Sinekdoxa (gr. synekdoche – “nisbatlash”) yo‘li bilan hosil
qilingan ko‘chma ma’no deganda, biror narsaning nomi bilan uning
biror qismini atash va, aksincha, biror narsaning qismi bilan u
mansub butunni atash tushuniladi: 1. Besh qo‘lini og‘ziga tiqadi. 2.
Ochildiboy tirnoqqa zor edi. Sinekdoxik yo‘l bilan hosil qilingan
ma’noni ham lisoniy va nutqiy ma’noga bo‘lish mumkin. Masalan,
keltirilgan qo‘l, tirnoq leksemalarining sinekdoxik ma’nosi
sememalashgan. Stol sindi, eshik buzildi gaplaridagi stol so‘zining
“oyoq” (stolning oyog‘i), eshik so‘zining “qulf” (eshikning qulfi)
hosila ma’nolari nutqiy sinekdoxik ma’noga misol. Ammo har
qanday butunlik nomi bilan qismni, qismning nomi bilan butunni
atab bo‘lmaydi. Masalan, daraxt va shox, barg, tana, ildiz, meva
butun va qismdir. Lekin barg deganda hech qachon daraxt
anglashilmaydi. Ammo meva номи, masalan, olma atamasi orqali
daraxt ham ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |