Bayt ul- hikma
Download 60.5 Kb.
|
«BAYT UL-HIKMA»NING VUJUDGA KELISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydanilgan manba va adabiyotlar Kirish.
.“BAYT UL- HIKMA” NING VUJUDGA KELISHI HAQIDA MA’LUMOT BERING. REJA. Kirish 1. Bag'doddagi «Bayt ul-hikma» akademiyasi 2. «Bayt ul-hikma» va xalifa al-Ma'mun. 3. Bayt ul-hikma»da ilmlar rivoji va Markaziy Osiyo olimlarining Bag'doddagi ilmiy faoliyatlari. Xulosa Foydanilgan manba va adabiyotlar Kirish. O'zbekistonning mustaqillikka erishuvi barobarda xalqimiz ma'naviyatini rivojlantirish ishiga katta ahamiyat berilmoqdaki, Birinchi Prezident Islom Karimov ma'naviyatni yuksaltirishda o'tmish madaniy boyliklarini chuqur o'rganish va targ'ib etish nihoyatda muhim ekanini ko'plab ma'ruzalarida qayta-qayta ta'kidlab o'tgan. Shu o'rinda davlatimiz rahbarining madaniy meros va o'tmishdagi allomalarimizning hayoti va ijodini o'rganish ehtiyoji xususidagi so'zlarini eslash maqsadga muvofiqdir. «Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanok ajdodlarimiz tomonidan ko'p asrlar mobaynida yaratib kelingan g'oyat ulkan,bebaho ma'naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan nihoyat muhim vazifa bo'lib qoldi». Bag'dod shahrida asos solingan, «Bat ul-hikma» («Hikmatlar uyi») deb atalgan ilk ilmiy maktabning tashkil topishi, rivojlanishi, unda ijod qilgan allomalar, tarjimonlarning merosi va mazkur markaz bilan bog'liq bo'lgan boshqa faoliyatlar haqida ma'lumotlar to'pladim. Ushbu ishimda asosiy e'tibor «Bayt al-hikma» bilan bir qatorda, Markaziy Osiyodan yetishib chiqqdan allomalarimining o'z ona vatanlaridan uzoqda Bag'dod shaxrida olib borgan ilmiy izlanishlariga qaratiladi. Hozirda o'rta asr musulmon Sharqi mamlakatla rida faoliyat ko'rsatgan ilmiy va madaniy muassasalar (institutlar), turli-tuman qo'lyozmalar jamlagan kutubxonalar, shifoxonalar, ilk rasadxonalar, tarjima markazlari va nihoyat, muayyan shaharlar yoki hukmdorlarning saroyida tashkil topgan to'la ma'nodagi ilmiy maktablar yetarli darajada o'rganilgan, deb bo'lmaydi. Agar chuqurrok razm solinsa, bunday ilm maskanlarining umumiy soni o'ndan ortiq. Fikrimizning isboti sifatida Bag'doddagi «Bayt al-hikma» (IX), Buxorodagi «Sivan al-hikma» (X), Qohiradagi «Dar al-hikma» (XI-XII), Marag'adagi Nosir ad-Din at-Tusiy ishlagan rasadxona (u ham «Dar al-hikma» (XIII) deb yuritilgan), Xorazmdagi al-Ma'mun (XI) va Samarqanddagi Ulug'bek akademiyalari (XV) kabilarni ko'rsatishimiz mumkin. Download 60.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling