1-boshlovchi:
Muallim
Meni axloq-odobga,
Chorladingiz, muallim.
Doim yaxshi o’qishga,
Yo’lladingiz, muallim.
Poyingizga zar sochsam,
Shunchalar kam, muallim.
Bolalarga muhabbati,
Ko’p mujassam muallim.
Sizni har dam o’ylayman,
Sizga sog’lik tilayman.
Tuman boylik-sog’likni,
Ollohimdan so’rayman.
2-boshlovchi:
Ustozim
Kichkina qo’lga qalam,
Tutqazdingiz ustozim.
O’qish, yozish, sanashni ,
O’rgatdingiz ustozim.
Ilm-u fandan berib saboq,
Shogirtlarni yetaklar.
Mehnat qilib hech tolmas,
Qalbi jaxon ustozim.
Bugun ustozlar kuni,
Qalblarimiz beg’ubor.
Hayotimiz hushchaqchaq,
Yo’limiz doim bahor.
1-boshlovchi:
Assalomu alekum ushbu tadbirga tashrif buyurgan aziz Ustozlar!
“O’qituvchilar va murabbiylar kuni”ga bag’ishlangan “Ustozim-muallimim” nomli Tadbirimizni ochib berish uchun so’z navbatini maktabimiz raxbariga beramiz, marxamat. (maktab raxbari chiqib tadbirni ochib beradilar).
2-boshlovchi:
Aziz Ustozlar, sizlarni bugun 1-oktyabr “Ustozlar va murabbiylar” bayrami bilan tabriklaymiz , sizlarga uzoq umir tilaymiz. Xozir sizlarning e’tiboringizga 6- sinf o’quvchilari ustozlariga tayyorlab kelgan kichkina tadbirlarini namoyish qilishadi. Marxamat, tomosha qiling. (sherlar aytiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |