Mustaqil o‘zlashtirish uchun Komil inson – yuksak munosabat sohibi Komil insonning o‘ta kamtarin, biror hukm-xulosa chiqarishda
juda ehtiyotkor bo‘lishining asosiy sababi shundaki, u har bir
masalada bilganidan bilmagan tomonlari ko‘proq ekanligini
tushunadi va har doim ehtiyot munosabatda bo‘ladi.
Omiy va johil uchun esa hamma narsa ayon, chunki u hech
narsani bilmaydi, jumladan, o‘zinig bilmasliginini ham. Tiliga
ixtiyorsizligidan xayoliga kelgan bo‘lg‘ur-bo‘lmag‘ur fikrlarni
hayiqmay bayon qilaveradi va el orasida e’tiborini yo‘qotadi.
Tasavvuf axloqi omiy va johilga to‘g‘ri gapni uqtirishga intilishni
ham johillik alomati deb biladi va hamisha “Suxan ba ahli suxan
boyad guft" (So‘zni aytgil uqqanga) amali asosida ish ko‘rishni
tavsiya etadi. Shuning uchun hatto Mansur Xallojning o‘ldirilishini
buyuk oriflar (jumladan, Xoja Abdullo Ansoriy Hiraviy) qattiq
qoralamaganlar, zero u “analhaq” (“Men Haqman”) shiorini Haq
va Inson birligini tushungan oriflar davrasidagina emas, shariat
60
ahkomlari, shariat talqinidagi Alloh (Xudo)ga iymon keltirgan,
ma’rifiy Haqqi mutlaqdan mutlaqo bexabar omiy va johil dindorlar
orasida ham targ‘ib etavergan, so‘zni uqolmaydiganlarga aytgan.
Shu bois shariat yuzasidan to‘g‘ri jazolangan, zero shariat uqishni
emas, uning ahkomlariga ko‘r-ko‘rona bo‘ysunishni talab etadi.