Uchko’prik tumani 2- idumi da o’tkazilgan


Download 53.5 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi53.5 Kb.
#1526993
Bog'liq
giyohvandlik senary


Ozbekiston yoshlar ittifoqi Bostonliq tumani kengashi 34-maktab yoshlar etakchisi Aziza Tayrovaning

GIYOXVANDLIK
ASR VABOSI
nomli maruzasi


GIYOHVANDLIK (narkomaniya) ASR VABOSI!’’
mavzusida maruza o’qiydi A Tayrova
Giyohvandlik (Narkomaniya) - (yunoncha narke - karaxtlik va maniya - telbalik, jaxl, shodxurramlik) narkotik va narkotik ta’sirga ega bo’lgan moddalarni iste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik. Giyohvandlik giyohvand moddalarni doimo qabul qilish natijasida vujudga keladi, chunki ushbu xastalik bilan og’rigan kishining jismoniy va ruxiy holati xumorini bosadigan tegishli narkotik modda iste’mol qilishga bog’lik. Narkomaniya organizmda chukur o’zgarishlarga sabab bo’ladi va uni tanazzulga olib keladi. Kasallik asta-sekin rivojlanib borib surunkali davom etadi. Narkotik moddalar dastlab xursandlik, vaxtichog’lik, xotirjamlik xissini o’yg’otib,kayf qildirishi BDsababli iste’mol qilinib bora-bora kasallikka aylanadi. Narkotik modda dozasini o’zboshimchalik bilan o’zgartirib borish, uni tez-tez va uzoq muddat qabul qilish narkomaniyaga olib keladi.
. Narkotik moddaning dozasi ozgina oshishi bilan bemor o’lib qolishi mumkin. Narkomaniyani davolash fakat psixiatriya kasalxonalarida vrachlarninng qattiq nazorati ostida olib borilishi kerak.
BMTning narkotik moddalarni nazorat qilish va jinoyatchilikning oldini olish boshqarmasi ma’lumotiga ko’ra, 2009 yili Afg’onistonda 4,100 tonna qora dori yetishtirilgan.
Uning 30 foizdan ko’prog’i MDX davlatlari hududi orqali o’tadi. Narkomafiya faoliyati inson savdosi, noqonuniy mablag’larni yuvish hamda qurol-yaroq kontrabandasi bilan uzviy bog’liq bo’lib, bu hol nafaqat davlatlarning iktisodiy va ijtimoiy muammosi, balki mamlakat xavfsizligi uchun xam xatar tug’dirishini uqtirishadi mutaxassislar.


Giyohvandlikning oqibati:



1979 –yil yanvar


-Narkotraffik yo’lining O’zbekiston orqali o’tishi mamlakatdagi yoshlarning SPIDga chalinish hollarini ham ko’paytirgan. Vazirlar Mahkamasi qoshidagi giyohvand moddalarni nazorat kilish bo’yicha milliy markaz mulozimlarining bildirishicha, O’zbekistonda 2008 yildan 2017 yil oralig’ida 47 tonnadan ortiq noqonuniy giyohvand moddalar qo’lga olinib, yo’q qilingan.
.Boshqa davlatlardagi singari, O’zbekistonda xam narkotik moddalar iste’mol qiluvchilarning asosiy qismini yoshlar tashkil etayotgani mutaxassislarni tashvishga solgan. Ayni paytda respublikada faoliyat yuritayotgan Birlashgan millatlar tashkiloti, Amerika qo’shma shtatlari, Yaponiya va boshqa bir qator davlat tashkilotlari o’z faoliyatlarini yoshlarni narkotik moddalar iste’molidan kaytarish, giyohvandlarning VICH infektsiyasi yuqtirib olishiga qarshi tadbirlarga qaratmoqdalar.
-"Vorld Vijen" Yaponiya hamda Yaponiyaning JAYKA tashkiloti loyixasi yoshlar orasida SPID va giyohvandlikning oldini olish hamda targ’ibot ishlariga qaratilgan. Loyixaning maqsadi adashibmi yo bo’lmasa bir yoshlik qilib, sho’xlik qilibmi giyohvandlikka duch kelgan, o’shasiz turolmaydigan bo’lib qolgan yoshlarga madad berish.
-Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, respublikadagi giyohvand moddalar iste’mol qiluvchilar soni 50 mingdan ortgan. Bu holat esa ,SPIDning ko’payishiga ham sabab bo’lmoqda. Sakson foiz (SPID) kasallar giyohvand modda iste’mol qilish tufayli kaalikka chalingan.
-Mutaxassislar fikricha, narkotraffikga qarshi kurash muammosini hal etish davlat mikyosidagi ishdir. Bu borada O’zbekiston 1995 yildan Birlashgan millatlar tashkilotining narkotiklarga qarshi kurashga taalluqli Konvensiyalari hamda MDH va bir qator dunyo davlatlari bilan o’zaro kelishuvlarni imzolagan.
Kimlardir kaftida gul ushlab yurar,
Kimningdir qo’lida palahmon toshi.
Chayqalib turganda dunyo guldirab,
Yurting poyidadir yigitning boshi.
Sevsangiz avval shu Vatanni seving,
So’ng shahlo ko’z-u gulbadanni seving !..
(,,Vatanni seving’’)

Download 53.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling