashlikka  asoslanadi.  Biroq 
metaforada 
tashqi 
ko‘rinishdagi 
o‘xshashlikka  asoslanilsa, 
vazifadoshlikda bajariladigan vazifaning o‘xshashligi asosida yangi 
ma’no  vujudga  keladi.  Masalan,  dastlab  kamonning  paykoni  o‘q 
deb atalgan. Miltiq kashf etilgach, uning porox to‘ldirilgan pistonli 
gilzasi  ham  paykonniki  kabi  vazifani  bajarganligi  bois  o‘q  deb 
ataladi.  Rus  tilidagi  pero  (pat)  so‘zi  ham  shunday  ma’noviy 
taraqqiyotga ega. Ma’lum bo‘ladiki, vazifadoshlik asosida vujudga 
kelgan  hosila  ma’no  nafaqat  mustaqil  semema  darajasiga  yetadi, 
balki  o‘ziga  asos  bo‘lgan  bosh,  asosiy  sememadan  ham  ko‘ra 
faollashib,  qo‘llanish  doirasi  kengayib  ketadi.  Masalan,  ilgari 
ko‘mir  so‘zi  “ko‘mib  yondirish  yo‘li  bilan  o‘tindan  tayyorlangan 
yoqilg‘i”  sememasiga  ega  edi.  Bugungi  kunda  bu  semema 
tarixiylashib, u “yer qatlamida tabiiy yo‘l bilan hosil bo‘lgan qattiq 
va qora rangli yoqilg‘i” hosila sememasi bilan tilimizda yashaydi. 
 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling