Bayonnomasi «22» fevral 2019 yil Boldoqli maxallasi Raislik qiluvchi


Download 0.62 Mb.
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041238
Bog'liq
kompyuter shou tadbiri bayonnomasi


10-Umumiy o‘rta ta’lim maktabida Matematika va Informatika fan oyligi munosabati bilan o‘tkazilgan KOMPYUTER SHOU tadbiri

BAYONNOMASI
« 22» fevral 2019 yil Boldoqli maxallasi

Raislik qiluvchi: Q.Qalandarov – MMIBDO‘
G.Xalillayeva- Metod birlashma rahbari M.Xudayarova –Matematika o’qituvchisi
Qatnashuvchilar: S.Kamalov- yoshlar ittifoqi etakchisi
10- maktab 8-9-10-11 sinf o‘quvchilari jami 84 nafari

KUN TARTIBI:
Matematika va Informatika fan oyligi bilan KOMPYUTER SHOU tadbir o‘tkazilganligi to‘g‘risida.

E SH I T I L D I:

Kun tartibidagi masala yuzasidan 10- maktabda ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktori o‘rinbosari Q.Qalandarov yig‘ilishni ochib, kun tartibidagi masalalar yuzasi to‘g‘risida to‘xtalib o’tdi. Bunda o’quvchilarning Informatika fanidan o’z bilimlarini nomoyish qilish, va kompyuter bilan ishlash darajalarini namoyish qilishini aytib o’tdi.


Tadbirda 9-A sinf va 10-A sinf o’quvchilari quyidagi shartlar bo’yicha bellashdilar.
1.Guruhni tanishtiruv sharti
2.Buyuklarni yod etib
3.Test sinovi
4.Dastur tuzish
5.Kompyuterning qurilmalari, Texnika xavfsizli qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari
6.Erkin mavzu
1-shartda o’quvchilar guruh maqsadi va shiori aytildi.Dasturlash tillarida gapirip o’tildi.
Bunda 9-a sinf 10 ball 10-a sinf 8 ball bilan baholandi.
2-shart 5-daqiqa ichida o’quvchilar necha so’z yozish bo’yicha bellashdilar va 10-a sinf o’quvchisi 54 so’z yozdi,9-a sinf o’quvchisi 44 so’z yozdi.10-a sinfga 10 ball, 9-a sinfga 8-ball qo’yildi
3-shart Test sinovlari bunda o’quvchilar 10 test va 5 ta savollarga jovob yozdi.9-a sinf 9ball, 10-sinf 8 ball bilan baholandi.
4-shart Savollarga dastur tuzish sharti 9-a sinf o’quvchilari geron formulasiga doir dastur tuzishdi.10-a sinf o’quvchilari tashqi chizilgan aylana radiusi R bo’lgan n tomonli muntazam ko’pburchak tomonini toppish dasturini tuzdilar.9-a sinf 9 ball, 10-a sinf 7 ball bilan baholandi
5-shart kompyuter qurilmalariga tarif berib o’tdilar.9-A sinf va 10-A sinfga 8 ball bilan during deb topildi.
6-shart.Erkin mavzu bunda o’quvchilar tomonidan qizlar raqsi qo’yildi.Ikkala jamoaga ham 10 ball deb baholandi.
9-A sinf Yosh dasturchilar jamoasi 54 ball oldilar.
10-A sinf Kompyuter bilimdonlari jamoasi 51 ball oldilar.

QAROR QILADI:

  1. 1-masala yuzasidan ma’lumot berib borish fan o‘qituvchisi zimmasiga yuklatilsin.

  2. Tanlov g‘olibi 9-a sinf o’quvchilari Yosh dasturchi jamoasi deb topilsin.

Rais: ___________ Q . Qalandarov Kotib: _________ G‘. Madrimov


Yig‘ilish raisi: ____________ G.Xalillayeva
Yig‘ilish kotibi: ____________ M.Xudayarova

10- maktabda 9-Asinf va 10-A sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan tadbir va rasm tanlovidan


FOTO LAVXALARI



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling