Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Ma’rifat vodiysi
Ma’rifat vodiysin ondin so‘ngra bil,
Dashti bepoyonlig‘in nazzora qil.
Kimki bu vodiyg‘a bo‘ldi muttasif,
Topti onda hollarni muxtalif.
Vodiyedur yuz tuman ming onda yo‘l,
Ul bu bir kelmay, oningdekkim bu ul.
65
Ixtilofi juzv ila kul mundadur-
Kim taraqqiy-u tanazzul mundadur.
Pashsha onda rahnavard-u pil ham,
Pashsha anda toyir-u Jibril ham.
Musi-yu Fir’avn onda rаhrav,
Bil yaqinkim, birdek ermas bul ikav.
Da’b anda sayr etib yaxshi-yamon,
Mo‘min onda solik-u kofir hamon.
Munda solikka tafovut bo‘ldi fosh,
Anga mehrob-u munga but bo‘ldi fosh.
Bo‘ldi o‘z irfoni har kimga sifat,
Ko‘p tafovut qildi paydo ma’rifat.
Muxtalif bo‘lmay ne bo‘lsun munda ish,
Chun bu yanglig‘ muxtalif bo‘ldi ravish.
Mundin aytibdur nabiyi rahbar,
“Kim ulusqa haq sari bo‘lsa safar.
Istasang yo‘l kasratig‘a add-u had,
Xalq anfosi bilan teng bil adad.
Do'stlaringiz bilan baham: |