Baxtni tasvirlab ber


BY ning hayotimga ta`siri


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana22.10.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1715947
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yuragim sezyapti Feruza Eshnazarova

BY ning hayotimga ta`siri 
Mening fikrimcha insonni ikki narsa insonni o`zgartirishga qodir. 
Birinchisi, o`ziga o`xshagan odam bo`lsa, ikkinchisi, shubhasiz kitob. BY 
loyihasi mana shu ikki narsani menga hadya qildi. Yuzida samimiyat, 


qalbida ilmga tashnalik ufirib turgan guruhdoshlarim xuddi oila 
a`zolarimday bo`lib qoldi. Har kuni turli #challenge lar uyushtirib 
yaxshi ishlarga bir-birimizni da`vat qila boshladik: 
#uyg`onamiz 
#kun hadisi 
#kun iqtibosi 
#kitobdan parcha 
#photo by me 
Endi shu #challenge larda qatnashish uchun ham har kuni 
nimadir qila boshladim. #uyg`onamiz challengeda qatnashish uchun 
ertaroq turishni odat qildim. Kech uyg`onib uyatda qolmay dedimda. 
Shu sababdan kunimga baraka kirdi. #kun hadisi challenge i uchun 
hadis kitoblarini varaqlab qiziqarli va hammaga foydasi tegadigan 
hadis qidira boshladim. Bilim bulog`imga hadis ilmi degan yangi irmog` 
qo`shildi. #kun iqtibosi challenge da qatnashish uchun insonga 
motivatsiya beradigan kanallarga a`zo bo`lishimga to`g`ri keldi. 
Xohlasam xohlamasam ruhni ko`taradigan iqtiboslarni o`qishni, 
ichidan hammaga xush yoqadiganini topishni boshladim. Bu 
iqtiboslarni o`qiverganimdan kayfiyatim o`z-o`zidan ko`tarilib 
yuzlarimga tabassum bahor kabi qaytdi. Va menga eng yoqqani 
#photo by me challenge i bo`ldi. Endi rasmga tushirish uchun birorta 
antiqa taom pishirishga yoki ko`chada aylanib rasmga tushirishga 
arzigulik joy qidirishga harakat qila boshladim. Bu tanamga tabiiy 
jismoniy mashq bo`lib ahvolim yaxshilana boshladi.
BY o`qishni tavsiya qilgan kitoblardan nimani o`rgandim? 
O`qishni o`rgandim. So`ng yozishni o`rgandim. 
 Va biroz muddatdan keyin
yozuv menga o`zimni o`rgatdi… 
Bizga o`qish uchun berilgan birinchi kitob “Ilm olish sirlari” edi. 
Singlimning kitob olib kelishini orzuqib kuta boshladim. Va nihoyat 


kech kirganda qo`limda olov kabi qip-qizil kitob turardi. Mening 
omadli ranggim qizil edi. Ko`zimdan yosh otilib chiqib ketdi. Barcha 
muvaffaqiyatimning guvohi edi qizil rang. Yuragim sezyapti bir hayrli 
hikmat bor bunda…Asarda aytilishicha, Qur`oni Karimda Olloh 
Taoloning “Bir mashaqqatga ikki yengillik beraman”, “Duo qiling-
ijobat qilaman”,-degan va`dasi bor ekan. O`zing Haqsan. So`zing haq. 
Demakki, bergan va`dang haq deb tilimni duolar bilan bezay 
boshladim. 
Keyingi asar “Qalb iffati” bo`ldi. U menga nasihat qildi: “Robbimiz 
ham qilmagan ishni qilmang. Yomon gumon hatto Robbimiz ham 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling