Bayonnomasi sana: 28- avgust 2022 yil Gishtmon q. Qatnashdi
Download 21.68 Kb.
|
Bayonnoma 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’IBDO’
- Metod birlashma rahbari: K.Abdumalikova
Qo`shtepa tumani X.T.Bga qarashli 14- sonli umumiy o`rta ta’lim maktab ‘’Amaliy fanlar’’ metod birlashmasining 2022-2023 o’quv yilidagi 1- sonli yig’ilish BAYONNOMASI Sana: 28- avgust 2022 yil Gishtmon q. Qatnashdi: O’IBDO’ : Z.Xaydarova Metod birlashma raisi: K.Abdumalikova A’zolar: R.Sotvoldiev J.Turiboyev Sh. Sotboldiyeva R.Odilova R.Odilova Kun tartibidagi masalalar 1.Metod birlashmaning 2021-2023 o’quv yilida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy hisobotlarni va yangi o’quv yilidagi vazifalarni belgilash. 2.Metod birlashma ish rejasini ko’rib chiqish va tasdiqlash. 3.O’qituvchilar o’rtasida 2022-2023 o’quv yiliga mo’ljallangan 5-9 siflar uchun tayanch o’quv rejani ishlab chiqish,taqvim mavzu rejalari,dars soatlarining taqsimoti va sinf xonalarini tavsiya asosida jihozlanganligi to’g’risida tahliliy ma’lumotlar tayyorlash. 4.2022-2023 o’quv yili davomida metodbirlashmada o’tkazadigan ochiq darslar va tadbirlar jadvalini tasdiqlash. 5.Tayanch o’quv reja va darsliklardagi o’zgarishlar bilan tanishib chiqish. 6.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3-maydagi ‘’Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzliksiz tizimini joriy etish ‘’haqidagi PQ 4306 sonli qarori ijrosini ta’minlash haqida. Eshtildi:Kun tartibidagi biriшшnchi masala yuzasidan metod birlashma a’zosi R.Sotvoldiyev so’z olib 2021-2022 o’quv yilida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy hisobotlarni o’qib eshtirdi . Fan olimpiadasi,fan oyligida olib borilgan ishlar,fan to’garaklari faoliyati va boshqa tashkiliy ishlar haqida to’xtalib o’tdi.2021-2022 o’quv yilida metod birlashma faoliyati qoniqarli deb baholandi.Yangi o’quv yilida har bir pedagogning oldiga qo’ygan eng asosiy vazifasi ta’lim sifatini oshirish yosh avlodni teran fikrli,bilimli,barkamol etib tarbiyalashda har birimiz o’z ustimizda ishlamog’imiz ,o’z vazifamizga ma’suliyat bilan yondashimiz,har bir darsga puxta tayyorgarkil ko’rish,darslarda ko’rgazmali qurollar,AKTdan ,yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish orqali yaxshi samaraga erishishimiz mumkinligi haqida aytib o’tildi. Yangi qabul qilingan pedagog xodimlar K.Abdumalikova,R.Toshboltayeva,R.Odilovalar haqida ma’lumot berdi. 1. Birinchi masala yuzasidan yig’lish qaroa qiladi 1:Metod birlashma a’zosi R.Sotvoldiyevning 2021-2022 o`quv yilidagi metod birlashma faoliyati haqidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O’tgan o’quv yilidagi yol qo’yilgan xató va kamchiliklar yangi o’quv yilida bartaraf etilsin. 3.Yangi o’quv yilida barcha o’qituvchilarning o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalariga ma’suliyat bilan yondashsin. 2.Ikkinchi masala yuzasidan Metodbirlahma rahbari K.Abdumalikova metodbirlashma a’zolariga metodbirlashmaning yangi o’quv yilidagi ish rejasini o’qib eshittirdi, metodbirlashma a’zolari tomonidan muhokama qilindi. Har bir metodbirlashma a’zosi o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni belgilab oldilar. Har chorak yakunida metodbirlashma yig’ilishlari o’tkazilishi belgilandi, har bir fan o’qituvchisiga chorak davomida bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot berishlari takidlandi 2-masala yuzasida yig’ilish qaror qiladi : 1.Metod birlashma yiilikish rejasi bir ovozdan tasdiqlansin. 2.Ish rejadagi vazifalar o’z vaqtida bajarilishi ta’minlansin. 3. Uchinchi masala yuzasidan metod birlashma rahbari so’z olib 2022-2023 o’quv yiliga mo’ljallangan 5-9 sinflar uchun tayanch o’quv rejasini ishlab chiqish ,dars taqsimotlari va sinf xonalarini fanga moslashtirib jihozlash haqida o’z fikr mulohazalarini bildirib o’tdi . Har bir fan o’qituvchisi 2022-2023 o’quv yili uchun mo’ljallangan tayanch o’quv rejaga asoslangan holda yillik taqvimiy ish rejalarini ishlab chiqqan, har bir fan o’quv xonalari fanga oid jihozlanib yangi o’quv yiliga tayyorlangan. O’qituvchilarga quyidagi tartibda dars taqsimoti amalga oshirildi: K.Abdumalikova -texnalogiya 5,6,8-sinflarda 13 soat R.Sotvoldiyev-texnologiya fanidan 5,6,7,8-sinflarda 20 soat J.Turdiboyev –texnologiya va chizmachilik fanidan 8,9-sinflarda 10 soat Sh.Sotboldiyeva-texnologiya fanidan 7,8,9-sinflarda 12 soat R.Toshboltayeva –tasviriy san’at fanidan 5,6,7-sinflarda 10 soat R.Odilova -musiqa fanidan 5,6,7- sinflarda 10 soat Uchinchi masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi: 1.Har bir fan o’qituvchisi 2021-2022 o’quv yiliga mo’ljallangan tayanch o’quv reja asosida ishlab chiqilgan yillik taqvimiy o’quv rejalari tasdiqlansin. 2.Fan o’qituvchilariga biriktirilgan dars mashg’ulotlari o’z vaqtida o’tilishi ta’minlansin 3.Fan o’qituvchilari o’zlariga biriktirilgan fan xonalarini yil davomida nazorat ostiga olishlari ta’minlansin. 4.To’rtinchi masala yuzasidan maktab O’.I.B.D.O’ Z.Xaydarova so’z olib 2022-2023 o’quv yilida o’tkaziladigan ochiq darslar va fanga oid tadbirlar saviyasi haqida ,yosh avlodni tarbiyashda ta’lim va tarbiya berish samaradorligini oshirishimiz haqida o’z mulohazalari bilan o’rtoqlashdi. Metodbirlashma rahbari 2022-2023 o’quv yili davomida o’tkazilishi belgilangan tadbirlar va ochiq darslar jadvali bilan tanishtirdi. To’rtinchi masala yuzasidan yigilish qaror qiladi: 1.OIBDO’ Z.Xaydarovaning ochiq darslar va tadbitlarni o’tkazilishi tartibi bo’yicha bergan tavsiyalari ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2.Yil davomida o’tkazilishi belgilangan ochiq dars va tadbirlarga tegishli fan o’qituvchilari puxta tayyorgarlik ko’rishsin. 5. Beshinchi masala yuzasidan O’IBDO’ Z.Xaydarova milliy dastur ,tayanch o’quv reja , baholash mezonlaridagi o’zgarishlar haqida metodbirlashma a’zolariga tushuncha berdi. Texnologiya fani o’qituvchisi: K.Abdumalikova texnologiya fani 7-sinflar o’quv rejasiga 2022-2023-o’quv yilida 10 soat pobotatexnika asoslari va 6 soat ijtimoiy va iqtisodiy texnologiya asoslari mavzulari kiritildi. Albatta robotatexnika va ijtimoiy va iqtisodiy texnologiyalarga oid ma’lumotlarni o’rganish bugungi kun o’quvchisi uchun judayam muhim va dolzarb. Robotatexnika oid mavzularni o’quvchilarga o’rgatib borishda biz texnologiya o’qituvchilari ham o’z ustimizda ishlashimiz texnologiya yangiliklari bilan muntazam tanishib bormog’imiz lozim deb aytib o’tdi. Beshinchi masala yuzasidan qaror qiladi. O’IBRO’ Z.Xaydarova ko’rsatmalari ma’lumoti uchun qabul qilinsin. Har bir fan o’qituvchilari o’quv rejasiga kiritilgan yangiliklar bilan to’liq tanishib chiqish va o’quv amaliy dars ishlanmasini yaratish topshirilsin. O’quvchilar bilim samaradorligini baholashda baholash mezoniga qat’iy amal qilsinlar. Metod birlashma rahbari: K.Abdumalikova Download 21.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling