Bayonnomadan ko’chirma toshkent sh. 13-dekabr 2021, 11: 00


Download 34 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi34 Kb.
#1249652
Bog'liq
Bayonnomadan kochirma


BAYONNOMADAN KO’CHIRMA
Toshkent sh. 13-dekabr 2021, 11:00
Ushbu bayonnoma O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida” Qonuni 35-moddasi va O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida” Qonuni 10-moddasi normalari asosida tuzildi.
“Yagona umumrespublika protsessing markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati binosida (manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 78-uy) xarid komissiyasi kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqish maqsadida, quyidagi tarkibda yig‘ilishdi.
Tanlash predmeti:
“PAM” dasturiy ta’minotini yetkazib berishga ijrochini tanlash.
Buyurtmachi: “Yagona umumrespublika protsessing markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati; Moliyalashtirish manbasi: o‘z mablag‘lari; Boshlang‘ich qiymati: 150 000 AQSh dollari (QQS bilan).
Kun tartibi:
tanlash ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan takliflar solingan konvertlarni takliflarni baholash uchun ochish; ishtirokchilarning dastlabki malaka tanlovini o‘tkazish; agar malaka tanlovidan o‘tgan kamida ikkita ishtirokchining taklifi bo‘lsa, texnik va narx taklif solingan ichki konvertlarni ochish va baholash.
Qaror qilindi:
Kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqish maqsadida yig‘ilish ochiq deb e’lon qilinsin.
So‘zga chiqdi:
Xarid komissiyasining kotibi Xarid komissiyasining 2021yil 3-dekabrdagi yig‘ilish bayoniga asosan “PAM” dasturiy ta’minotini yetkazib berishga ijrochini tanlash maqsadida e’lon tanlash ishtirokchilarining takliflarini qabul qilish oxirgi muddati 2021-yil 10-dekabr kuni soat 16:00 da tugashidan 5 ish kuni oldin http://exarid.uzex.uz/ maxsus axborot portaliga e’lon joylashtirilganligini hamda tanlash ishtirokchilari tomonidan berilgan takliflar solingan konvertlar ochilishi 2021-yil 13-dekabr soat 11:00 etib belgilanganligini ta’kidladi. Ushbu berilgan e’lon bo‘yicha uchta ishtirokchilar, jumladan “Gantek Technology” (Gantek Teknoloji Bilişim Çözümleri Anonim Şirketi) (Istanbul, Turkiya), “Fehu Invest Group” MCHJ (Toshkent, O‘zbekiston) va “Fors CA Colutions” MCHJ (Toshkent, O‘zbekiston) tomonidan takliflari solingan konvertlar kelib tushgan bo‘lib, ishtirokchilarning takliflari solingan konvertlarni ochish taklif qilindi. Yig‘ilishda yig‘ilgan komissiya a’zolari bir ovozdan yoqlab ovoz berishdi, yoqlab ovoz berishlar soni 7 nafarni tashkil etdi, qarshi ovoz berishlar yoki unda ishtirok etishdan bosh tortishlar bo‘lmadi.
Qaror qilindi:

  1. “PAM” dasturiy ta’minotini yetkazib berishga ijrochini tanlash uchun e’lon qonunchilikka muvofiq joylashtirilgan deb qaror qilinsin;

  2. Kelib tushgan takliflar solingan konvertlar ochilsin.

O‘qib eshittirildi:
Kelib tushgan konvertlar xarid hujjatlarining tartibtaomillariga muvofiq rasmiylashtirilgan bo‘lib, xarid komissiyasi a’zolari ishtirokida kelib tushgan konvertlar ochildi hamda barcha mavjud hujjatlar o‘qib eshittirildi, ular: “Gantek Technology” (Gantek Teknoloji Bilişim Çözümleri Anonim Şirketi) – malaka hujjatlari; “Fehu Invest Group” MCHJ – malaka hujjatlari; “Fors CA Colutions” MCHJ – malaka hujjatlari. Shundan so‘ng, xarid komissiyasi tomonidan xarid hujjatlarini 2-ilovasiga asosan dastlabki malaka tanlovi o‘tkazildi. Ishtirokchilarning dastlabki malaka tanlovini baholash natijalari mazkur bayonnomaga ilova qilinadi va uning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Baholash natijalariga ko‘ra, Qonunning 36, 42, 61moddalariga asoslanib tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlari talablariga mos kelmaydigan taklif xarid komissiyasi tomonidan rad etiladi va baholanmaydi, ushbudan kelib chiqib xarid qilish hujjatlarining 2-ilovasida dastlabki malaka tanlovi mezonlari va talablariga asosan “Gantek Technology” (Gantek Teknoloji Bilişim Çözümleri Anonim Şirketi) va “Fors CA Colutions” MCHJning soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud emasligi to‘g‘risida tasdiqlovchi soliq organining ma’lumotnomasini taqdim etilmaganligi sababli malaka tanlovidan o‘tmadi. Qonunning 61-moddasida, agar xarid komissiyasi tomonidan ishtirokchilardan tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida ko‘rsatilgan talablarga javob beradigan kamida ikkita taklif olingan bo‘lsa, tanlash o‘tkazilgan deb hisoblanadi va ishtirokchilarning barcha takliflari tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida ko‘rsatilgan mezonlar asosida baholanadi, deb belgilangan. Xarid hujjatlarida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq bitta ishtirokchi dastlabki malaka tanlovidan o‘tganligi sababli, tanlash o‘tkazilmagan deb topish ovozga qo‘yildi. Yig‘ilishda yig‘ilgan komissiya a’zolari bir ovozdan yoqlab ovoz berishdi, yoqlab ovoz berishlar soni 7 nafarni tashkil etdi, qarshi ovoz berishlar yoki unda ishtirok etishdan bosh tortishlar bo‘lmadi.
Qaror qilindi:
Baholash natijalariga ko‘ra xarid qilish hujjatlari talablariga mos kelmaganligi sababli tanlash o‘tkazilmagan deb hisoblansin.
Download 34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling