Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/227
Sana02.01.2022
Hajmi1.62 Mb.
#184132
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   227
Bog'liq
Baxtiyor mengliyev

Mantiqiy mushohada uchun 
1.  Avtomobil  sistemasi  elementlarining  o‘zaro  munosabati 
paradigmatik munosabatga misol bo‘ladimi yoki sintagmatik? 
2.  Matn  ikkita  sodda  gapdan  iborat.  Ular  orasida  munosabat-
ning qaysi turi mavjud? 
3.  Mavhum  sistema  va  aniq  sistema  munosabatlari  jihatidan 
qanday farqlanadi? 
  
Savol va topshiriqlar 
1.Munosabat tushunchasini sharhlang. 
2.Paradigmatik munosabat va uning turlari haqida gapiring. 
3.Iyerarxik munosabat nima va uning qanday turlari bor? 
4.Sintagmatik munosabat haqida gapiring. 
 
Test 
1.Qaysi  belgi  paradigma  a’zolariga  xos  emas?  A)  o‘tkinchilik 
B) barqarorlik S) umumiy belgiga egalik D) farqlilik. 
2.Paradigmatik  munosabatda  zarur  belgi:  A)  o‘xshashlik  va 
farqlar B) farqlar S) o‘xshashliklar D) farq va tafovutlar. 
3.Iyerarxik  munosabatda  zarur  belgi:  A)  “...ga  kiradi,  ...dan 
iborat” B) tenglik va o‘xshashlik S) tobelik va farqlilik D) tobelik. 
4.Sintagmatik  munosabatda  zarur  belgi:  A)  imkoniyatlilik  B) 
voqelanganlik S) hodisaviylik D) xususiylashganlik. 
 
63


Glossariy 
munosabat  –  mavhum  sistema  elementlari  orasidagi 
o‘xshashlik  va  farqlilik  hamda  aniq  sistemalar  elementlari 
orasidagi bog‘liqlik va uyg‘unlashuv  
paradigmatik  munosabat  –  paradigma  a’zolari  orasidagi 
birlashish (o‘xshashlik) va farqlanish(farqlilik) munosabati 
sintagmatik  munosabat  –  aniq  sistema  elementlari  orasidagi 
moslashish, bog‘lanish va uyg‘unlashish munosabati 
pog‘onali  munosabat  –  sistema  elementlari  orasidagi  o‘z 
ichiga olish munosabati 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling