Baxtni tasvirlab ber


Sinovlar bo`lmaganda Robbimiz huzuriga


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana22.10.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1715947
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yuragim sezyapti Feruza Eshnazarova

Sinovlar bo`lmaganda Robbimiz huzuriga
quruq qo`l bilan borgan bo`lardik. 
Sinov barcha bandaning boshida bor. Hatto sevganlari, O`zining 
elchilariga Robbim sinov berganda, bizning sinovdan bosh tortishga 
haqqimiz bormi? 
Robbim meni kasallik bilan sinashga amr berdi. Birdan oyog`im 
yurishdan to`xtadi, so`ngra butun tanam. Yoshligimning eng gullagan 
davrlarini shiftga tikilgancha, og`riqning azobiga dosh berolmasdan 
yosh bilan o`tkaza boshladim. Butun tanamdagi jamiki suyak xuddi 
parmalayotgandan kuchli og`riq iskanjasida qoldi. Shifokorlar kasallik 
kelib chiqishiga sabab topisholmay xunob bo`lishar edi. Aniq sabab 
yo`q, aniq davo yo`q. O`zim mustaqil turib o`tirolmaydigan holatga 
keldim. Og`riqsiz uyg`onadigan kun cho`ldagi sarobday tuyila boshladi. 
Tinimsiz qabul qilingan dorilar, ukollar meni bu og`riqlardan ozod 
qilolmasdi. Shifokorlar faqat “uzoq davolanish talab qiladi” degan 
so`zdan boshqa so`z aytishmasdi. O`limim aniq, lekin yo`li uzoq edi. 


Men Robbimdan xafa bo`lgandim (Astag`firulloh) Birovlarga tana tugul 
til bilan ham ozor bermagan banda sifatida, umrini o`yin-kulguga emas 
bilim olishga sarflagan banda sifatida Robbimdan xafa bo`ldim 
(Astag`firulloh) Shuncha gunohkorlari sig`ayotgan dunyoga men 
sig`maganim uchun xafa bo`ldim. Duo qildim: “Robbim, 
azoblanayotganimni ko`rib kechalari yig`lab chiqayotgan ota-
onamning ko`z yoshlariga boshqa chiday olmayman. Agar meni banda 
sifatida bir bora bo`lsa ham sevgan bo`lsang, jonimni qiynamay ol. 
Meni qiynamay o`ldirgin!”. Tezroq Azroil bilan salomlashib o`lim bilan 
quchoqlashadigan onlar kelishini kuta boshladim. Biroq o`limdan 
darak yo`q. Ollohim shu paytgacha biror marta duoga ochilgan 
qo`llarimni noumid tushurmagandi. Bir kuni uyda yolg`iz qolgan 
vaqtim og`riqlar kuchliligiga chidolmasdan o`lim tilab o`kirib yig`lay 
boshladim. Birdan hamma joy sukutga kirdi. Qulog`imga bir yosh 
qizning ajib duosi eshitila boshladi: “Ollohim, Qur`onni yod olib 
qo`shiq qilib aytadigan darajaga chiqmagunimcha jonimni olmagin!”. 
Bu yetti yil oldin Ollohdan ilm so`rab duo qilgan bir murg`akkina 
qizning ya`ni Feruzaning duosi edi. Robbim xatto o`zimning ham 
esimdan chiqib ketgan duoyimni menga qayta eshittirayotgan edi. 
Robbim o`sha qizning duosini qabul qilib bo`lgandi. Bildimki, o`lmoq 
uchun bashariyatga shifo qilib jo`natilgan Ollohning Kalomini 
yodlashdan boshqa imkonim yo`q. Shundan so`ng sal o`zimga kelib 
oyoqqa tura boshladim. Endi dorilar ma`lum muddat bo`lsada ta`sir 
qila boshladi. Endi og`riqlar chidasa bo`ladigan bo`ldi. Endi kasalligim 
tashqi tomondan qarasa sezilmaydigan bo`ldi. Faqat bir narsa 
o`zgargan edi. Avvalgi sho`x shodon, bir gapirib o`n kuladigan, borgan 
joyiga o`zi bilan baxt iforlarini eltadigan Feruzaning ruhi o`lgandi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling