Baxtiyor mengliyev
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Baxtiyor mengliyev
sintagmatik munosabat deyiladi. Aslida sintagmatik munosabat
ham lisonda imkoniyat sifatida yashaydi. Masalan, [kitob] leksemasining qanday so‘zlarni biriktira olish va qanday so‘zlarga birika olish (valentlik) imkoniyati uning lisoniy mohiyatida mavjud. Sintagmatik munosabatni sintaktik aloqadan farqlash lozim. Sintagmatik munosabat lisoniy birlikning valentlik (birikish, biriktirish) imkoniyati bo‘lsa, sintaktik aloqa bu imkoniyatning nutqiy voqelanishi. Gap tarkibidagi bo‘laklarning nutqiy hokim- tobelik aloqasi leksemalarning lisoniy sintagmatik munosabati asosida sintaktik aloqa sifatida shakllanadi. Masalan, o‘qimoq leksemasi kitob leksemasi bilan birikish imkoniyatiga ega. Bu 62 imkoniyat kitobni o‘qimoq, o‘qilgan kitob, Kitob o‘qildi nutqiy hodisalarida sintaktik aloqaga aylangan. Demak, sintagmatik munоsabat va sintaktik aloqani butunlay boshqa-boshqa hodisalar deb ham, shuningdek, bir-biriga aynan tenglashtirish, bir-birini qoplovchi tushuncha sifatida qarash ham mumkin emas. Sintagmatik munosabat va sintaktik aloqa butun- bo‘lak munosabatida. Boshqacha aytganda, sintaktik aloqa – sintagmatik munosabatning bir ko‘rinishi. Demak, lisoniy birliklarning shartli vertikal aloqasi paradigmatik munosabat bo‘lsa, gorizantal aloqasi sintagmatik munosabat deyiladi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling