Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/227
Sana02.01.2022
Hajmi1.62 Mb.
#184132
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   227
Bog'liq
Baxtiyor mengliyev

 
Noto‘liq 
ziddiyat
Noto‘liq 
(privativ) 
ziddiyatda 
qarshilanuvchi  a’zolardan  birida  ziddiyat  belgisi  to‘liq  va  aniq, 
boshqasida  esa  noaniq  namoyon  bo‘ladi.  Masalan,  [bola]  va 
[o‘g‘il]  leksemalarini  olaylik.  Ular  “erkak  jinsli”  deb  atalgan 
ziddiyat  belgisiga  ikki  xil  munosabat  bildiradi.  Bu  belgi  [o‘g‘il
leksemasi ma’no tarkibida aniq berilgan, shu boisdan uning ushbu 
belgiga  munosabati  aniq  yoki  “belgilangan”  deyiladi  va  shartli 
ravishda  (+)  belgisi  bilan  beriladi.  [bola]  leksemasida  esa  jins 
belgisi aniq emas. Chunki uning  ma’no tarkibida “er”  yoki “ayol” 
(ya’ni  jins)  semasi  yo‘q.  Boshqacha  aytganda,  bola  so‘zi  o‘g‘ilni 
ham, qizni ham ifodalashi mumkin. Shuning uchun bu leksemaning 
ziddiyat  ko‘rsatkichiga  ishorasi  “belgilanmagan”  (noma’lum, 
noaniq,  majhul)  deyiladi  va  shartli  ravishda  (+/–)  yoki  (0)  (nol) 
belgisi bilan qayd etiladi(10-jadval):  
10-jadval 
“erkak” 
o‘g‘il (+) 
bola (0) 
Bu  ziddiyatdagi  aniq  belgili  a’zo  kuchli  a’zo,  noaniq  belgili 
a’zo esa kuchsiz a’zo ham deyiladi. 
Noto‘liq  ziddiyat  tilning  barcha  sathida  amal  qiluvchi  muhim 
qonuniyatdir.  Masalan,  morfologiyada  leksemalarni  umumiy 
grammatik  ma’nosiga  ko‘ra  mustaqil  va  nomustaqil  leksemaga 
68


bo‘lish  privativlik  asosida  amalga  oshiriladi.  Bunda  “lug‘aviy 
ma’no  ifodalay  olmaslik”  noto‘liq  ziddiyatning  belgisi,  ziddiyatda 
mustaqil  leksema  belgilanmagan,  kuchsiz  a’zo  bo‘lsa,  nomustaqil 
leksema belgili, kuchli a’zo sifatida namoyon bo‘ladi (11-jadval): 
 
11-jadval  

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling