Bayonnomasi. 25 avgust 2022 yil A. Qodiriy mfy
Download 10.71 Kb.
|
jismon tarbiya dars taqsimoti 2022-2023 9 sentyabr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yig‘ilishda qatnashdi: O‘IBDO‘ va metodbirlashma a’zolari hamda maktab kasaba uyushma raisi M. Abdulazizov.
- Eshitildi: Birinchi masala
- Eshitildi: Ikkinchi masala
- Ikkinchi masala yuzasidan yig‘ilish qaror qiladi.
- Uchinchi masala yuzasidan yig‘ilish qaror qiladi.
Nishon tumani XTB ga qarashli 24 –sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan jismoniy tarbiya fani metod birlashma №1 yig‘ilish BAYONNOMASI. 25 - avgust 2022 yil A. Qodiriy MFY Yig‘ilish raisi: E.Allaqulov Kotib: Q.Azizov Yig‘ilishda qatnashdi: O‘IBDO‘ va metodbirlashma a’zolari hamda maktab kasaba uyushma raisi M. Abdulazizov. KUN TARTIBIDAGI MASALALAR. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limidagi strukturaviy oʻzgarishlar bilan tanishtirish, “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 214-moddasi va “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 24-moddasiga asosan tibbiy koʻriklardan oʻtish jarayoni haqida ma’lumot berish. Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonunning 46-moddasida majburiy tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtish pedagog xodimlarning majburiyatlaridan biri etib belgilangan, ushbu Qonuning 25-moddasiga asosan pedagog xodimlarga davlat sogʻliqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy koʻrikdan oʻtish huquqi berilganligini tushuntirish. “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga (roʻyxat raqami №3271) muvofiq darslarni oʻqituvchilar oʻrtasida ustuvor ketma-ketlik asosida taqsimlash. Jismoniy tarbiya fani oʻqitishda yangicha metodlar, usullar (PISA, TIMSS, PIRLS va b) va ped texnologiyalardan foydalanish. Eshitildi: Birinchi masala yuzasidan O‘IBDO‘ B. Tojiyev axboroti tinglandi. Yangi o‘quv yiliga Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 26- avgustdagi 282 – sonli buyrug‘i haqida gapirib o‘tdi. Birinchi masala yuzasidan yig‘ilish qaror qiladi: Birinchi masala yuzasidan O‘IBDO‘ B. Tojiyev ma’ruzasi axborot uchun qabul qilinsin. Sinf xonalari jihozlanishi va o‘quv yiliga tayyorligi ko‘rib chiqilsin va kamchiliklarni bartaraf etish chora–tadbiri tuzib chiqilsin. Eshitildi: Ikkinchi masala yuzasidan so‘z metodbirlashma rahbari E.Allaqulovga berildi. U jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini dars taqsimoti ko’rib chiqildi mavjud darslar quyidagi jadval asosida taqsimlandi. Maktabda jismoniy tarbiya fani jami 92 soat dars bor. O’qituvchilarga quyidagicha dars soati berildi.
Ikkinchi masala yuzasidan yig‘ilish qaror qiladi. Barcha fan o’qituvchilariga ish reja tuzishi va reja asosida berilgan vazifalarni bajarish vazifasi yuklatilsin. Eshitildi: 3-masala yuzasidan Allaqulov Eshmamat ma’ruza qildi. Yangi o‘quv yilini mustaqillikning 31 yilligi munosabati bilan barchani tabriklab, “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida oʻquvchilarga qisqa mazmunda ma’lumot berish. Qolaversa darslarni yangi usul va metodlardan foydalanish va qo‘llash haqida gapirdi. Muzokaraga chiqdi: Ushbu masala yuzasidan Azizov Qahramon so‘zga chiqdi va o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi. Uchinchi masala yuzasidan yig‘ilish qaror qiladi. Barcha o‘qituvchilar darslarda yangi metod va yangi texnologiyalardan foydalanishi vazifasi topshirilsin. Yig‘ilish raisi : E.Allaqulov Kotib: Q.Azizov Kasaba uyushma raisi: M. Abdulazizov Download 10.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling