Baxtiyor oila
Download 21.22 Kb.
|
Sotimboyeva Dilnura Axmedjon qizi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- Foydalanilgan adabiyotlar
SHAYXIMIZNING “BAXTIYOR OILA” ASARIGA MOS TIMSOLLAR TASVIRI Sotimboyeva Dilnura Axmedjon qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-kurs talabasi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Shayximiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Baxtiyor oila” kitobida to‘laqonli mos bo‘lgan shoir va yozuvchi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning hayot so‘qmoqlarida ildamlab o‘tgan davri yoritib, tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar:,,Baxtiyor oila “ , ,,Oybegim mening “ turmush, farzand tarbiyasi, sevgi va vafo, Moskva, Lelingrad, Sochi, sovchilik, mashaqqat. Hazratimiz Shayx Muhammad sodiq Muhammad Yusufning “Baxtiyor oila” kitobini mutolaa qilar ekanman, shuni anglab yetdimki, bu kitob har qanday zamonda, har qanday davrda, har qanday muhitda qizig‘i har qanday yoshdagi inson o‘qisa ichidan g‘ij-g‘ij ma’no olsa bo‘ladigan asar ekan. “Baxtiyor oila” kitobi faqatgina turmush qurish , oilaga tegishli mavzulardan iborat emas, balki Alloh taolo nikohni qanchalik muqaddas qilganligi haqida boshlanib, oilaga tegishli har bir mavzuni o‘z ichiga olgan. Hatto oilaga bevosita emas bilvosita tegishli narsalarni ham jamlab olgan. Bu kitobda oila qurish, oila qurishga munosib umr yo‘ldosh tanlash, sovchilik, nikoh qurishning tartibi, mahr va uning qiymati, nikoh to‘yi marosimi,farzand, farzandga ism tanlash, xatna marosimi, farzand tarbiyasi, ota-onaga itoat qilish va hakozo ko‘pgina narsalar tushunarli tarzda yoritib o‘tilgan. Demak, bu kitobni yoshligimizda o‘qib, keyinchalik tashlab qo‘yiladigan asar sifatida emas, butun hayotimizda kitobga murojaat qiladigan asar deb qarashimiz kerak ekan. “Baxtiyor oila” kitobini o‘qish barobarida Zarifa Saidnosirovaning “Oybegim mening” asarini ham mutolaa qilayotgan edim. Bu tasodif ham bejiz emas ekan, chunki Shayximizning har bir fikriga isbotni atoqli arbobimiz Oybekning oilasi timsolida ko‘rdim. “Oybegim mening” asariga to‘xtaladigan bo‘lsam, bu asar Oybekning bir umrlik sirdoshiga aylangan turmush o‘rtog‘i suyukli rafiqasi Zarifa Saidnosirova qalamiga mansub bo‘lib, nafaqat biografik asar, balki tarbiyaviy ahamiyati katta bo‘lgan jonli va yorqin tasvirlarga ega chiroyli muhabbat qissasidir. Kitobni o‘qigan har bir inson qalbida Oybekdek ulug‘ adib va ulug‘ insonga nisbatan hurmat va muhabbat tug‘ulari paydo bo‘ladi. Kitobda Oybekdan tashqari yana bir asosiy qahramon bor. Bu butun hayotini Oybekka bag‘ishlagan, uning mashaqqatli qismatini yengillashtirishga intilgan, unga munosib yor bo‘lgan Zarifa Saidnosirovaning o‘zidir. Atoqli adabiyotshunos Naim Karimovning aytganlaridek: “Men Zarifa opaning xotiralarini o‘qir ekanman, unda Oybekning shaxsiy hayotigina emas, balki bir-biriga munosib ikki ulug‘ siymoning sevgi va vafo dostonini ham varaqlaganday bo‘laman. Va bu doston bilan tanishib meni ruhan poklagandek, boyitgandek bo‘ladi. Olimimiz gaplariga hamohang tarzda shuni aytmoqchimanki, men ham ushbu dostonni o‘qib, “Baxtiyor oila” kitobida yozilganlarga mos ravishda hayot kechirib o‘tgan chinakam baxtiyor oilani ko‘ra oldim. Jumladan, Shayximiz kitobida shunday fikrni ilgari surganlar “Farzand tarbiyasi u dunyoga kelgandan keyin yoki ona qornidalik paytdan boshlanmaydi. Aksincha farzandni yaxshi tarbiyalash uchun eng avvalambor yaxshi, soliha umr yo‘ldosh tanlash kerak” ,- deya yozib o‘tgan. Bu fikrlariga isbot tariqasida men Oybek juda oqilona qaror qabul qila olgan deya ayta olaman. Mening fikrimcha, Zarifa opa Oybek uchun chin ma’nodagi umr yo‘ldosh. “Oybegim mening” asarini o‘qib turib shuni anglab yetdimki, Oybekni Oybek bo‘lib tanilishi uchun Zarifa Saidnosirova kerak bo‘lgan. Agar Oybek Zarifa opaga uylanmaganida hayot zarbalaridan qoqilib, bunday yuksak o‘rinlarga sazovor bo‘la olmas edi. “Baxtiyor oila” kitobining “Munosib kelin” nomli bobida kelin muhabbatli va serfarzand bo‘lishi haqida keltirilgan: Makal ibn Yasar roziollohu anhuda rivoyat qilinadi: “Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: “Ey Ollohning Rasuli! Bir go‘zal aslzoda ayol topdim. Ammo tug‘mas ekan. Unga uylanaveraymi?” dedi. “Yo‘q”, dedilar, keyin u zotga ikkinchi marta keldi. Yana qaytardilar. So‘ngra uchinchi marta kelganida: “Eriga mehr-muhabbatli va tug‘adigan ayolga uylaninglar. Men boshqa ummatlarga sizlarning ko‘pligingizni ko‘z-ko‘z qilaman” dedilar. Muhabbatli qizni u bilan suhbatlashib bilib olsa bo‘ladi, ammo serfarzand bo‘lishini qayerdan bilsa bo‘ladi degan savolga onasiga qaranglar. Ayol kishi ko‘proq onasiga o‘xshaydi deyiladi. Buni Zarifa Saidnasirova hayotiga taqqoslaydigan bo‘lsak, u juda muhabbatli bo‘lganini texnikumda o‘qib yurgan yillarida Oybekning she’rlari yozilgan daftariga rasmlar chizib berganligidan ko’rishimiz mumkin. O‘zining yoshlik davrini tasvirlab bergan paytda oyim yetti farzand dunyoga keltirgan deydi. Buni taqqoslab ko‘rsak, Oybek bu tarafdan ham o‘ziga munosib umr yo‘ldosh tanlay olgan ekan. Zarifa Saidnosirova oila qurganidan keyin munosib umr yo‘ldosh ekanligini o‘z amallari orqali chinakam isbotlaydi. Oybek qiyin vaziyatlarga tushib qolganida sinovlarda tengma-teng turib beradi. Asosiysi turmush o‘rtog‘iga sadoqatli bo‘ladi. Shular bilan birgalikda ular mehribon ota-ona hamdir. Ularning uch nafar farzandi bo‘lishadi. Oybek Maskva, Lelingrad, Sochi kabi shaharlarga safar bilan ketganda ham Zarifa opa farzandlariga eng to‘g‘ri tarbiya beradi. Undan oldin bir narsani ta’kidlab o‘tish kerakki, “Baxtiyor oila” kitobida Abu Dardo raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Qiyomat kuni o‘z ismlaringiz va otalaringizning ismlari bilan chaqirilursiz. Ismlaringizni go‘zal qiling”,-deydi. Bu baxtli oila ham har bir farzandi dunyoga kelganda o‘zgacha bir shukuh bilan kelishib ism qo‘yishgan ekan. To‘ng‘ich o‘g‘lining ismini Omon, qizini Boburning qizlariga havas qilgan holda Gulrang, kenja farzandini suyub Suyunbek qo‘yishgan. Bu ism tanlash ham shayximiz aytganidek, ota-ona bo‘ynidagi asosiy burchlardan.Bunga qo‘shimcha tarzda ota-onaning farzand oldidagi uchta asosiy burchi ham berib o‘tilgan.Bular to‘g‘ri tarbiya berish, moddiy jihatdan keraklicha ta’minlab qo’yish, balog‘atga yetganda oilali qilishdir.Oybek va Zarifa Saidnosirova bu uchala vazifani to‘laqonli bajarib qo‘ydi. Zarifa opa Oybekni farzandlari oldida kuchli hurmatga ega shaxs sifatida tanitdi.Oybekning Lelingradda yurgan kezlarida farzandlariga yozgan maktublarini ko‘radigan bo‘lsak, yumshoq muomala orqali farzandlari bilan muloqotda ota va o‘g‘il yoki ota va qiz orasidagi madaniyatni ham ko‘rishimiz mumkin. Oybekning oilasi farzandlarini moddiy tarafdan ham ta’minlab qo‘yganligini ularni xorijiy mamlakatlarda o‘qitganlidan ham ko‘rishimiz mumkin.Chunki XX asrda hamma o‘zbek oilasi ham farzandlarini oliy ma’lumotli qilib tarbiyalay olmagan. ,,Oybegim mening “ asarini o‘qish orqali Oybek atoqli shoir va shoira Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim quda bo‘lishganligini bilib oldim. Oybekning to‘ng‘ich o‘g‘li Omon Hamid Olimjonning qizi Zaynab bilan turmush qurishgan ekan.Zaynabning tarbiyasi haqida ham umuman gap-so‘z yo‘q, nazarimda. Zulfiya turmush o‘rtog‘I Hamid Olimjon vafot etganidan keyin ham ota, ham ona bo‘lib butun hayotini farzandlariga bag‘ishlab, qaytadan turmush qurmay yashagan. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam, atoqli shoirimizning oilaviy hayoti biz yoshlar uchun chinakam namuna maktabini o‘tay oladi desam hech ham yanglishmagan bo‘laman.Zamon yengillashgani sari yosh oilalarda ajrim holatlari ko‘p kuzatilmoqda. Agar yoshlarimiz ,,Baxtiyor oila “ va ,,Oybegim mening “ asarlariga murojaat qilib ularni mutolaa qilib Oybekning oilasi qiyin bir urush zamonida qanday mashaqqatlarni boshidan kechirib yashaganliklarini ko‘rib o‘z xulosalarini chiqarishsa maqsadga muofiq bo‘lar edi. Shayximizning asari ham bu yo‘ldan qaytishga chorlovchi ibrat namunasidir. Men bu ikkala asarni ham barcha tengdoshlarimga o‘qishlari uchun maslahat beraman. Foydalanilgan adabiyotlar : 1.Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ,,Baxtiyor oila “ 2.Zarifa Saidnosirova ,,Oybegim mening “ Download 21.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling