Baxtiyor mengliyev
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Baxtiyor mengliyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Halim va Кarim
- Salim , ism , ot
Iyerarxik munosabat. Lisoniy birliklar orasida iyerarxik, ya’ni pog‘onali munosabat ham mavjud. Pog‘onali munosabat deganda birlikning boshqasi tomonidan qamrab olinishi tushuniladi. Masalan, Halim va Кarim leksemalari erkak kishining ismlari bo‘lib, ayolning ismi bo‘lgan Halima, Salima leksemalariga qarama-qarshi turadi. Lekin ularning barchasini ism leksemasi qamrab oladi. Ism leksemasi esa, nom leksemasi bilan birgalikda, ot leksemasi tomonidan qamrab olinadi. Uni shartli ravishda quyidagicha tasavvur qilish mumkin (9-jadval): 9-jadval Ot Ism Nom Halim Karim Halima Salima Suv Kitob Bu pog‘ona yuqori va quyi yo‘nalishda yana davom ettirilishi mumkin. Demak, Salim, ism, ot leksemalari pog‘onali munosabatga kirishgan; Salim so‘zi ism so‘zi tarkibiga, ism so‘zi esa ot so‘zi tarkibiga kiradi. Lisoniy birliklarning pog‘onali munosabati ikki xil. Masalan, daraxt va tana, ildiz, barg, shox birliklarining o‘zaro munosabati daraxt leksemasi bilan olma, o‘rik, nok, gilos leksemalarining o‘zaro munosabatidan farq qiladi. Oldingi pog‘onali munosabatda daraxt butunni va qolganlari qismni ifodalasa, keyingisida daraxt turni ifodalab, mevaning muayyan nomini ifodalovchi birliklar turning ko‘rinishi – jins sifatida namoyon bo‘ladi. Ikkinchi munosabatdagi birliklar daraxt leksemasining xususiy ko‘rinishi – juz’iylashishi. Birinchisida esa bunday munosabat mavjud emas. Shu boisdan Gilos daraxtdir tarzidagi hukmni aytish mantiqiy. Biroq Ildiz daraxtdir deyish mumkin emas. Tilshunoslikda lisoniy birlikning butun-bo‘lak munosabati partonimik (part – qism, 61 bo‘lak), tur-jins munosabati giponimik munosabat deyiladi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling