Farg`ona shaxar 62- sonli mttda sog`lamlashtirish kuniga bag`ishlangan musobaqa haqida jismoniy tarbiya yo`riqchisi Mirzayeva Zumrad Xasanovnaning hisobot


Download 17.86 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi17.86 Kb.
#1608018
Bog'liq
bog`cha


Farg`ona shaxar 62- sonli MTTda sog`lamlashtirish kuniga bag`ishlangan musobaqa haqida jismoniy tarbiya yo`riqchisi Mirzayeva Zumrad Xasanovnaning


HISOBOT
7-aprel butun dunyo bo`yicha sog`lomlashtirish kuni munosabati bilan Farg`ona shaxar 62- sonli MTTda sog`lamlashtirish kuniga bag`ishlangan musobaqa tashkil etildi. Dastlab musobaqani ochib berish uchun MTT rahbari Maxmudova M.A so’zga chiqib 7-aprel butun dunyo bo`yicha sog`lomlashtirish kuni munosoboti bilan barchani tabriklab musobaqa qatnashchilariga omad tiladi va musobaqani ochiq e’lon qildi. Shundan so’ng musobaqa qatnashchilari guruxlarga bo’lingan holda maydonda saf tortishdi.
Musobaqani birinchi bo’lib MTT tarbiyachilari boshlab berdi. Ularning har biriga sharni ishirib yorish shartini bajarishga start berildi. Sharlarni birin ketin qatnashchilar ishirib yorib g’oliblikni qo’lga kiritgan qatnashchilarni juriy a’zolari belgilab borishdi. Shundan so’ng MTT tarbiyalanuvchilari guruhlarga bo’lingan holda arqon tortish bo’yicha kuch sinashdi va g’oliblar aniqlandi. Ikkinchi shartda tarbiyachilar tennis to’pini qoshiqda belgilangan masofaga olib borish bo’yicha kuch sinashdi va bu shartda ham g’oliblar juriylar tomonidan aniqlab borildi.
Tarbiyalanuvchilar ham guruhlarga bo’lingan holda
­­-somakatda uchish
-kenglikar orasidan o`tish
-Arqon tortish
-To`p bilan sakrash
-gimnastika hamda obruchdan o`tish
-Arg`umchoqda sakrash
Shartlari bo’yicha kuch sinashdilar. Murosasiz va keskin baxslar bilar g’oliblar aniqlandi. Shundan so’ng musobaqa shartlari yakuniga yetdi. Musobaqa ishtirokchilari va qatnashchilariga minnaddorchik bildirib. Musobaqada g’olib bo’lgan va eng faol qatnashgan ishtirokchilar va guruhlar e’lon qilindi. Shundan so’ng g’oliblarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
G’oliblarni taqdirlash uchun MTT raxbari Maxmudova M.A so’zga chiqib musobaqada g’olib bo’lgan ishtirokchilarni taqdirlab keyingi musobaqalarda ham manashunday chiroyli o’tishini tilagan holda yakunlab berdi.


62-MTT jismoniy
tarbiya yo’riqchisi: Z.Mirzayeva


62-MTT rahbari: Maxmudova M.A
Download 17.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling