Ba'zan biz ko'rgan narsalar ko'ringanidek bo'lmas, o'ylaganlarimiz esa biz o'ylaganchalik


Download 320.71 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.02.2023
Hajmi320.71 Kb.
#1183966
Bog'liq
Shartnoma????



Shartnoma
📄
Ba'zan biz ko'rgan narsalar ko'ringanidek bo'lmas, o'ylaganlarimiz esa biz o'ylaganchalik
bo'lmas ekan...
O'zimni tanishtirsam ismim Madina yoshim 20 da. Oilada kenja qizman, oilamdagilardan
farqli o'laroq dizayn sohasida o'qiyman, orzuyim tezroq bu yerlardan mafiyadagi
otishmalardan qutulish! Ha to'g'ri eshitdingiz Mafiya! Mening eng katta dushmanim! Janglar,
to'qnashuvlar, qurol yaroq, barcha barchasini men qalamimga almashganman. Akam va
otamning noqonuniy qurol oldi sotdisiyuu Sherlarning azaliy dushmanchiligi mening
asablarimni yeb bitiradi. Sherlar ya'ni Sherxonovlar oilasi biz bilan azaldan dushman
buvamning singlisini ya'ni katta ammamni ularga turmushga berilmaganidan buyon bular taxt
talashishadi. Biz esa Og'alar ya'ni Og'abekovlar xonadonimiz otamni Og'a deb chaqirishlari
ham shundan, men undaylardan emasman desam ham aslida xuddi otamdek berahm edim.
Nishonga olish, suzish, kurash bo'yicha ham uquvum bor albatta. Lekin meni ularning ishi
bilan ishim yo'q va men faqatgina otam va akam sog' omon bo'lishi uchun duo qilaman.
Xonamda jimgina dars tayyorlayotgan edim tashqarida shovqin suron boshlanib ketdi,
yugurib xonamdan chiqdim. Hamma bir ahvol akam yelkalarini bog'lab qo'yishibdi. Otam esa
asabiylashib qon bosimlari ko'tarilgan ekan. Buvam uydan chiqdilarda
-hamma xonasiga!
Samiya sen Akbarga yordamlash!
Dedilar. Hammamiz noiloj xonamizga yo'l oldik. Akamni Hammamiz ya'ni men, oyim, va yana
2-3 ta xizmatchilar qolgan barzangi qo'riqchilarimiz esa doimgiday poyloqchilikda qoldi. Lekin
men xonamga kira olmay akamni xonalari tomon yo'l oldim. Akamning yoshi 25 da, o'qimishli
bo'lsa ham buvam sabab u ham to'daga qo'shilgan. Akamning xonasiga taqillatmay kirdim.
Kirdimu qotib qoldim chunki akam men tengi xizmatchimiz Samiyaning ko'zidagi yoshlarni
artayotgan ekan
-AKAA?
-Madina senga necha marotaba aytganman xonamga taqillatib kir deb!
Akam o'shqirib berdi, men esa hayratdan hali ham tilimni aylantirolmay turardim shu payt
Samiya ham uyatdan qizargancha xonadan yugurib chiqib ketdi.
-aka siz va Samiya?
-hech kimga aytma
Dedi akam yotoqga o'tirish barobarida
-qachondan beri?
-...
-aka menga ishonishingiz mumkin!
-menga qara! Ha men Samiyani yaxshi ko'raman anchadan beri kelganiga 2 yil bo'lgan
bo'lsa birinchi ko'rgan kunimdan beri uni yaxshi ko'raman! Shu sabab ham uylanmayapman!
Unga aytsam yo'q men sizga to'g'ri kelmaymandan uyog'iga o'tmayapti. Xullas senga
ishondim buni hech kimga aytma! Agar buvam bilsalar uni tinch qo'ymaydilar har holda shu
kunlarda boylarning qizini tiqishtirayotganlariga qaraganda mendan nafli turmush istayaptilar.
Hech kimga churq etma!
-hop aka. Hech kimga aytmayman. Samiya yaxshi qiz!
-bilaman
Akam kulib qo'ydilar.
-ahvolingiz yaxshimi?


-menku yaxshiman lekin...
-nima lekin?
-men charchadim uxlayman bor xonangga!
-hop
Dedimda chiqib ketdim va akam bilan Samiyaning munosabatlarini o'ylab yotdim. Tavba
nahot sezmagan bo'lsamaa?
Erta tongda hammamiz nonushta qilib o'tirdik. Hamma asabiy dadamning telefonga
qarab-qarab qo'yayotganlarini ko'rib xavotirim oshib bormoqda. Buvam indamay doimgiday
achchiq qahva ichib nimalarnidir o'ylab o'tiribdilar, Samiya stol ustiga likopchalarni
qo'yayotganda ko'rdim ko'zlari qizarib ketibdi. Bechora akamga nimadir bo'ladi deb o'ylab
xavotirdadirda. U bilan ham gaplashib olishim kerak! U yaxshi qiz akamni boylik uchun
sevmagani aniq.
-Azim(dadamning ismlari) xo'sh qanday yangiliklar bor?
Deb buvam dadamga yuzlandilar
-...menimcha hali yangilik yo'q
-hmmm...
Buvamning bu "hmm"larining ortida doimo nimadir yashirin turadi.
-men ketdim tayyorlanay
Deb o'rnimdan turib ketdim aslida 1-para darsim yo'q lekin nimadir qilib Samiya bilan
gaplashib olishim kerak!
Topdim!!!
-Samiyaaa menga qarashib yubooor!
Stoldan turish barobarida Samiyani ham chaqirdim.
Xonamga kirib endi o'tirgan edim Samiya ham kirib keldi
-eshitaman Madinaxonim chaqirtirgan edingiz?
-meni xonim demaaa
Dedim unga jahl va hazil aralash kulgu bilan
-lekin siz xonimsiz
-obbboo tavbaa
Deb boshimni urdim
-kel gaplashib olaylik
Deb xonam burchagidagi 2 ta kresloga o'tirdik
-akam bilan
-meni kechiring! Men bilmay, behosdan, bo'ldi ulardan uzoq yuraman, endi umuman
oldilaridan chiqmayman, faqat iltimos men haqimda noto'g'ri hayollarga bormang
-Samiya! Biroz nafas olib gapir!
-...
-menga qara! Seni bilaman aqlli qizsan! Agar akam senga ko'ngil berdimi demak sen xaddan
ziyod aqllisan! Ishon akam hammaga ham ko'ngil qo'yadigan va hammaga e'tibor
beradiganlardan emas! Bilasan! Seni men ham yaxshi ko'raman. Kecha ham bekorga ko'z
yosh qilmaganingni bilib turibman. Faqat savol bermoqchiman. Akamni har doim yonida
bo'lishga ko'zing yetadimi? Har qanday to'siqqa qaramay? Oilamizdagilar nima deyishidan
qat'iy nazar u bilan bo'lishni xohlaysanmi?
-Madina men akangizni yaxshi ko'raman va buni tan olaman! Ha kecha juda qo'rqib ketdim
va biroz o'zimni erkin qo'yib yubordim...
-demak akam bilan bo'lishga rozisana?


-yo'q men ularga mos emasman! Va men yaqinda boshqa ish topsam o'sha yerga ketaman.
Bu yerda o'ralashmayman. Ishoning niyatim oilangizni buzish emas. Men bilaman sizlar va
mening nochor hayotim qarama qarshi tarafdamiz! Faqat iltimos ketishimni akangizga
aytmang!
Samiya chiroyli ko'zlarini shu qadar mo'ltiratib qarab turardiki unga yo'q deya olmadim. Lekin
bilib turibman u ham akamni sevarkan! Men shunga xursand bo'ldim.
-Samiya bo'ldi yig'lama!
-men ketishim kerak xonim
Dedida ko'z yoshlarini artib xonamdan chiqib ketdi.
Soat ertalabki 9:30 lar atrofi akamni xonasiga kirdim.
-akaa yaxshimisiz?
-hali ketmadingmi o'qishga ajina
-akaaaa
-ha nima?
-meni ajina demang
-bo'pti, bo'pti!
Akam bilan biroz suhbatlashdik. Akamni juda ham yaxshi ko'raman. Ular ham men bilan
ochiq suhbat qiladilar dildan gaplashamiz! Bu uydagi onamdan ham ko'ra meni yaxshi
tushunuvchi yagona inson bu Akam.
Kechki ovqatdan keyin uydagi qo'riqchilar soni ko'paydi. Akamni xonasini ham nazoratga
olishdi. Nimalar bo'lyapti deb so'ragan edim hech narsa deya qutulishdi. Xuddi men yosh
bolaman va bu uydagi o'zgarishlarni sezmaydiganday. Ko'nglim notinchlikni sezdi. Buvamni
buyruqlari bilan hamma o'z xonasiga yo'l oldi. Men va akam yonma-yon xonalarda turamiz.
Soat tungi 2:30
Uxlab yotgan vaqtim yuzimga bostirilgan qattiq narsadan nafas olishim qiyinlashib baqirishni
boshladim koshki edi kimdir eshitsa. Yuzimga yostiq bostirilayotgan ekan. O'zimni qo'lga olib
bor kuchimni to'plab meni ustimga chiqib bosayotgan qotilning oyog'iga yaxshilab tepdim u
ham kutmagan ekanmi? Dodlab yostiq qo'lidan chiqib ketdida o'zi orqaga yiqildi
-voy onangni qiz bola ekanku...
Dedi u yog'on ovozda.
O'zimni tezda o'nglab baqira boshlashim bilan u kelib og'zimni yopdi. Yuzida niqobi bor faqat
ko'zlari ko'rinib turardi unga ahamiyat ham bermabman keyin kallamga keldi, ko'zidan eslab
qolish kerak edi dedim. Xullas u bilan jangimiz boshlanib ketdi. Og'zimni yopgan qo'lini
tishlab qorniga musht tushurib, yordam so'rab tashqariga yugurdim
Eshik oldiga kelishim bilan orqamga qaradim u yo'q?
-yer yutdimi buni?
Dedim o'zimga o'zim. Keyin derazaga qaradim. Ahmoqman ahmoq! Agar derazadagi
panjarani qaysarlik qilib olib tashlatmaganimda bu qotil xonamga kira olmasdi! Ehh Madina
Madinaa sendek esini yegan qizni o'zi yo'q! Hammamiz yana buvamning xonalariga yig'ildik!
Demak ahvol jiddiy va shu sabab ham uyda qo'riqchilar ko'paygan. Shu payt xonamni
kuzatib chiqqan ishonchli odamimiz bir jeton olib keldi, uni ko'rib hayron bo'ldim. Buvam,
akam va dadam esa mendan farqli o'laroq havotirga tushib qolishdi. Onam uni ko'rib meni
bag'irlariga bosib oldilar
-nimalar bo'lyapti?
-qizim shukr senga hech narsa bo'lmapti!
Dedilar oyim


-bu nima? Uni ilk marotaba ko'ryapman...
-endi unga ham aytib beramiz Azim.
Dedilar buvam. Dadam esa akamga qarab qo'ydilar va mendan tashqari hamma xonadan
chiqib ketdi. Xonada buvam va men qoldik!
-sen ham ancha ulg'ayding endi senga ham xaqiqatlarni aytish vaqti keldi, xavfsizliging
uchun albatta!
-eshitaman buva
-bilasan Sherlar bilan azaldan kurashamiz! Ularning maqsadi sulh tuzish emish, men
ularning qanday shoqolligini bilmasam ham mayli ekan, xullas akang Sherlarning o'g'li
Yunusni otib qo'yibdi!
Men hayratda edim! Jondan ortiq yaxshi ko'rgan akam qotillik qilmoqchi bo'libdi. Yo'q ahmoq
bo'lma! Xuddi akang hech ham odamlarga nisbatan shavqatsiz bo'lmagandek fikr! Pfff
ahmoqona.
-o'ldimi?
Ilk so'ragan savolim shu bo'ldi
-yo'q... Lekin komada emish shuning uchun ham ular qonga qon deb kelgan
-ya'ni?
-ya'ni akangni o'limi bilan ular o'z xovurini bostirmoqchi bo'lgan. Ko'rinib turibdi bunga ular
maxsus odamini yuboribdimi demakki aniq qon to'kiladi!
-meni o'limim bilan adovat yo'qoladimi?
-ehh qizim! Unday emas! Yana bilmadim... Xullas o'zingni extiyot qil, ko'chaga qo'riqchilarsiz
chiqma!
-hop!
Yana xonamdaman. Asablarim ming xonam to'zg'ib yotibdi! Xizmatchilarga xonamni
tozalatmas edim. Kimdir narsalarimga tegsa asabiylashaman. Shu sabab ham kirib hamma
buyumlarimni joy joyiga qo'ydimda buvamdan so'rab olgan jetonni tomosha qilib yotdim.
G'alati narsa tangadek lekin muhrga ham o'xshaydi, sherning yon tomoni tasvirlangan narsa.
Ehh bu Sherlar biram o'ziga bino qo'ygankii, buni qaranglaraa xattoki ramziy ma'noda ham
qo'llabdi. Pff ko'nglimni tor ko'chasi...
Obbo ammayee agar o'shalarning valakisalang merosxo'riga tekkaningizda edi shu
mashmashalar bo'lmasdi. Yo tavba o'zing kechir Allohim! Rahmatli katta ammamni ruhini
chirqiratmay. Tavba Tavba! Tangani javonimdagi qutichaga soldimda ham jismonan, ham
ruhan charchaganim uchun uxlab qoldim.
Ertalabdan o'qishga yo'l oldim bugun oxirgi imtihonlarni topshiraman! Yoqtirmasam ham
menga qo'riqchi tayinlashdi, yana uning turqi menga umuman yoqmaydi! Ko'zlari bejo,
bugun ertalab ham Samiyadan ko'zini uzmay turgan ekan. Aslida u mendan kuchsizga
o'xshaydi, lekin nachora rozi bo'lmasam meni o'qishdan mosivo qilishmasin!
Sherlar xonadoni
-MEN SENGA NIMA DEGANDIM? AAA? AYT? NIMA DEGANDIM? JAHLINGNI
JILOVLASHNI O'RGAN! AHMOQ SEN AKBARNI EMAS SINGLISINI O'LDIRIB QO'YAY
DEDINGKU! AGAR YANA BIR MARTA SHUNDAY O'ZINGGA ERK BERGANINGNI
KO'RSAM, BARCHA HUQUQLARINGNI OLIB QO'YAMAN!


Asad Sherxonov qattiq baqirgancha yigitga musht tushirdi, yigit indamadi va sovuqqina qilib
-hop! Boshqa qaytarilmaydi!
Dedi
-Yunusning ahvoli qanday?
-ahvolini og'ir deyishyapti...
Asad Sher indamadi va xonani tark etdi.
* * *
Madina o'qish binosidan chiqib mashinaga o'tirdi atrofga g'alati qaradi, kimdir uni
kuzatayotganday bo'ldi, lekin hech kim yo'q
Uzoqroqda turgan Asad Sher esa haydovchiga ketdik ishorasini qildi.
-ana endi ko'rasan Og'a!!!
Uyga kelib ust boshimni alishtirib oshxonaga keldim ko'rgan manzaramdan boshimga kimdir
gurzi bilan urgandek bo'ldi. Mening yangi qo'riqchim Samiyani qo'lidan ushlab nimadirlar
deyotgan ekan, Samiya bechora unga yalinib qarab turibdi.
-nimalar bo'lyapti bu yerda?
-men... men...
-Samiyaaa! Nima qildi bu to'nka senga?
-...
Indamadi. Faqat yig'lardi. O'zim ahmoqman, ko'rib turibmanku nima bo'layotganini, yana u
bechorani battar qiynab so'rashimga o'laymikin!? Ikkilanmay borib barzangiga tushirdim,
keyin uni xumordan chiqquncha urdim! Naqadar ahmoqona! Mening hayotimni shu lattaga
ishonishibdi. Bizdagi to'palondan uy boshimizga yig'ildi. Lattani endi oshxonadan koridorga
olib chiqishayotganda akam kelib qolsa bo'ladimi! Ana endi janjalni kattasi boshlanadi!!!
-nimalar bo'lyapti?
Akam asabiy qo'riqchilardan so'radi. Men esa hech ikkilanmay, tutilmay bor gapni akamga
aytib berdim.
Ehhhh ana endi tomoshani ko'ring! Mening berganlarim yetmaganday akam ham uni o'ldirib
qo'yguday kaltakladi... Oxiri Samiya borib
-bo'ldi o'ldirib qo'yasiz
degandan keyin akam tinchlanib Samiyaga qaradi. Bechora yig'layverganidan ko'zlari
shishib qizarib ketgandi.
-senga nimadir qildimi? A? Senga ziyon yetkazdimi?
Akam unga boshdan oyoq qarab
-hozir men uni...
Deb ketayotgan edi Samiya to'xtatib qoldi.
-yo'q hech narsa qilmadi Madina kelib qoldilar.
Dedi. Akam bir menga bir unga qarab turdilar. Men esa sekingina xonam tomon keta
boshladim, desam ishonmanglar. Bunday drammani o'tkazib yubora olmasdim devor ortiga
o'tib ularni kuzatdim
-rostan senga ziyon yetkazmadimi?
-yo'o'o'q...
Bechora Samiya yana yig'lab yubordi
-unda nega yig'layapsan?
Obbboo akam biram qo'poldaa! Qiz bechoraga baqirib tashlasa bo'ladimi!


-qo'rqib ketdim...
-... Bo'ldi qo'rqma! Men yoningdaman!
Akam ohista uni bag'riga bosdi. Oooo romantikaa! Yaxshi hamki uyda bizdan boshqa hech
kim yo'q. Bilganday bugun buvam ham yo'qlar. Ularni ko'rib sevgi borligiga ishonch hosil
qildim...
Akam uni bag'ridan bo'shatdida unga mehrli ko'zlar bilan qarab
-seni yaxshi ko'raman...
Dedi. Bu yerda meni yuragim qinidan chiqquday uryapti, Samiya qay ahvolda ekan?
Kinoning eng qiziq joyida reklama deganday kattoroq xizmatchimiz Klara opa va uning kichik
qizi Natasha kelib qoldi. Obbooo nega doim shundayaa? Ular Akbar akamga ham e'tibor
bermay Samiyaga qarab gap boshladilar
-ey voohhh qizim senga nima bo'ldi?
-hech narsa!
-Samiyaa opaa yana anavi ahmoq Nosir sizga nimadir qilmoqchi bo'ldimi?
Natasha shunday deb Samiyaning ko'kargan qo'llariga qaradi. Demak bu birinchisi emas!
Ehh Samiya Samiya bizga aytsang bo'lardikuu! Samiya Natashaga qarab jim ishorasini
qilgandek qaradi. Natasha ham qovunchi qizdaa akamni endi ko'rdi shekilli birdan rangi
o'zgardi.
-nima avval ham shunday ish bo'lganmidi?
Akam asabiy Samiyaga qaradi
-h..h..h..aalliigiii...
-AYT?
Haaa akam qo'pol, muzlatgichning g'irt o'zi!
-siz aytmasangiz men aytaman opa
Deb Natasha gap boshladi. Ha u xaqiqatdan ham dangalchi va rostgo'y qiz.
-Nosir degan bir qo'riqchi Samiya opaga yaxshi ko'rishini aytdi opam uni rad etgandi...
-Natasha asabimni yeb bitirayapsizlar!
-seni nima qilib bo'lsa ham o'zimniki qilaman deb tahdid qildi.
Bechora Nosir unga endi rostdan ham achindim akam o'ldirishgaku o'ldiradi lekin endi uni
qiynab o'ldirishi turgan gap. Samiya Natashaga qarab
-Natasha jim!
-nima! Qachongacha bunaqa qo'rqib yashamoqchisiz? Kechasi xonangizni eshigini qulflab
uxlayotganingiz qachongacha davom etadi? Ishdan ketmoqchi bo'layotganingizning asil
sababi o'sha Nosirku!
Akamga shu gaplarning o'zi yetarli bo'ldi. Klara opa hayratdan yoqa ushlab qoldilar,
Samiyaga dam ol deb xonasiga chiqarib yuborishdi, men ham hamma gapdan xabardor
bo'lgancha xonamga yo'l oldim...
Erta tong uyg'onib xonamdan chiqmadim. Darslarimni qilib xonamda o'tiraverdim. Tushda
esa tashqaridan yana g'ala g'ovirlar eshitila boshlandi. Pastga tushsam akam, dadam va
buvam nimalarnidir tortishishayotgan ekan. Meni ko'rib jim bo'lib qolishdi, demak gap men
haqimda!
-nimalar bo'lyapti?
Hamma jim oxiri bobom oldilariga chaqirib gap boshladilar
-qizim Sherlarni o'g'lini oyoqlari yaxshi ishlamayotganmish. Ertalab to'palon qilib keldi va...
-vaaa?


-seni o'g'liga so'rayapti, yo'qsa akangni ham xuddi shunday qismat kutayotganmish.
-tentakmi ular? Meni nima qiladi?
-o'g'liga yana nimadir qilishimizdan qo'rqib shunday qilmoqchi. Sulh tuzaylik deb kelibdimish,
seni ularga bersak oilalar yarashar ekan!
-esini yeganmi ular? Men hech qachon ularga kelin bo'lmayman!
Gapirgan gapimdan o'zim uyalib ketdim. Ya tavba otamni, akamni, buvamni oldida nimalar
deyapmanaaa? Sharmanda!
-qizim biz ham o'ylab ko'rdik...
-hech qachon! Eshitdingizmi? Hech qachon men unday qilmayman!
Deb jahlimni sochib o'rnimdan turib xonamga yugurib kirib ketdim... Aqldan ozishim aniq. Bu
nimasi endi? Ularni maqsadi nima? Birozdan keyin xonamga oyim yig'lamsirab kirib keldilar
-qizim... Bilaman senga qiyin... Lekin akang...
-nima bo'ldi akamga?
-sherlarning maxsus qotili akangga jeton tashlab ketibdi. Har joyda o'sha narsalar...
-oyiiii...
Gapirolmay qoldim. Yig'lab yubordim. Tushundimki agar men ularni o'g'liga turmushga
chiqmasam akamni o'ldirib yuborishadi. Oilamizni yagona erkak vorisi akam. Nima qilishimni
bilmay qoldim...
Shu bilan kech tushdi. Aqlimga rejalar keldi va uni amalga oshirish uchun buvamning
xonalariga yo'l oldim.
Eshikni taqillatganimdan so'ng ichkaridan ovoz keldi, keyin asta kirdim
-kel qizim!
Buvam akam va men bilan tushgan rasmga qarab o'tirgan ekanlar, men kirishim bilan joyiga
qo'ydilar va menga qarata gap boshladilar
-nima muammo qizalog'im?
-haligiii...
-sayohatga bormoqchi bo'lsang, hozir xavfli. Bu ishlar bosti bosti bo'lgandan keyin istagan
joyingga borasan
-yo'q! Boshqa mavzuda gaplashgani keldim.
-xo'sh?
-men roziman
Qat'iy ohangda gapirdim. Avvaliga buvam hayrat bilan menga qaradilar keyin esa
-sen majbur emassan! Kerak bo'lsa jon evaziga menikini olar, lekin sen
Gaplarini bo'ldim
-buva qachongacha bunday yashaymiz? O'sha qotil kimligini bilish uchun ham u uyga
boraman!
-aslida u hammani ham o'ldirmaydi. Asosan ko'zga ko'ringan eski dorifurushlar ya'ni bizden
qurol yaroq emas
Tentakni g'irt o'zi!
-tushunarli...
-qizim ishonching komilmi.....
Buvam yana ko'pdan ko'p vaz o'qidilar, koshki edi mendek jiblajibon bunday gaplarni
eshitsam ekan. Qo'y ko'zlarimni ularga tikkancha yolg'ondan yalinishga tushdim.
Ahmoqgarchilikning yagona namoyondasi! Buvamdan erga tegishga yalinyapman. Tavba!
Tavba!
Xullas ikki dushman oila "sulh" tuzdi. To'y 1 oydan keyinga bo'ladigan bo'ldi.


Ochig'ini aytsam kuyov anavi chala o'lik Yunusmikin desam undan katta akasi bormish! Ismi
Yusuf ekan. Orzularimni yakun topayotgani yetmaganday Yusuf janoblarini oyoq qo'li yaxshi
ishlamas aravachaga mixlanib qolgan ekan. Bu gaplarni faqat eshitdim. Bu to'g'risida ham
kattagina janjal bo'ldi albatta, lekin qonsiz yakun topdi, shukrlar bo'lsinkim! Bugun ular uyga
kelishadi, oilaviy dasturxon, do'stlik munosabatlari mustahkamlanarmish. Pffff bir birini o'ldirib
qo'ymayotgan dadam va bo'lajak qaynotam, bir birini o'ldira olmagan akam va qayniukam!
Yana yetmaganiga qayniukam tuppa tuzuk, o'z oyoqlari bilan yurib keldi.
Ana senga xaqiqiy spektakl...
Mana hamma dasturxon atrofida, bir biriga o'lganini kuniday soxta tirjayib turganlarga qarab
battar asabiylashib ketyapman. Oyim kuyov bilan ko'rish deb qo'limga choynakni tutqazib
ketdilar.
Mehmonxona eshigi oldida turibman, negadir ich ichimdan hayajon bosdi, titrab ketdim.
-bo'ldi o'zingni bos! Muddaoying nimaligini unutma!
Deb o'zimga o'zim motivatsiya berdimda ichkariga kirdim. Kirdimu qotib qoldim. Akam tengi,
biroz soqolli sochlari g'alati, aravachada o'tirganini aytmaganda tuppa tuzuk yigit kulrang
ko'zlarini menga qadab turibdi. Salom berib oldiga bordim, endi choyni quyayotgan edim o'zi
gap boshladi
-kerak emas baribir ham icha olmayman...
Negadir ichim g'alati bo'lib ketdi
-hop
Deb indamay o'tiraverdim. Bir kulgim qistadi, o'zimni zo'rg'a tutdim. Mendek sovuqqon qiz
uyalib ketayotganimdan uyalib ketdim. Jim o'tiraverganimdan keyin tabiiyki portlab ketaman
va unga savol bera boshladim
-qanday qilib bu holatga, ya'ni
Deb endi gapirayotgan edim og'zimga urdi
-bu haqida gaplashishni yoqtirmayman, yana sen bilishing kerak bo'lgan ba'zi narsalar bor
-sen?
-mendan ancha kichiksan demak sen deya olishga haqqim bor!
Ichimda bo'g'gim kelsa ham sirtimda jiddiy turdim
-eshitaman qulog'im sizda!
-ko'rinib turibdi oilang uchun mendek nogiron o'qimaganga tegyapsan. Seni tushunaman
shuning uchun sen bilan shartnoma tuzmoqchiman!
-ya'ni?
-ya'ni 8 oy er xotindek yashaymiz va sen buni hech kimga aytmaysan! Ha yana menga
xotinlik qilishga umuman majbur emassan. Qolaversa men ham salkam ukamni qotilini
singlisi bilan opoq chopoq bo'lish niyatim yo'q vaa...
-vaa?
-va seni hayotingni barbod qilmoqchi emasman! Majruh er bilan butun umr yashash niyating
yo'qdir har holda?
U menga shunday qaradiki ilma teshik bo'ldim. Zo'rg'a javob qaytardim
-8 oydan keyin ajrashishimizga ishonch hosil qilishim kerak!
-to'y kuni shartnoma imzolanadi. Lekin bu haqida na seni va na meni oilam xabar
topmasliklari kerak! Tushuntira oldimmi?


-tushundim!
Ayni menbop ish bo'ldi. Endi bemalol uyda tintuv qila olaman, erimni men bilan ishi
bo'lmaydi. Naqadar ajoyiib!!!
Shu bilan barcha uy uyiga tarqaldi. Negadir Yusuf aytgan gaplar miyyamda charx urdi! Uning
kulrang ko'zlariii... Yo'q! Yo'q! Ahmoq bo'lma Madina esingni yedingmi? Senga nimalar
bo'lyapti? O'zingni yig'ishtirib ol! Atiga 8 oy balkim undan ham kamdir! Har holda chalaqotil
Sherni topgunimcha u uyda yashash kerak. O'zing madad ber Allohim!
To'y kuni ham yetib keldi. Hammaga jar solishni istamagan Yusuf janoblari to'yni ham kichik
o'tkazdi uydagilari nimadir degan ekan men yurolmasligimni hammaga ko'z ko'z qilgim yo'q
deb javob beribdi. Bu gapni oyim aytdilar. Hayron qolganim oyim va bo'lajak qaynonam har
kuni telefonda suhbatlashishadi, dadam va qaynotam bir birlarini g'ajishga tayyor bir vaqtda
onam ular bilan dugona bo'lib olgan. Tavba! Hayirli bo'lsin ishqilib!
Mana kelin kuyov xonasida o'tiribman! Hech kim chiqmaydi deb 3 qavat to'la to'kis biz uchun
ekan. Xona xaqiqatdan ham ajoyib! Yumaloq kravat, toshoyna va garderob uchun alohida
xona! Hamma joyni tomosha qilayotgan vaqtim xonaga Yusuf kirib keldi ortidan aravani
sudragancha uning o'ng qo'li, yordamchisi va qo'riqchisi Sodiq kirib keldi. Sodiq ichkariga
kirmadi eshikni ochdiyu ortiga o'girilib oldi
-va'da qilganimdek mana shartnoma
Deb yotoq ustiga atiga 1 varoq qog'oz tashladi
-shumi shartnoma?
Mensimaganday qaradim
-sen men bilan ajrashib bir tiyin ham ololmaysan
Bu gapi asab chegaralarimni buzib o'tdi
-seni boyliklaringga ega chiqish niyatim yo'q! Agar shunday bo'lganda edi shartnomaning
shartlarini sen emas men tuzgan bo'lar edim!
Zahrimni socha boshladim. Ilk kundan, ilk kechadan.
-meni sensirama!
-unda sen ham siz deyishimga arzirli muomala qil!
Uning asabiylashganini bo'yin tomirlaridan yaqqol bilsa bo'lardi
-yaxshi... Imzo qo'y
-istasam!
-sabrimni sinama!
-o'qib chiqay
O'zimni gapimga o'zimni kulgim keldi. Atiga bir varoq. Yana yetmaganiga yarim bet narsa
yozilgan. O'qidim. Hayratlandim! Gapni qisqasi uning mazmuni tinchgina ajrashish haqida
ekan! Indamay qo'l qo'ydim!
-yaxshi... Endi bemalol uxlayver charchagansan! Hayirli tun!
-lekin uydagilar
Gapimni tushundi shekil
-bu qavatga hech kim chiqmaydi kamera ham yo'q! Sen bemalolsan!
Deb eshikni yopib chiqib ketdi. Qo'llari qaltirarkan lekin o'zini uddasidan chiqa olarkan!
Ajoyib!


Tong saharda turib kelinlik vazifalarimni qildim. Hamma nonushtaga yig'ildi. Qaynonam
hamma bilan erinmay tanishtirib chiqdilar endi ularni oyijon deyman qaynotamni esa
dadajon. G'alati lekin negadir ular ajoyib insonlar ochiqko'ngil, antiqa! Xullas bu uyda
rahmatli amakijonning xotini va o'g'li yasharkan o'g'li kichik atiga 6 yosh ismi Yodgor.
Eshitishim bo'yicha uning eri biz bilan bo'layotgan jangda o'lgan ekan. Lekin u ham
mehribon. Yunus kalandimog' ekan bu yaqqol bilinib turibdi. Suyukli erjonim o'zi bir tuzuk
yura olmasa ham kechgacha qayerlardadir sang'iydi, kechasi umuman ko'rmayman.
Oshxonaga nimadir tayyorlash uchun bordim
-Assalomu aleykum hammaga
-keling xonim nima kerak edi?
Surayyo opa mayin ovozda so'radi
-hech narsa! Tanishgani keldim!
Dedim o'zimni samimiy tutib
-boshqalar qayerda?
-bog'ni tozalashayotgan edi.
Ikkimiz shunday suhbat qilayotgan paytimiz oldimizga bir qiz keldi, men muzlatgichdan narsa
olayotganim uchun meni ko'rmadi shekil Surayyo opaga qarab gapira ketdi
-oyi anavi kalandimog' qandaydir kokteyl aytdi! Sizga aytsam tushunarmishsiz!
-voy jim!
-oyi bu yerda qanday ishlab yuribsizaa? Men nega ham sizga yordam beraman deb
keldimaa? Keling oyi boshqa ish topamiz!
Men ularni kuzatib turdim, qiz hech jim bo'lay demasdi, uni to'xtatishga urunayotgan Surayyo
opaga ham e'tibor bermay tinmay gapirdi
-oyii boshqa bu yerda qolishni istamayman bu kalandimog' indamay yotgani yaxshi edi
Gapini tugatolmay meni ko'rib qoldi. Yam yashil ko'zlari katta ochildi.
-uzr... Siz borligingizni bilmagandim...
-opa bu qizingizmi?
Boyadan beyi yuzi qizarib ketgan Surayyo opaga qarab so'radim
-ha shu mahmadona meni qizim...
Dedilar
-kechiring... Men bilmasdan...
-hechqisi yo'q! Uyalmanglar! Surayyo opa hijolat bo'lmang
Dedim kulgudan zo'rg'a o'zimni tiyib
-uzr kelinxonim qizim shunaqadaa o'zi juda yaxshiyuu
Deb Yashil ko'z sohibasini boshini turtib qo'ydilar
-mayli hijolat bo'lmang! Siz ular aytgan kokteylni qilavering! Biz u bilan tanishib olamiz
Deb unga ma'noli qaradim.
-kalandimog' deganingizga qaraganda Yunus haqida gap ketdi shundaymi?
-ming bora uzr lekin shunday haqiqatdan ham kalandimog'
Negadir shu qiz menga yoqib qoldi. Ismi Sumaya ekan.
-nech yoshsiz?
-20
-men bilan teng ekansiz! Keling dugona bo'lamiz!
-kelinxonim men sizga dugona bo'la olmasam kerak
-nega ekan? Menga bu uydan yaxshi bir sirdosh kerak! Yunusni va akasini g'iybatini qilamiz
Deb unga ko'z qisib qo'ydim. Ikkimiz ancha chiqishib kulishib oldik
-qachondan beri bu yerdasan?


-Yunus janoblari komadan chiqqanidan keyin keldim. Oyim shu yerda ishlaydilar, uni ham
kasalxonada men muoalaja qildim, hamshira bo'lganim uchun uyda ham nazoratda tura
tursin deb meni unga yollashdi. So'ng oyim ikkimiz ko'chib keldik bu yerda
-haa demak hamshira ekansanda
-ha shunday
-ajoyib
-sen nima sohada o'qiysan?
-dizayn sohasida
-oooo ajoyibkuu!
-haa shunday... Bu uydagilarni avvaldan tanirmiding?
-yo'q hech qiziqmaganman
-haa
-mayli men ketdim Yunus janoblarini quvvat bo'luvchi osma ukol oladigan vaqti keldi
-hop mayli omad!
-rahmat
Deb u ketdi. Men esa ajoyib fransuzcha salat va kechki ovqatga sho'rva qildim. To'g'ri buni
Sumaya bilan qildim lekin baribir ham mendan ko'proq mashaqqat ketdi.
Oradan 2 hafta o'tdi...
Yana yangi tong. Erimni men bilan umuman ishi yo'q. Lekin har safar uni kulrang ko'zlaridagi
nigohi menga tushganda aqldan ozay deyman. Nonushtaga biz uchun syurpriz
tayyorlashibdi. Dabdala!!! Men va Yusuf uchun 1 haftaga dengiz bo'yiga sayohatga chipta!
Endi shu uyni o'z nazoratimga olganimda hammasi chippakka chiqadimiyaa?
Bu haqida Yusuf bilan gaplashib olish uchun xonasini taqillatdim
Ichkaridan uning "yoqimli" ohangda kiring degan gapidan keyin kirdim
-gaplashib olishimiz kerak!
-1 hafta! Atiga 1 hafta! Ham dam olib qaytasan!
Ichimni o'qigandek o'zi gapira ketdi
-lekin...
-nogironligimdan uyalayotgan bo'lsang mayli bormaymiz...
Uning gapi ichimni teshay dedi. Nima qilay? Unga yo'q desam nogironligini yuziga solgan
bo'lamanku!
-unday emas! Men shunchaki bugun biron joyda ovqatlanaylik demoqchi edim!
Dedim gapimni to'g'irlab. U avval menga boshdan oyoq qaradi,
-tentakmisan?
-a?
Birdaniga berilgan savoldan ichim g'alati bo'lib ketdi
-mendek nogiron bilan yurishdan uyalmaysanmi?
-nima shu qadar xudbinga o'xshaymanmi?
-yo'q albatta lekin...
-men haqimda shunday hayollarga borishingizni kutgandim lekin oz bo'lsa ham yashab
qandayligimni bilmabsiz!
Ehhh gapini to'g'irlashda menga teng keladigani yo'q lekin hozirgi aytganlarim haqiqat edi.
U ortimdan ismimni aytib chaqirganiga ham qaramasdan xonasidan otilib chiqib ketdim.


O'sha kuni o'zimcha ochlik e'lon qildim.
Bir payt xonamni eshigi taqilladi. Qo'rqib ketdim. Nahot kimdir hozir bilib qolsa Yusuf bilan bir
xonada emasligimizni?
-Kiiim?
Qo'rqibgina so'radim
-men Yusufman Madina och
Dedi. Chuqur uxx tortgancha eshikni ochdim. Ahmoqman egnimda kalta halatim sochlarim
yoyilgan indamaygina eshikni ochibman u ham men ham hijolat bo'ldik men ahmoq tezda
ustimga nimadir ilgani garderobga kirib ketdim. Kirdimuu ichim titrab ketdi. U ham menga
tikilib turganiga uyalib ketdim. Ustimga nimadirlarni kiydimda eshik oldida turgan Yusufga
kiravering dedim, u ham kirib tezroq gapni indallosiga o'tgisi keldi shekilli qaltiragan
barmoqlarini qarsillatib menga qarab gap boshladi
-kechir ertalab oshirib yubordim
-...
-seni qandayligingni oz bo'lsa ham bildim. Ishon agar xaqiqatdan ham istamasang
bormaymiz
-oyijon bilan dadajon xafa bo'lishadi. Menga esa farqi yo'q!
-ya'ni?
-ya'ni borsak ham bormasak ham baribir begonamiz
Shu gapni aytdimu tilimni tishladim u esa kulib yubordi. Kulsa biraam yoqimtoooy
-haligiiii...
-reys ertaga tushdan keyin. Yaxshi dam ol!
-hop siz ham!
Eshikni oldiga yetganda menga qarab
-qulog'ingni tut
Dedi. Men avval tushunmadim, keyin esa engashib qulog'imni tutdim u esa... Biram ablah...
Shu payt yanog'imdan o'pib oldida miyig'ida kulib xonasiga kirib ketdi. Men bu yoqda hali
o'zimga kela olmay yuzimni ushlab turibman, ko'zlarim katta-katta ochilganidan tarmoqdan
chiqib ketay deyapti, oynani oldiga bordim, Voy sharmandaaaaa!!! Pomidordan farqim yo'q!
Yuzimni ushlasam ov bo'lib yonyapti. Kechasi bilan uxlay olmadim.
Kulrang ko'zli mahluq meni ichimga olov yoqib o'zi esa bemalol noz uyqudaa…
Ba'zan biz ko'rgan narsalar ko'ringanidek bo'lmas, o'ylaganlarimiz esa biz o'ylaganchalik
bo'lmas ekan...
O'zimni tanishtirsam ismim Madina yoshim 20 da. Oilada kenja qizman, oilamdagilardan
farqli o'laroq dizayn sohasida o'qiyman, orzuyim tezroq bu yerlardan mafiyadagi
otishmalardan qutulish! Ha to'g'ri eshitdingiz Mafiya! Mening eng katta dushmanim! Janglar,
to'qnashuvlar, qurol yaroq, barcha barchasini men qalamimga almashganman. Akam va
otamning noqonuniy qurol oldi sotdisiyuu Sherlarning azaliy dushmanchiligi mening
asablarimni yeb bitiradi. Sherlar ya'ni Sherxonovlar oilasi biz bilan azaldan dushman
buvamning singlisini ya'ni katta ammamni ularga turmushga berilmaganidan buyon bular taxt
talashishadi. Biz esa Og'alar ya'ni Og'abekovlar xonadonimiz otamni Og'a deb chaqirishlari
ham shundan, men undaylardan emasman desam ham aslida xuddi otamdek berahm edim.
Nishonga olish, suzish, kurash bo'yicha ham uquvum bor albatta. Lekin meni ularning ishi
bilan ishim yo'q va men faqatgina otam va akam sog' omon bo'lishi uchun duo qilaman.


Xonamda jimgina dars tayyorlayotgan edim tashqarida shovqin suron boshlanib ketdi,
yugurib xonamdan chiqdim. Hamma bir ahvol akam yelkalarini bog'lab qo'yishibdi. Otam esa
asabiylashib qon bosimlari ko'tarilgan ekan. Buvam uydan chiqdilarda
-hamma xonasiga!
Samiya sen Akbarga yordamlash!
Dedilar. Hammamiz noiloj xonamizga yo'l oldik. Akamni Hammamiz ya'ni men, oyim, va yana
2-3 ta xizmatchilar qolgan barzangi qo'riqchilarimiz esa doimgiday poyloqchilikda qoldi. Lekin
men xonamga kira olmay akamni xonalari tomon yo'l oldim. Akamning yoshi 25 da, o'qimishli
bo'lsa ham buvam sabab u ham to'daga qo'shilgan. Akamning xonasiga taqillatmay kirdim.
Kirdimu qotib qoldim chunki akam men tengi xizmatchimiz Samiyaning ko'zidagi yoshlarni
artayotgan ekan
-AKAA?
-Madina senga necha marotaba aytganman xonamga taqillatib kir deb!
Akam o'shqirib berdi, men esa hayratdan hali ham tilimni aylantirolmay turardim shu payt
Samiya ham uyatdan qizargancha xonadan yugurib chiqib ketdi.
-aka siz va Samiya?
-hech kimga aytma
Dedi akam yotoqga o'tirish barobarida
-qachondan beri?
-...
-aka menga ishonishingiz mumkin!
-menga qara! Ha men Samiyani yaxshi ko'raman anchadan beri kelganiga 2 yil bo'lgan
bo'lsa birinchi ko'rgan kunimdan beri uni yaxshi ko'raman! Shu sabab ham uylanmayapman!
Unga aytsam yo'q men sizga to'g'ri kelmaymandan uyog'iga o'tmayapti. Xullas senga
ishondim buni hech kimga aytma! Agar buvam bilsalar uni tinch qo'ymaydilar har holda shu
kunlarda boylarning qizini tiqishtirayotganlariga qaraganda mendan nafli turmush istayaptilar.
Hech kimga churq etma!
-hop aka. Hech kimga aytmayman. Samiya yaxshi qiz!
-bilaman
Akam kulib qo'ydilar.
-ahvolingiz yaxshimi?
-menku yaxshiman lekin...
-nima lekin?
-men charchadim uxlayman bor xonangga!
-hop
Dedimda chiqib ketdim va akam bilan Samiyaning munosabatlarini o'ylab yotdim. Tavba
nahot sezmagan bo'lsamaa?
Turkiyaga yetib keldik. Mehmonxonaga ham joylashdik. Alohida alohida xonalarda ajoyib
ta'til qilamiz. Aka-singildaymiza! deb o'ylab qolaman har zamon. Naqadar g'alatimanaaa?
-bugun kechqurun shu mehmonxona restoranida ovqatlanishga nima deysan?
Taklif menga moyday yoqdi
-hop deyman
Dedim kulib, u ham men kabi kulib xonasiga kirib ketdi, to'g'rirog'i Sodiq uning xos odami olib
kirib ketdi.
Kechki ovqatga bordik hamma bizga qarayapti, Yusuf nogironlar aravachasida bo'lsa ham
xaqiqatdan juda kelishgan yigit! Qizlarning suzulib qarashi g'ashimni keltirdi.


-nega aynan dizayn sohasini tanlagansan
-bugun dildan suhbat deng?
Kinoya bilan gapirdim unga
-mmm shunga yaqin! Xo'sha nimaga?
-bilmasam! Uylar, dekoratsiyalar, ranglar yoqadi!
-serjilolik de!
-sizdan ilk marotaba antiqa gaplar eshityabman!
-ochilmagan qirralarim ko'p
-nega o'qimagansiz?
-xohlamadim
-nega?
-menimcha hammani mehribonchiligiga chiday olmaganim sababdir!
-balkim...
Shu payt undan gap olish fikri keldi
-Qotil Sherni taniysizmi?
U avval menga jiddiy tikildi keyin esa
-nega so'rayabsan?
Dedi. Demak ular meni o'ldirmoqchi bo'lishganidan yoki xabari yo'q yo rostan o'zini go'ylikka
solmoqchi
-meni o'ldirmoqchi bo'lgandi...
-hmm... Eshitganday bo'lgandim.
-uni hech kim ko'rmaganmish! Tanimasmish! U haqida ma'lumotlar ham yo'q ekan!
Faqatgina shu narsadan bo'lak
Deb cho'ntagimdan jetonni oldim! Axir uning ishonchiga kirish uchun nimadir qilishim kerak
ediku!
-sen buni qayerdan olding?
-menga tashlab ketdi
-g'alati
Yusuf asabiyligini yashirishga urunsada undagi tomirlar aksini aytib turardi
-ancha avval bo'lgan ish... Ha mayli...
-men qotilliklardan yiroqman va istagan taqdirimda ham ular bilan kurasha olmayman. Ko'rib
turganingdek
Deb aravachaga ishora qildi. Men yana indamay qoldim. Yana biroz suhbatlashdik. Keyin
esa yonma-yon joylashgan xonalarga kirib ketdik.
Oradan 3 kun o'tdi. Har kuni sohilga bordik, u haqiqatdan ham boshqacha edi, yoki men uzi
shunday ko'rarmidim!?
Kelganimizni 3-kuni ertalab buvam telefon qildilar salom alikdan keyin gapira ketdilar
-qizim Qotil Sher o'sha yerda!
-nima? qanday?
-kecha kechqurun narkotik oldi sotdisi bilan shug'ullanadigan bir to'da boshini uyidan uning
muhri tushirilgan tanga tolib olishibdi!
-ya'ni?
-sizlar bilan yana kim birga?
-Sodiq va Yusuf bor xolos
-Sodiqni tekshirganmiz u akangga ya'ni adashib senga suyiqasd qilinayotganda kasalxonada
Yunusni oldida bo'lgan ekan


-Yusuf?
-bilmasam qizim!... Tekshirib ko'rish kerak!
-hop
Deb qo'ng'iroqni yakunladik. Ichimdan zil ketdim. Nahotki Yusuf meni o'ldirmoqchi bo'lgan
qotil Sher bo'lsa?
O'ylay o'ylay kechki payt xonasini taqillatdim. Xona eshigini Sodiq ochdi. Uni ko'rdimuu shu
paytdayoq qani endi Yusuf emas shu Sodiq qotil bo'lsa edi dedim...
-Yusuf qani?
-janob ichkarida!
-o'tkazib yubor!
Deb endi o'tib ketayotgan edim yana yo'limni to'sdi
-bandlar!
Endi gapirmoqchi edim Yusuf o'zi keldi
-kima ekan Sodiq?
-men haligiii...
Deb turgan vaqtim qarasam u yuziga soqol olishdan avval ishlatiladigan ko'pik surib olibdi.
Miyamga kelgan fikrdan o'zimni ichkariga otdim
-bir do'kondan narsa xarid qilgandim...
-xo'o'sh?
-O'zimni borgim yo'q! O'rnimga Sodiq borib kelsin!
Yalingudek qaradim unga. U esa parvoyi palak
-keyin... Meni ishimni bitirsin
-men ustara bilan ishlashni bilaman
Uning gapi tugamasdan o'zimnikini aytdim. U ham oxiri hop dedi. Sodiq do'konga ketdi.
Men esa nozik, extiyotkor xarakatlar bilan asta ustara bilan soqolini to'g'irlay boshladim. U
esa mendan ko'zini uzmay qarab turibdi, bundan battar hayajonlandim uning oyoqlarini
xarakatini ko'rish uchun biroz siljib, ustarani atay qattiroq bosdimu bo'ynini sal tildim...
Tavbaa qimirlamaganidan shu darajada xursand bo'ldimki! Lekin tirnagan joyimdan qon oqa
boshlagandi aqlimni yo'qotib qo'yay dedim
-tssssp
-voy uzr kechirasiz! Men bilmasdan hozir
Deb aptechkani olib avval spirt bilan artdim, chalg'imay deb yana oyoqlariga qarayapman!
Agar u yolg'on qilayotgan bo'lsa ham refleks natijasida oyoqlari og'riqdan qimirlashi kerak
edi. Endi xaqiqatdan xotirjam bo'lib, unga gapira boshladim
-kechiring! extiyotsizlik qildim!
-mayli hechqisi yo'q
Rostan ham uning oldida aybdor edim, ahir meni deb joni og'riyapti. Tirnalgan joyni artib
tozalab endi ortimni o'girayotgan edim u o'ziga tortdi, shu ondayoq oldida paydo bo'lib
qoldim... Burni burnimga tegar darajada nafas olishini esa shundoqqina xis qilib turibman.
Atrining ifori antiqa! Birinchi marotaba ko'rishganimizdayoq xonadan atrining ifori
ketmagandi. Kulrang ko'zlarini menga qaratib turaverdi, shu qadar ko'z urushtirishga berilib
ketibmizki eshik ochilib Sodiq kirganini ham bilmabmiz! Oxiri qattiqroq tomoq qirganidan
o'zimga kelib yugurib xonamga chiqib ketdim. Yuzim olov bo'lib yonyapti. Ahmoq
bo'lmasligim kerak axir u bilan nima uchun turmush qurdim. O'zimni bir dunyo gap bilan
koyib turgan vaqtim buvam qo'ng'iroq qilib qoldilar.


Buvamga uning qotil emasligini dalillar bila izohlab uxlab qolibman. Ertalab undan
uyalganimdan umuman tashqariga chiqmadim.
Kechqurun esa eshigim taqilladi.
-siz?
-ha men!
-kech bo'lganda!
-sen meni xonamga bostirib kirasanuu men senikiga taqillatib ham kirolmaymanmi?
-yo'q albatta unday emas! Shunchaki nega kelganingizni bilmoqchi edim
-suhbatlashgani
-suhbatlashgani?
-ichkariga taklif qilmaysanmi?
Yusufni bu gapidan keyin o'zimni o'nglab uni ichkariga kiritdim. Ikkimiz 20 daqiqa indamay
o'tirdik. Meni uyqum kela boshladi. Men derazadan tashqarini tomosha qilib u tarafga
qarasam bir juft kulrang ko'zlar menga qarab turgan ekan. Ochig'ini aytsam menga qarab
turganlarga men ham qarab turaveraman, kamdan-kam hollarda uyalaman. Hozir ham
indamay qarab turibman... Oxiri sabrim chidamadi, yana aljirashni boshladim
-meni qo'y ko'zlarimda xazina qidiryapsizmi?
U bunday gapni kutmagan shekil sho'x chiroyli kulgusi butun xonamni tutdi. U o'zini to'xtata
olmay kulayotganda unga yanayam sinchkovlab qarab qoldim. Oq sariq yuz, bir dog'i ham
yo'q yuzida, qizlar qancha niqob qilmasin unikidan tiniq yuz bo'lmasa kerak, bir juft qalin
qoshlar ko'zlariga mos kulrang! Ajabo endi ahamiyat beribman sochini va qoshlarini qora
deya olmas ekanman, antiqa kulrang, uzun-uzun kipriklar, tan olishim kerak mening ham
hamma maqtaydigan kipriklarim bunday emas xatto! Va yana chiroyli lab. Kulganidagi hiyol,
bilinar-bilinmas kulgichlarinikuuu men yoshlikdan orzu qilganman! Tavba yigit kishi ham
shunday bo'ladimi? Akamning ham qosh ko'ziga shunday mahliyo bo'lardim lekin akamning
qosh sochlari qora, ko'zlari esa yashil tusda. Qizlar nuqul akamni so'rasa jahlim chiqardi.
Berilib ketdim...
U hali ham menga qarab turibdi! Madina boshqa joyga qara! Qani bo'laqol sen kuchlisan! Bu
kulrang ko'zlarga o'zingni tutib berma! Qani derazaga qara! Qaraaa!
Vanihoyat o'zimni o'nglab boshqa joyga qarab oldim. Lekin u yana kulib gap boshladi
-nega qo'y ko'z deding o'zingni?
-shunchaki...
-o'zingga laqab qo'yganmisan?
Yana kulib so'raydiyaaa!
-akam shunday derdi
Dedim men ham boshimni egib
-haa... Lekin ko'zlaringda qo'ylarnikidek soddalik yo'q!
Bu gap qonimni qaynatdi. Suv 100℃ da qaynasa meni qonim 1℃ ga ham bormaydi. Juda
tez qaynash xususiyatiga ega!
-sen ayyorsan demoqchimisiz?
-nega nuqul no'to'g'ri hayollarga borasan?
-siz o'sha tomonga odimlayotganingiz uchun.
-lekin rostan ko'zlaring qo'ynikidek emas!
-...
Indamadim. Juda jahlim chiqdi. Indamay o'tiraverganimdan keyin o'zi hayirli tun tilab chiqib
ketdi. Ertasi kuni samolyotda ham jim ketayotgan edim uning yoqimli ovozda tomoq
qirishidan u tomonga qarashga majbur bo'ldim.


-xafamisan?
-...
Yana derazaga qarab oldim. Sodiq qayergadir turib ketdi, biznes klasda u bilan faqat men
qoldik...
-doimgiday meni noto'g'ri tushunib g'alati xulosalar chiqaryapsan!
-qanday xulosa chiqaray boshqa?
Deb deraza tomonga qarab javob berdim.
-seni ko'zlaring... Ishon men ko'rgan eng beg'ubor ko'z! Qo'yniki senikini oldida hech narsa
emas! Vaa...
-vaa?
U tomonga keskin qayrildim... Burni burnimga tegib qoldi, yana o'sha kulrang ko'zlar,
yuragim tezlashib ketdi. U esa menga qarab gapini davom ettirdi
-seni yaxshi ko'raman
Shok holatga tushib qoldim! Ichim portlab ketdi, u ablah yaramas, kalandimog' juda juda
yomon ishlar qilyapti! Shok holatda edim! U o'zi yana ortga tisarildida menga ma'noli qarab
boshini orqaga tashlab ko'zlarini yumib oldi.
Butun a'zoyi badanimni titratib o'zi bemalol uxlashga xarakat qilyapti. Aqldan ozishim aniq.
Yo'l bo'yi uning gapini o'ylab keldim... Nahotki u ham meni sevsa, Bo'ldi o'ylamayman. Bu
ketishda aniq aqldan ozaman. U meni yaxshi ko'rar ekan! To'xta, to'xta! Sevaman
demadikuu! Demak shunchaki yaxshi ko'radi xolos. Yoki bu sevgimi? Obbboooo miyyam
g'ovlab ketdi... Men unga javob qaytarmadim. Men ham demadim.
Balkim endi u "nogiron bo'lganim uchun meni yaxshi ko'rmas ekan" degan hayolga
borsachi? Lekin unday emasku! Axir men ham uni... U aytgandaqa ko'ramanku! Sevaman
deyolmayman, yoki bu sevgimi? Bir juft kulrang ko'zlarga qarash sevgi bo'lavermaydikuuu!
Lekin uning gapiga indamadim! Endi meni kim deb o'ylaydi? Yaxshisi indamayman! Ha, ha
o'zimni jinniday tutib yuraveraman! Men bu kulrang ko'zli kalandimog' mahluqqa Qotil sherni
kimligini aniqlash uchun tekkanman! Vazifangni unutma!
O'y hayollar bilan uyga ham qanday kelganimni bilmay qoldim! Yusuf ham o'sha gapdan
keyin indamay qoldi... Tahminlarim to'g'ri shekilli, u shunchaki aytib yuborgan bo'lsa kerak
meni haligidaqa ko'rishini...
Mana 3 kundurki undan sas sado chiqmadi! Men ham uyni ko'zdan kechirdim, lekin hech
vaqo topa olmadim. Hafsalam pir bo'lib tashqariga chiqayotganimda bog'da o'tirgan
Sumayaga ko'zim tushdi, u bilan ko'nglimni yozgim keldi va uni yoniga bordim
-nimalar qilyapsan?
-hech nima...
Negadir g'alati ahvolda edi, xafaga o'xshaydi.
-kimdir xafa qildimi?
-... Yo'q... Shunchaki bu yerda qolgim yo'q!
-nimadir bo'ldimi men yo'qligimda?
U yana indamadi shu payt qora ko'zoynagini taqqancha qayniukam oldimizdan o'tib qoldi,
bizga e'tibor ham bermadi, telefonda kim bilandir gaplashgan ko'yi o'tib mashinasini oldida
yana gaplashib turdi. Mening ko'zlarim Sumayaga qadaldi, bechora mendek bo'lib qolibdi.
Yunusga qarab turaverdi, oxiri uning kayfiyatini ko'tarmoqchi bo'ldim
-Yunus ham Yusufga o'xshaydiyaa?
-qaysi ma'noda?
-u ham yoqimtoy! Ablah akasidek!


Ensamni qotirib gapirdim
-balki...
-tan ol kulrang ko'zlarga sen ham kapalak misol uchdingmi?
-bilmadim... Xaqqim yo'q!
U boshini quyi eggancha javob berdi keyin yana menga qaradi
-bilasanmi nima?
-nima?
-bu kalandimog' komadaligida yoqimtoyroq edi. Tuzalib ko'zini ochdiyu kalandimog'ligini
boshladi.
-ha u ham Yusufdek
Dedim men ham Yusufning beparvoligidan jahlim chiqib
-lekin Yusuf Sher undan ko'ra mulohazaliroq
-haaa... bilaman! Yusuf ham kalandimog' lekin Yunusniki unikidan ko'ra 5 gramm ko'p.
Bu gapdan ikkimiz ham kuldik u juda chiroyli kuladi, yoqimtoy qiz! Bo'yanmaydi ham.
Kiyimlari keng va uzun, umuman olganda odamlarni e'tiborini tortishni istamaydiganlar
xilidan. U menga qarab kulib turgandi, men Yunusga qaradim, u ovozimizni eshitgan shekil
ko'zoynagini yechib Sumayaga qarab turgan ekan. Nahotki bu uyda ham o'z uyimdagidek
dramma boshlansaa! Yunusning ham akasinikidek kulrang ko'zlari botayotgan oftobda
Sumayaga qarab o'zgacha nur taratib turibdi...
Вот это любовь
Shartnoma
📄
Sumaya xomush turar ekan Yunusning biroz avvalgi tahqirlashsifat aytgan gaplarini eslab
yuzi tundlashdi
Biroz avval Yunus va Sumaya suhbati:
-axir osma ukol vaqti bo'lyapti! Men uni ulashim kerak
-kerak emas!
-nega tushunmaysiz qoningiz kam immunitetingiz pasayib ketgan, bunaqada xushingizni
yo'qotasiz
-senga kerak emas dedim!
-men oyingizga va dadangizga va'da berganman axir
Sumayaning gapini Yunus bo'ldi
-ee menga qara! O'zingcha mehribonchilik qilaman dema menga! Pul to'laganimiz uchun
qarayapsan qarayotgan bo'lsang! Ayt oyim qancha berdi? Men ikki barobar beraman meni
tinch qo'y!
-sizningcha hamma narsa pul bilan o'lchanadimi?
-menga qara o'zingdan aqllini yasama hop! Menga hech qanday muolajani keragi yo'q!
Menga yugurdaklik qilib ham o'sha puldan ko'p olasan! Ok? Endi esa qoch meni ishlarim
ko'p
Sumaya indamay qoldi. Unga alam qilarlisi deyarli 2 oydan beri u jon kuydirib kechalari
boshida o'tirib chiqqan insoni ko'zlarini ochdiyu unga bunday munosabatda! Hamma uni
katta pul evaziga bu yerda ishlaydi deb o'ylaydi... Lekin u unga onasi tomonidan berilgan
ishonchni oqlash uchungina yuribdiku bu yerda! Ha u Yunusni yoqtirib qolgani rost! Lekin
unga hamshira bemor chegarasidan chiqmagan holatda munosabatda edi... Ahmoq Yunus


esa bu qizni ko'rsa o'zini olib qochadi, yana uni tahqirlaydi ham, chunki unga sevish mumkin
emas! Balkim shu sabab ham qizlar bilan masofa saqlar...
* * *
Kechasi chanqaganim uchun oshxonaga chiqdim, qaytayotib 3-qavatga ko'tarilganimda
ro'paramda qora kiyim kiygan odamni ko'rdim, qop qora niqobida yuzi umuman ko'rinmadi,
avval baqirmoqchi bo'ldim lekin birdaniga qorin sohamda og'riq xis qilib, qo'limni o'sha joyga
olib borgan edim qo'limga issiq nimadir tekkandek bo'ldi. Qarasam bu qon ekan. Ha u meni
otib qo'yibdi. So'ng baqirib yubordim u esa kelib qo'limga jeton tutqazdida pastga tushib
ketdi. Qon ketayotganligi sabab o'zimni o'nglay olmay qoldim va yerga yiqildim. Oxirgi
ko'rganim esa Yusufning ismimni aytib chaqirgani va ko'tarib olgani bo'ldi! So'ng cheksizlik...
Aqldan ozishim hech gap emas... Ko'zlarimni ochganimda oppoq xona va chiyillagan
tovushdan bu shifoxona ekanligini payqadim. Bir vaqt eshik ochilib Sumaya kirib keldi
-Madina ko'zlaringni ochding Allohga shukr!
-men qayerdaman?
-sen kasalxonadasan!
Bo'lib o'tganlarni birma bir esladim va baqirib yubordim!
-YUSUF! YUSUF! qayerda?
-tinchlan shu yerda edi
-U! U! Yura oldi! U yurdi! Meni ko'tarib olgan u edi!
Samiya menga tushunmaganday qarab turaverdi
-meni kim topdi?
-Yunus olib kelibdi seni bu yerga
-nima?
Ishonolmadim! Axir o'z ko'zlarim bilan ko'rdimku u Yusuf edi! Men uni iforidan taniymanku!
So'ng meni ko'rgani butun oila keldi. 1 haftadan buyon qimir etmagan ekanman. Shifokorlar
stressdan va narkozdan deyishibdi, bu orada tikilgan joylarim ham ancha bitib qolibdi. Oyim
va dadam chiqib ketishgandan keyin akam men bilan qoldilar, birozdan keyin palataga
Samiya kirib keldi. Uni juda sog'ingandim u bilan ham ancha suhbatlashdik! Akam bilan hali
ham o'sha-o'sha shekilli bir biriga qarashmadi ham. Ular chiqib ketishgandan keyin yana
oyim kirdilar
-oyi Yusuf aka kelmadimi?
-qo'y gapirma o'shalarni!
-oyiii men uni ko'rdim! U qutqarib qoldi meni! Nahotki kelmadi?
Shartnoma
📄
Shu payt eshik taqillab Sumaya kirib keldi. Uni ko'rib rostdan ham juda suyundim. Oyim bizni
holi qoldirgilar kelmadi avvaliga. Keyin men ularga qarab qo'yganimdan keyin norozi qarab
chiqib ketdilar.
-ancha yaxshimisan?
-shukr yaxshi! Sumaya?
-eshitaman


-nega Yusuf akam kelmayapti
-...
-aytaqolsanglarchi! Nega hamma bunday bo'lib qoldi?
-Madina to'g'risini aytsam...
-AYT!
Noiloj baqirib yubordim! U avval menga qarab keyin hamma gapni aytib berdi
-seni Yunus shifoxonaga olib kelibdi, Yusuf aka ham eshitib yetib kelibdi, keyin sening
qo'lingdan sher rasmi tushirilgan jeton topib olibdi hamshiralar. Sen bu vaqtda operatsiyadan
chiqib reanimatsiyada eding. Shundan keyin otang va Asad sher o'zaro janjallashib ketishdi.
Oxiri oying baqirib berdilar
-qizim jon talashib yotibdi! Sizlar nima qilyapsizlar? A? Qizim bechora shu ikki oila
urushmasin deb o'zini uvol qildikuuuu! Yana nima kerak sizlarga?
Deb baqirib berdilar! Keyin dadang Yusufga...
-chaynalmasangchi Sumaya!
-agar qizimni sog'ga berganimda himoya qila olgan bo'lardi balkim dedilar!
To'g'ri bu gapni o'zlarini ayblab aytishdi lekin... Lekin shundan keyin Yusuf aka g'alati bo'lib
qoldi. Hozir ham kasalxona hovlisida, aravachada o'tiribdi. Biz senga hujum qilinganini
ertasiga bildik ota-onangga ham shunda xabar berildi. U kim ekanligini hali aniqlay
olishmadi, o'sha kuni uydagi kameralar o'chirib qo'yilgan ekan. Lekin Yusuf aka rostan ham
aqldan ozay dedi. Hali uyga borgani yo'q 1 haftadan beri shu yerda... Oying... Xullas
uyingdagilar uni kirgazishmayapti! Umuman olganda ular Sherlardan hech kimni xonangga
yaqin yo'latishmayapti.
Nimani xis qilishni bilmay qoldim... Demak men Yunus bilan Yusufni adashtirib yuboribman!
Men tezroq uni yoniga chiqishim kerak! Axir uning bunda aybi yo'qku!
-Men uni oldiga chiqishim kerak!
-lekin choklaring?
-men yaxshiman! Chiqaman!
Qat'iyat bilan o'rnimdan turib oyimni hay haylashiga qaramay bog'ga chiqdim! U yerda Yusuf
va Sodiq birga turgan ekan, asta yoniga borib o'tirdim
-nega oldimga kirmadingiz?
Unga achchi qarashlar bilan kesatdim
-Madina! Yaxshimisan?


U hayrat bilan menga qarab asta gapirdi
-yomon!
Uning yoniga o'tirdim. Aravachasida u skameykada men o'tiribmiz. Umuman olganda
yonma-yonmiz.
-kechir... Men... Agar men...
U tutilib tutilib gapirayotgan edi men o'zim uni qiynashni istamay
-sizda ayb yo'q! Buni bilaman!
-qani endi menda ayb bo'lmaganda!
U chuqur xo'rsingancha javob berdi
-qarang soppa-sog'man! Ya'ni hali 7 oy sizni asablaringizni egovlayman nasib bo'lsa! Agar
kimdir yana jetonlar bilan siylamasa
Gapimni yakunlamasimdan turib u meni avaylabgina bag'riga bosdi, qo'llari qaltiramayapti!
-kechir... Meni deb...
Men ham uni u kabi quchoqladim...
-qanday atir ishlatasiz?
Atay uni jig'iga tegishni boshladim
-nima?
U tushunmaganda qaradi
-atringiz qaysi brendniki?
-maxsus o'zim tayyorlatganman
Dedi u menga g'alati qarab
-hmmm
-nega birdan buni so'rading?
-bilasizmi shu atringiz ifori g'alati
-qays ma'noda?
-sizdan piyonista bomjlarni hidi kelib qoladi! Iltimos alishtiring!
Unga mensimaganday qaradim. U esa ichimdagini o'qiganday
-demak atrim senga haddan ziyod yoqadi!


-nimaaa? Men nima deyapman? Siz nima deyapsiz?
-tushunarli...
Ustimdan kulganday qarab turishi g'ashimni keltirdi.
Shartnoma
📄
U bilan biroz gaplashganimizdan keyin palatamga qaytdim. Yana 1 hafta shu yerda bo'ldim,
o'qishim ham boshlangandi. Lekin hali chiqishimga ruhsat yo'q. Yusufdan o'sha kuni uni
ko'rganimni aytayotgan vaqtim qaynotam kelib qoldilar va menga qarab uyga ruhsat
olganliklarini aytdilar. Qotil hali topilmabdi, lekin hamma Qotil sher ekanligini anglab turibdi...
Avvaliga uyimizdagilar rozi bo'lishmadi, keyin mening ayyor tulkiligim tutdi, Yusufnikida bir
o'limdan qoldim lekin qalbim o'sha uyga talpinaverardi...
-qizim uyga ketasan! Men ularni xosiyatsiz uyiga seni qayta jo'natmayman! Dadang ham
qarshilar uyga ketasa!
-men ertaga chiqaman bu yerdan... Bugun yolg'iz qolishni istayman...
Haaa men o'z ishini ustasiman va yetmaganiga juda aktrisamandaaaa! Onam meni ko'rib
uyga ketdilar. Va biz rejaga ko'ra Sumaya bilan bizni ko'chada kutib turgan Yusuf va Yunusni
oldiga bordik. Yotog'imga xat qoldirdim
" meni joyim erimning yonida"
Yusuf va men orqaga, Sumaya esa Yunusni yoniga old o'rindiqqa o'tirdi. Aslida Yusufni o'zi
shundoq ham doim orqa o'rindiqqa o'tqaziladi shu sabab men ham suyukli erjonimning
yoniga o'tirib oldim. Yusuf menga qarab gap boshladi
-rahmat!
-nega?
-men bilan ketishga rozi bo'lganingga!
Men esa qulog'ini oldiga borib asta pichirladim
-ahir shartnomamizdagi muddat bor...
U menga qarab kuldi. Naqadar ajoyib! Atrofga qarab ketayotgan edim qarasam Yunus
Sumayaga qarab qarab qo'yayotgan ekan, qitmirligim tutib gap boshladim
-Sumaya endi menga ham vaqt ajratar ekansandaa?
-nega?


-sherlar xonadonini maxsus yollanma hamshirasiga aylanding endi
Dedim ko'zimni qisib u ham kulib qo'ydi
Shu payt kutganimdek Yunus gap boshladi
-kelinoyi sizni ham chalajon qilib tashlab ketadi maxsus hamshiramiz!
-bu nima deganingiz?
Biz ham Yunus bilan ancha chiqishib qolganimiz uchun to'g'ri muomalada bo'layotgan edik
-ba'zi birovlarni muolajasi oxiriga yetmay tashlab ketdilar oyimtilla!
Ana men kutgan tomosha! Sumayani burni qizara boshladi jahli chiqqani bilinib turibdi
-hali men tashlab ketdimmi?
-yo'q men! Men uydan ketdimku a?
Ooooooooo demak Sumaya uydan ketgan shu sabab Yunus janoblarining ob-havosida
nuqul tuman ekandaa! Yusufga qarasam menga bir ko'zini qisib qo'ydida jim ishorasini qildi.
Tushunarli demak men kutgan ish sodir bo'lgan. Dramma!...
-o'zingiz nima dedingiz a? Ket demadingizmi?
-ket desam ketaverasanmi?
-haydasangiz ham qolishim kerakmidi?
-qasamyod qilgan sensan!
-tahqirlasangiz ham ketmaydigan darajada g'urursiz emasman!
-o'sha paytda jahlim chiqayotgandi
-shunga mendan alamingizni oldingizmi?
-agar ketib qolmaganingda yana sen bilan janjallashmasdim
-agar baqiraverib kamsitmaganingizda ketib qolmasdim!
Ikkisi baqirib baqirib gaplashib so'ng tinchib qolishdi. Yusuf va men bosh qahramon edik
lekin buni qaranglarki xattoki bizni ham dog'da qoldirdi ular. Jimjitlikni Yunusning rulga
mushtlab urgandagi ovozi buzdi keyin Samiyaga qaramasdan
-kechir...


Dedi. Samiya unga hayrat bilan qarab
-nima?
Deyoldi xolos bechora. Keyin Yunus yana jiddiy niqobini taqib
-Unut!
Dedi. Men kulgudan o'zimni zo'rg'a tiydim. Uyga ham yetib keldik. Hamma mendan hol ahvol
so'radi, lekin negadir rahmatli amakimni ayoli Sora opa ko'rinmadi. Keyin Yodgorni uxlatyapti
deyishgandan keyin men ham indamadim. Hamma o'z xonasiga tarqaldi, men va Sumaya
meni xonamga chiqdik Yusufni Yunus xonasiga olib kirib ketdi.
Shartnoma
📄
Yunus va Yusuf suhbatidan:
-yaxshi ko'rib qoldingmi?
-jinnimisiz? Jonim o'zimga kerak! Sumayadek qizlar menga to'g'ri kelmaydi.
-men Sumaya demadimku?
-akaaaaa!
Yunusni akasining gapidan jahli chiqdi
-ketib qolganiga shuncha to'polon qilganmiding uyda?
-men... Haligi...
-o'zingni oqlama! Bilib turibmanku axir. Unga qanday qaraganingni ham ko'ryapman
-siz ham Madina kelinoyimga shunday qaraysiz!
-ha lekin...
-Lekin bizga mumkin emas aka! Ulardek qizlar biz uchun haddan tashqari yaxshi...


-balkim...
-siz Madinani qabul qilasizmi endi?
-menga mumkin emas!...
Menga aslo mumkin emas!
-nega endi? Axir siz...
-ukaa men nogironman
Bu gapdan ikkisi ham kulib yuborishdi va Yunus gapini davom ettirdi
-aka uni qonga belanib yotganini ko'rganingizda qanday ahvolga tushganingizni ko'rdimku!
Ko'rinib turibdi, o'q yeb alahsirayotganda ham tinmay ismingizni aytaverganiga qaraganda u
ham sizni yaxshi ko'radi
-balkim...
-qarang uyidan voz kechib yana shu yerga qaytdi, sizni shu ahvolda ham sevibdi demak u
bilan endi jiddiy munosabatda bo'lsangiz... Balkim dadam bilan gaplashib...
-yo'q! Yaqinda hammasi hal bo'ladi! Endi dam ol bugun charchading!
-mayli siz ham yaxshi dam oling!
* * *
Ertasi kuni barvaqt uyg'ondim tashqarida Yusuf, Yunus, qaynotam, Sodiq va qo'riqchilar
turgan ekan. Zudlik bilan pastga tushdim. Tushishim bilan Yusufni oldiga chopib bordim
chunki u hech qachon bu vaqtda uydan chiqmasdi, u menga
-gaplashib olishimiz kerak
Dedi va uni xonasiga kirdik. Stulga o'tirganimdan keyin u menga tikilib qarab turaverdi men
esa xonasini kuzatishni boshladim. Oq qora xona, meni xonamdagidek yumaloq yotoq
ustidagi choyshab qora rangda yostiqlar esa oq, parda ko'zlaridek kulrang ichi esa oq,


charmdan qilingan kreslo, uning oldida ish stoli, ustida kompyuter, ochiq shkaf va uning
bag'riga kirgizib qo'yilgan turli xil ingliz tilidagi kitoblar va konstitutsiya kitobi, hamda uning
juda ham yoqimtoy bo'lib tushgan surati. Stukga ishora qilgach borib o'tirdim u ham shu
barobarida ro'paramga kelib turdi
-qayergadir ketyapsizlarmi?
Oxiri ichim chidamay yorildim
-ha shunday
-qayerga?
-odatda so'ramasding
-odatda aytib ketmasdingiz
-aytmoqchi bo'lganimni qayerdan bilding?
-o'z xonaningizga kiribmizmi demakki aniq jiddiy bir gap bor!
-ha sezgirsan!
-Tashakkur! Qayerga
-muhim ishim bor. Bir necha kun kelmasligim mumkin...
U kelib xuddi meni oxirgi marta bag'riga bosayotgandek quchoqladi, men esa negadir yig'lab
yubordim.
-o'zingizni extiyot qiling
Dedim. U esa bag'riga bosgan ko'yi
-kechir... Seni sevaman


Dedi. Battar yig'ladim va
-men ham...
Dedim. U esa indamadi
-o'zingni extiyot qil!
Deb chiqib ketdi. Kun bo'yi g'ash bo'lib yurdim. Shifoxonada yo'qligimni bilib, kun botay
deganda oyim va dadam kelishdi. Meni olib ketamiz deb turishganda qaynotam kirib keldilar,
ortlaridan Yunus. Hamma g'amgin, Yunusni ko'zlari shishgan, qaynotam indamay xonalari
tomon ketdilar men esa Yusufni kutib turgandim Sodiq kirib keldi
-Yusuf aka qani?
Dedim holsizgina
-xonim...Yusuf sher...
-QANII?
-avtohalokatga uchrab mashinasi yonib ketibdi
Dedi. Men qulab tushdim. Yerga o'tirib qoldim. Lekin yig'lolmadim.
-yaxshimi? Qayerda?
Dedim u esa kelib
-mashinadan haydovchini jasadi chiqdi... Yonib ketibdi
Yonib ketibdi degan gapdan men oyoq uchlarimgacha muzlab ketdim.
-Yusuf akadan ayrilib qoldik
Dedi…


Shartnoma
📄
O'zimni bosa olmay qoldim. Hech kimga e'tibor bermadim. O'zimda kuch topib alamdan
Sodiqni juda ko'p urdim, indamay turaverdi, men esa unga
-QANDAY HADDING SIG'DI O'LDI DEYISHGA? U O'LMAGAN!
Deb baqira ketdim. Faqat va faqat yig'ladim. O'lmagan deb baqiraverdim... Qabul qila
olmadim. Hamma yonimga keldi, meni yupatmoqchi bo'lishdi, lekin men yupana oladigan
inson endi yo'q... Nega ham ketishiga qo'yib berdim, "qoling" desam balkim qolgan bo'lardi,
nega boshqalar emas aynan meni kulrang ko'zli mahluq Yusufim ketganiga alamim keldi...
-U O'LMAGAN! O'LMAGAN! O'LMAGAN! O'LMAGAN! O'LMAGAN! o'lmagan! o'lmagan!
o'lmagan! o'lmaga
Gapimni tugata olmadim buyog'i ZULMAT va BO'SHLIQ...
o'z uyimda ko'zimni ochdim, qo'limda osma ukol, kiyimim alishtirilgan. Shu payt oxirgi bo'lgan
voqealar esimga tushdi... Yana yig'ladim, baqirishga xolim ham qolmadi, xonaga Samiya
kirib keldi... Meni uyg'onganimni ko'rib
-yaxshimisan?
Dedi. Men esa nima qilarimni bilmay bir nuqtaga qaragancha indamadim. So'ng
-qanchadan beri yotibman
Dedim, u
-1 hafta
Dedi. Ko'zim chiqib ketay dedi.
-nima? Nega uyg'otmadinglar? Yusuf! Yusufga nima bo'ldi?
-uni marakalarini o'tkazib bo'lishdi... Madina...
-NIMA?


Baqirib yubordim. Endi rostan ham tan olamanmi uni ketganini? Shunda keyin bir so'z ham
demadim. Xonamdan umuman chiqmadim, na ovqat yedum va na gapirdim. Bu dunyodan
uzulib qolgandayman... Kimdir "usiz" yasholmayman desa kular edim, "avval ham
yashagansan, keyin ham yashayverasan" deb. Lekin o'sha vaqtda angkab yetdim, avval
qanday yashaganingni unutish ekan chamamda asl ""Muhabbat"" Mana oradan 3 oy vaqt
o'tgan bo'lsa hamki menda hech qanday o'zgarishlar yo'q. Yo'q! Aslida bor... Qo'llarim
ko'karib ketdi, qaltiraydigan bo'lib qoldi, alahsirayveraman. Nuqul Yusufni ko'raman, shu 3 oy
ichida aytgan eng tetik gapim u ketganini 1-oyidan keyin bo'ldi...
Derazaga qarab yotarkanman negadir yangi qo'yilgan panjara menga yoqmadi va uni
oldirtirib yubordim! Uydagilar ham mening bunday bo'lib qolganimga siqilishyapti bilib
turibman lekin nima qilay? Hali o'zimga kela olganimcha yo'q... Kimdir bir kun kelib sevib
qolib ayrilganingda aqldan ozgandan ham battar ahvolga tushasan desa ketiga o't qo'yardim!
Lekin hozir... Ovqat yemayotganim uchun shifokor osma ukollar tayinladi, necha oydan beri
bunday narsalarni olaverganimdan keyin tomirlarim ham yorilib keta boshladi. Ahmoq
hamshiralar ham hech topa olmay qoldi. Qo'llarim xattoki oyog'im ham ko'karib ketdi. Lekin
turishni umuman istamadim. Negadir qotil sher kelsayu o'tgan safar qila olmay qolgan ishini
yakunlab ketishini xohladim. Bu orada Yunus ham Sumaya ham meni ko'rgani ko'p bora
kelishdi... Lekin men eng ko'p Yusufni kutyapman... U haligidaqa bo'lganiga
Ishonolmayapman!
Ishonolmayman!
Ishonmayman ham!
Bugun uning yo'qligiga 4 oy bo'ldi. Negadir bugun ancha tetik xis qildim o'zimni. Oynaga
qaradim. Yo Allohim! Bu men emasman! Suyakka biriktirilgan etim, ko'zlarimning atrofidagi
jigarranglik, rangimnikuu kesakdan farqi yo'q, qo'llarim va oyog'imdagi ko'kargan izlar menga
tibbiyot universitetlarida amaliy darslarda qo'llaniladigan skeletni va morkdagi o'liklarni
eslatdi...
Yuvinib chiqib joyimga yotdim, kechasi kimdir boshimni silaganday bo'ldi. To'g'ri bu ish ko'p
bora bo'ldi, lekin bugun ko'zlarimni ochishga kuchim bor. Asta ko'zlarimni ochdim va
qarshimda turgan kulrang ko'zlarga qarab yana eski ishimni takrorladim...
Yig'lab yubordim va o'zim eshitar darajada pichirladim
-Yusuf…
Shartnoma
📄
Sherlar xonadoni
-oyi men keldim
-ha Sumaya keldingmi qizim?


-ha keldim. Katta xonim qayerda?
-xonasida, sen borib muolajalaringni qilaver
-hop
Deb Sumaya Katta xonimming xonasiga chiqib ketdi.
Muolajalarni qilib bo'lgan edi hamki xonaga Yunus kirib keldi
-oyi yaxshimisiz?
-ha ancha yaxshiman
-bo'ldi oyi siqilavermang...
-qanday axir bolam... Yusufimni yo'qotdim, otangni ahvoli tushunarsiz, sen ham uyga
kamnamo bo'lib qolgansan, bechora Madinani ahvolini gapirmasam ham bo'ladi.
Deb yig'lab yubordi onasi. Shu bilan ona bola biroz gaplashib o'tirishgandan keyin Yunus
oshxonaga tushdi va nogoh Sumaya va Surayyo opaning gaplarini ustiga kirib qoldi
-oyiii xavotir olmang. Boriboq qo'ng'iroq qilaman
-qizim kech bo'ldidaa! Bugun shu yerda qolaqol...
-yo'q oyi uyga ketaman. Bilasizku bu yerda qola olmayman.
Deb turgan vaqt Yunus kelib gapira ketdi
-men o'zim tashlab qo'yaman opa
-kerak emas o'zim ketaman!
Dedi Sumaya qat'iy
-nega unday deysan qo'rqaman qizim!
-oyiii yo'q o'zim ketaman


-seni tashqarida kutaman
Degancha Yunus uning gapini ham eshitmasdan chiqib ketdi. Sumaya onasiga zarda
qilgandek qarab u ham Yunusning ortidan chiqdi va orqa o'rindiqqa o'tirdi. Yunus oynadan
unga qarab qarab oxiri gap boshladi
-nega bunaqa qaysarsana?
-...
-mensimay ham qo'ydim de?
-...
-demak kechirmabsanda?
-siz aytganday unutganman!
-qabul qilib keyin unutsang bo'larmidi?
-keling bugun tortishmaylik
-yaqin orada tortishdikmi? nega 4 oydan beri menga gapirmayabsan? Necha marotaba
kelinoyimni ko'rgani borganimda yonida eding, lekin aqalli salom alik ham qilmading? Nega?
-meni umuman mensimaysiz! Odam o'rnida ko'rmadingiz endi nima sizga salomim kerak
bo'lib qoldimi?
-...
-ko'rdingizmi gapira olmayabsiz! Jimsiz! Chunki aybingizni bilib turibsiz! Lekin hali hamon uzr
so'ramayapsiz...
-men... Haligi...


-shu yerda qolaman. Mahallamdagilar noto'g'ri o'ylashadi... Rahmat.
Deya Sumaya mashinadan tushib ketdi. Ortidan esa Yunus o'ziga gapirgancha qoldi
-meni kechir... Endi tushunib yetganimda sen ham...
Ortiq gapirmadi va mashinani tez haydagancha u yerni tark etdi.
Sumaya xonasiga kirdiyu yana o'sha gaplarni esladi
-axir ichishingiz kerak
-istamayman ket
-meni o'rnim shu yerda sizni davolayotganman ketolmayman
-o'rningni bil unda! Endi esa chiqib ket! Ko'zimga ko'rinma! Yugurdaklik uchun yollangansan
ishingni qil!
U shu gaplarni eslab yig'lab yubordi... Undan boshqa odam yo'qmidi ahmoq? Nega uni
sevding? Atrofida shuncha atirgul turganda sendek kaktusga qaramasligini nahot
tushunmayapasan? Nega yana unga talpinyapsan?
Yunus mashinada ketar ekan bundan 3 yil avvalgi holatni esladi. Do'stlari bilan mehmonxona
restoranida yaqin do'stining tug'ilgan kunini nishonlagandan keyin shu yerdagi xonalarni
band qilishdi. Yunusga kelganidan beri bir oqsoch qiz ko'zini suzavergani g'ashini keltirdi
ammo kechqurun xonasiga kirib olib tomosha qo'ygani, menga tajovuz qilmoqchi bo'ldi deb
pul uchun tuhmat qilgani uni oriyatiga tekkan edi. Qanchalik bezori yigit bo'lmasin lekin
bunday pastkashlik qilmas edi va hech qachon qizlarga nisbatan bo'shlik qilmagan. Bu
ishlarga u qizning o'zi sababchi ekanligi kameralarda isbotini topgan bo'lsada, qizlarga
ayniqsa oddiy qizlarga bo'lgan munosabati, uning qarashlari o'zgardi. Shundan beri qizlarni
odam o'rnida ko'rmay qo'ygandi. Lekin Sumaya... Sumayaga kelganda yuragi boshqacha
uradi, ko'z oldida bo'lganda undan ko'zini uza olmay qolgani va uning har bir xatti xarakati
o'ziga rom qilaverganidan keyin undan uzoq yurishni ma'qul topdi.
Lekin uni ko'rganda magnit misol unga talpinmoqda…
Shartnoma
📄
-Yusuf...
-yig'loqi nega yig'layverasanaa?


Deb Yusuf ko'z yoshlarimni artdi so'ng unga
-tegmang!
Dedim u esa menga tushunmaganday qarab turdi
-bu tush bo'lsa uyg'onishni istamayman... Tegmang
Dedim u esa kelib bag'riga bosdi. O'sha ifor, o'sha ko'zlar...
-tirikmisiz?
Dedim birozdan keyin. U esa indamadi. Keyin ko'kargan qo'llarimdan tutib
-kechir...
Dedi men esa umuman tushunarsiz ahvolda edim... Qanday qilib axir?
-shoshmang! Shoshmag! Yura olyapsizmi?
Dedim unga hayrat bilan qarab, u esa indamadi
-demak tush...
Deb boshimni quyi egdim. U esa iyagimdan ko'tarib o'sha chiroyli kulrang ko'zlari bilan
qaradi. Men esa hech narsa demadim. Yana ko'zyosh... Yana alamlar... Tushunarsizlik...
-nega 4 oydan beri endi keldingiz?
Uni quchog'ida yotgan ko'yim savol bera boshladim
-keldim. Sen uxlayotganding
Dedi. Keyin esimga tushdi uni ko'rganlarim
-haa... Demak doim kelib yurgan ekansizda?
Dedim
-balkim
Dedi. Umuman tushunolmadim. Bu tushummi? Yoki o'ngim?
-ozib ketibsan
Dedi meni qo'llarimdan ushlab
-sizsiz mazmun qolmadi


-sensiz ham mazmunsiz...
Dedi u chuqur ux tortgancha. Shundan keyin juda uyqum keldi. Unga ketib qolmasligini
qayta qayta takrorlab uxlab qolibman...
Ertalab uyg'onganimda bir o'zim, derazam hiyol ochiq, ustimga ko'rpa yopilgan holda turdim.
Tush bo'lganligi alam qilib ketdi. Lekin yana qayta yostiqqa boshimni qo'yganimda uning ifori
shundoqqina kelib turardi...
Ha bu men yoqtirgan o'sha atir, o'sha chiroyli mahluqimning maxsus ifori... Yana tushunmay
qoldim. Shu payt xonamga Samiya kirib keldi.
-hayirli tong
Dedi chiroyli jilmayib. Men esa yostig'imni quchgancha o'tiraverdim
-nima bo'ldi?
-hech narsa...
-Madina menga aytishing mumkin! Axir dugonamizku to'g'rimi?
Ha u to'g'ri aytdi. U va Sumaya menga juda ham g'amxo'r bo'ldi. Ulardan minnatdorman!!!
-Yusuf keldi
Dedim u avvaliga jinniga qaraganday qaradi keyin xona eshigi yana taqilladi va Sumaya kirib
keldi. U bilan ham salom alikdan keyin unga ham Yusuf kelganini aytdim. Ikkisi ham jinniga
qaraganday qaradi keyin
-Madina bilaman buni qabul qilma olmayapsan lekin endi u yo'q
Dedi Sumaya
-Madina azizam bu tush edi. Tush. Sen uni deb yig'layverganing uchun kirgandir, qiynama
uni ham
Dedi Samiya.
-lekin u tirikdek edi... Issiq edi... Menga tegindi, men uyg'onib ketmadim, menga teginganda
uyg'onmadim. Mana ishonmasanglar yostig'imdan ifori kelyapti
Deb ikkisiga yostig'imni tutdim. Avval ikkisi bir biriga keyin menga qaradi. Keyin mening
aqlim ishlab ketdi
-Qabri... Uning qabri qayerda?


Dedim. Keyin Sumaya
-oyim aytishicha yonib ketgani uchun qabri yo'q ekan
Dedi. Men esa
-kimsan Asadsher o'g'lini qabrsiz qoldirmasdi. Tushunsanglarchi balkim u O'lmagandir
Dedim. Keyin Samiya
-hop o'lmagan bo'lsa bu yerga qanday keldi? Ya'ni aravachasiz? Yordamsiz, qanday qilib
keldi yoningga
Dedi.
-yurayotagndi...
Dedim va behol yotog'imga o'tirib qoldim.
-ana ko'rdingmi bu tush azizam
Deb kelib ikkisi ikki yonimdan bag'riga bosdi
-qiynalib ketyapman! Nega? Endi hammasi yaxshi bo'layotganda nega?
Dedim...
Nega bunday bo'ldi? Aybim uni ko'p sevganimmidi? Axir uni ham sevilishga xaqqi bor ediku?
Hech kimga ziyoni yo'q edi! Nega aynan u?
Nima uchun?
Shartnoma
📄
Erta tong. Qish faslining o'rtasidamiz. Negadir bugun tashqariga chiqqim keldi. Tashqarida
havo ajoyib edi. Bugun kechasi Yusufni kutdim, uxlamay kutdim. Lekin kelmadi... Rostdan
ham tushmikin? Men endi sarob ko'ra boshlaydigan darajada aqldan ozdimmi? Yana qaytib
xonamga yetganimda akamning xonasidan baland ovozlar eshitildi.
-...undagi xabarlarga ko'ra
poytaxtdagi mashxur *** mehmonxonasi sohibi Yusuf Sherxonov noqonuniy qafas jangida
ishtirok etgani uchun bir kecha mahkamada qolgan. Garov puli bilan ozod etilgan yosh
tadbirkor va uning shaxsiy hayoti haqidagi savollar hamon mavhumligicha qolmoqda.
Yugurib xonaga kirdim u yerda akam dadam va Buvam menga qarab qolishdi. Men esa


-Yusuf! Yusuf tirikmi?
Dedim. Akam tasdiq ma'nosida boshini egdi. Keyin esa yugurib xonamga kirib ketdim
Sherlar xonadoni
-yana o'zingni sotib qo'yding
-dada... Men...
Yusuf endi gapirayotgan edi onasi kelib o'g'lini bag'riga otildi
-Yusufim! Bolaam!
-oyijon!
Deb Yusuf ham onasini bag'riga bosdi. Onasiga hamma gapni tushuntirishdi. Uydagi barcha
shok ahvolda edi. Yunusning barcha gapdan xabari bor. Bir chetda jimgina o'tiribdi.
* * *
Xonamga yugurib ustimga nimadir ildim lekin nimaligini anglolmay o'zimni eshikka urdim.
Hozir u uyida demak Sherlar xonadoniga borishim kerak degan hayol bilan mashina yuqori
tezlikda haydab ketdim...
Eshikka yaqinlashganimda qo'riqchi yigit to'xtatib menga kirish mumkinmasligini aytdi... Shu
payt endi uni urmoqchi bo'lganimda Sodiq chiqdi.
-kelinoyi bu buyruq kira olmaysiz


-Sodiq axir u... U tirik... Uni ko'rishim kerak!
-Kelinoyi lekin...
-Sodiq kiray! Iltimos!
Deb unga yalindim
-o'zlari boradilar oldingizga! Hozir emas
Dedi. Qancha gapirdim ammo u tinglamadi...
-Ahir u tirik! Uni ko'rishim kerak!
Shu payt eshikdan Sumaya chiqdi va meni oldimga keldi endi unga yalina boshladim
-Sumaya ayt uni ko'rishim kerak! Ahir aytgandimku tirik deb! Ayt! Ularga! U qayerda?
-Madina kirasan nega kirmas ekansan? Sen bu uyni kelinisan kirasan!
Deb meni bag'riga bosdi va Eshik oldidan Yunusni baqirib chaqirdi. Yunus esa havotir bilan
eshik oldiga keldi
-nimalar bo'l... Kelinoyi?
-Yunus ahir u tirik ko'rishim kerak!


Dedim zo'rg'a
-kim kirgazmayapti?
Deb hammaga qarab chiqdi so'ng Sodiq tilga kirdi
-Yusuf sher hech kimni kiritmanglar deganlariga...
Gapi oxiriga bormay Yunus unga bir musht tushurib
-kelinoym hechkimmi ahmoq
Dedi. Bu tortishuv kattalashmasdan unga kiraylik dedim. Keyin u bilan ichkariga kirdik.
Surayyo opa Yusufni vannada ekanligini aytdi men esa indamay 3-qavatdagi xonasiga kirdim
u endi sochig'ini ushlab kirib ketayotgan ekan meni ko'rib to'xtadi
-Madina?
-tiriksiz...
-afsuski...
Ikkilanmasdan borib uni bag'riga otildim. Keyin qarasam yuz ko'zlari ko'kargan va qoshi
yirtilgan bir ahvolda ekan
-nima bo'ldi?
-hech narsa!


-rostan tiriksizaa?
Dedim yana... U esa tasdiq ishorasida bosh silkidi keyin men o'zimga keldim
-shuncha vaqt qayerda edingiz?
-hammasini tushuntirib beraman
-nega tirikman demadingiz?
-hamma hammasini aytaman
-yura olarmidingiz?
-ha
Dedi men esa bo'shashib ketdim... Shu payt orqamdagi qutichaga qo'lim tegib undagi
narsalar sochilib ketdi
Ularni ko'rib hayratim ming barobar oshdi desam yolg'on bo'lmas. Sekin yerga cho'kkalab
ulardan 5 6 tasini qo'limga oldim
-bu... Ahir...
-hammasini aytaman
Deb u ham men kabi cho'kkaladi yuzimdan siladi
Men esa faqat savol bera oldim


-Qotil sher sizmisiz?
Shartnoma
📄
-Madina hammasini tushuntirib beraman
-lekin bular
Deb qo'llarim qaltiragancha jetonlarni ushlab turib qoldim
-Madina! Madina menga qara iltimos meni eshit!
Deb yuzimdan ushlab o'ziga qaratdi, lekin men umuman boshqa dunyoda edim. Qo'llarini
siltab tashlab ortga tisarildm, grafindagi suv tushib chil chil sindi battar qo'rqib ketib baqirib
yubordim
-Madina! Qara! Menga qara!
Men esa unga qaray olmadim. Quloqlarimni yopgancha tinmay qaltirardim
-Siz... Siz... Meni otib qo'ygan ham sizmidingiz?
-yo'q albatta! Men senga hammasini
Deb turgan payt akam kirib keldi
-Madina! Singiljonim senga nima bo'ldi?
Deb yonimga keldi. Akamga yalingan ko'yi qarab
-meni olib keting
Dedim. Ortimdan Yusuf keldi
-Madina to'xta hammasini...
-Yusuf keyin
Deb akam meni ko'tarib omib chiqib ketdilar.
* * *
Yunus Yusufning oldiga kirdi akasi Madina ketganidan keyin xonani ag'dar to'ntar qilib
yubordi. Vayronadek xonaga qadam bosishga zo'rg'a joy topib akasining oldiga o'tirib Yunus
gap boshladi


-aka...
Yusuf yotoqning old qismida boshini orqaga tashlab yerga o'tirib olgan ko'yi ko'zlarini yumib
olgandi
-u ketdi...
-qaytadi aka
-u qo'rqib ketdi... Uni men qo'rqitdim. Undagi qo'rquvni ko'rganingda edi...
-hammasi o'z o'rniga tushadi endi...
-lekin Yunus... u... Ahir uni endi topgandim... Hammasi reja bo'yicha edi
-eee aka tupurdim shu rejalarga
Deb Yunus turib ketdi
-hammasiga men aybdorman
-aka siz faqat marazlardan qasos oldingiz! Buni nega qilganingizni bilsa u ham sizni
kechiradi
-endi kech...
-qo'l qovushturmay xarakat qiling!
-...
-endi xaqiqatlar onlari keldi. Aka unga aytsangiz tushunadi...
* * *
Yana xonamdaman... La'nati kunga 3 kun bo'ldi. Yana o'sha tirik murdalik vaqtimga
qaytdim... Shu payt xonamga Samiya kirib keldi
-yaxshimisan?
-yaxshimanmi? Bu savol shu kunlarda ko'p berildi. Lekin javobini bila olmayapman
-seni tushunaman
-qanday?
-sevding, sevilding, lekin endi baxtli bo'laman deganingda to'siq!


-menga qara akam bilan orangda qanday to'siq bor? Ahir sizlarga hech kim qarshi emasku!
Qolaversa akam tomosha qo'yadiganlardan ham emas!
-to'siq... Bizda to'siq ko'p
-masalan?
-men bu uyda xizmatchiman, O'qimaganman, bu yerdan avval bir restoranda ishlaganman!
U yerga akang ham ko'p kelgan, lekin men unga xizmat ko'rsatganman! Mana shu xaqiqatni
hech qachon unutmayman! Men oddiy xalqdanman akang esa shaxzoda! Sizlar meni qabul
qilarsizlar lekin atrofdagilar... Uning 5 talab tillarni mukammal biladigan do'stlari,
qarindoshlaringiz... Xullas bizda to'siqlar emas! Mustahkam va baland devorlar bor...
-sen baxtli bo'lish uchun hammadan ham ko'proq loyiqsan! Ishon!
Dedim. U esa kuldi.
-lekin akang bilan emas, ammo.akangsiz ham bo'lmaydi...
-akam sendan boshqasiga qaramaydi. Menga ishon!
-hayaa buni senga olib kelgandim
-nima bu?
-tetiklashtiruvchi sharbat
-ichgim yo'q
-bu senga foyda olaqol
Deb qo'limga tutqazdi. Uni ichib uyquga ketdim...
* * *
Samiya endi Madinaning xonasidan chiqqan edi qo'lidan kimdir tortib og'zini yopdida xonaga
olib kirdi. Samiya baquvvat qo'llarni bir tishlab oldi ortidan esa
-ayy ajina bu nima qilganing?
Degan ovozdan zudlik bilan ortiga qaradi va biroz xotirjam tortdi
-janob Akbar siz?
Deb ux tortgancha biroz yengil nafas oldi
-qo'rqitib yubordimmi?


-o'takanmi yordingiz!
-kechir
-a?
-kechir!
-hop
-hammasi uchun!
-nima?
-xudbin ekanman! Seni o'ylamabman
-ya'ni?
Shu payt pastdan Natashaning ovozi keldi
-Samiya opaa
-hozir tushyapman
Deb Samiya endi ortiga o'girilgan edi Akbar uni yo'lini to'sdi
-Xullas endi hammasi boshqacha bo'ladi! Ya'ni
-sizni tushundim... Xato qilayotganingizni tushunganingizdan xursandman
Deb Samiya xonadan otilib chiqib ketdi
Shartnoma
📄
Ko'zlarimni oppoq xonada ochdim. Bu meni xonam emas! Darrov o'rnimdan turib atrofga
alangladim bu aniq meni xonam emas! Men interyer dizaynerman bunday xonani umuman
xushlamayman. Keyin xona yaqinidan qadam tovushlari eshitildi. Men tez turib qo'limga
ilingan ramkani oldimda eshik yoniga turib oldim. Eshik ochildi u kirishi bilan orqasidan borib
ramka bilan urmoqchi edim u chaqqonlik bilan ushlab qoldi, va men uni kimligini ko'rib qotib
qoldim
-Yusuf?
-sekin ahir bu shishadan! Bu bilan ursang aniq o'laman!


O'laman degan gapidan keyin unga o'qrayib qaradimu eshik tomonga bordim lekin u yana
chaqqonlik bilan yo'limni to'sdi
-qoching
-hammasini aytaman
-eshitishni istamayman
-majbursan
-emasman
-seni yaxshi ko'raman
Bu gaplar yana quloqlarim oldida qo'ng'iroqdek chiroyli aks sado bermoqda...
-yolg'onlaringiz bilan endi faqat o'zingizni aldang! Chunki endi men aldanmayman!
-bu umuman yolg'on emas!
-men qanday qilib bu yerga keldim?
-men olib keldim
-akam bilsa sizni o'ldiradi
-balkim akang o'zi yordam bergandir
-nima?
-Madina iltimos eshit


U menga shunday qaradiki ichimdagi muzliklar erib ketdi... Barchasi suvga aylandi...
-cho'pchak! Hamma hammasi! Endi sizga ishonmayman!
-avval meni eshit keyin nimani istasang shuni qilasan!
Aslida uni juda juda eshitgim kelyapti. Jo'yali yolg'on gapni ayta olsa uni borib avvalgidek
qucha olaman lekin... G'ururim ham yo'l bermayapti...
-boshlang ertagingizni!
* * *
Asad sher
-ehhh Yusuf kechir seni ham yoshligingni o'g'irladim! Lekin nima qilay singlimning qasosini
olmasdan ko'z yuma olmasdim... Taqdirni qara dushmanni qizini yaxshi ko'rib qoldingaa! U
ham senga telbadek oshiq ekan... O'lganingni eshitib o'zini yo'qotganda seni tirik ekaningni
aytib yuborishimga oz qoldiyaaa! Kechir agar seni o'ldiga chiqarmaganimizda hozir balkim
bu yerda bo'lmasding! Joning sog' bo'lsin bolam!
Deb Asad sher Yusufning suratini yana stoli ustiga qo'ydi. Va yana o'y hayollariga berildi…
Shartnoma
📄
-men yura olardim... Lekin men qasos olish uchun reja o'ylab chiqishim kerak edi. Ha men
o'sha qotilman! Lekin ishon seni otib qo'ygan men emas, Sora yangam seni otibdi! Erini
o'lganini sizlarni oilangizdan deb bilib...o'sha kuni sen to'g'ri aytding, seni qutqarib
shifoxonaga olib kelgan men edim Yunus emas. Birinchi marta seni ko'rganimda xonangga
bilmay kirib qolganman akang ukamni otib qo'ygandan keyin ko'zimga dunyo qorong'u
ko'rinib ketdi va adashtirib seni xonangga kirib, senga yostiq bilan hujum qildim.
Afsusdaman... Ha men qotilman. Lekin men o'ldirganlar ham begunoh emas. Ular ammamni
xomilador ahvolida otib yuborishgan! Erini esa terisini shilib tashlagan. Ular xaqiqiy mahluq!
Shu 4 oy Turkiya, Dubay, Malayziya va O'zbekistonda yurdim. Ularni qirib tashladim. Seni
ahvoling haqida Yunusdan so'rab turdim u bilib qoldi. Panjaralaringni oldirib tashlagan kuning
xonangga kirgandim, u ko'rib qoldi. Meni kechira olsang kechir... Lekin seni rostan ham
yaxshi ko'raman! Meni nogiron ahvolimda ham menga nisbatan tuyg'ularing oldida taslim
bo'lib qoldim. Men seni shifoxonaga olib borgan kunim meni ko'rib izimga tushishdi, shu
sabab ham ketishga va seni uyingga yuborishga majbur bo'ldim! Chunki ular men sabab
senga ziyon yetkazishi mumkin edi. Sen uchun, srni xavfsizliging uchun ham sendan
ketdim...


Ko'z yoshlarim yuzimni yuvdi
-bilasanmi nima?
Dedi u yoshlarimni artib
-nima?
-bu dunyoda ko'z yoshlar bilan yuvilgan yuzdan ko'ra beg'ubor va toza yuz bo'lmas ekan
Bu gapni aytganidan keyin battar yig'lab yubordim. U ham indamadi so'ng men yana
so'roqqa tutdim
-nega menga aytmadingiz?
-seni ham xavotirga qo'ygim kelmadi
-endi behavotirmanmi? Sizningcha?
-sen baxtli bo'lishingni istadim! Mendek qotil bilan yashab hayoting barbod bo'lishini
istamadim
-menga farqi yo'q edi! Tirik bo'lsangiz bo'ldi edi
-seni xafa qilishni istamagandim
-xursand ham bo'la olmayapman! Siz yura olar ekansiz bundan xursandman lekin meni
shuncha payt aldaganingiz. Tirik ekaningizdan xursandman, lekin qotil ekanligingiz... Butun
qalbim bilan sizga qolishni istayapman lekin chigalliklar, yolg'onlar girdobidaman! 4 oy
qanday o'tganini bilmadim! Faqat uyqu alahsirash, sog'inch va yana qo'shimcha dard
Deb qo'limni ko'tardim, ular titrayotgan edi. U qo'llarimni qo'llarini orasiga olib
-endi hammasi o'zgaradi! Mening hisob kitobim tugadi! Senga mana shu 4 oyni ustamasi
bilan qaytaraman


Dedi menga qarab, men esa
-yaxshi... Hop bular qayta lekin menchi? Meni avvalgi qalbimchi? Avvalgi Madinani qaytara
olasizmi? Yo'q chunki siz faqat o'zingizni o'ylagansiz! Menga bir marta aqalli bir marta
tirikman deganingizda edi...
Unga baqirib tashladim u ham oxiri o'shqira ketdi
-Men! Men qiynalmadimmi? A? 4 oy derazang-u eshigingdan oshib xonangga yashirindim!
Seni o'sha ignalarda ko'rib men qiynalmadimmi? Meni jonin azoblanmadimi? Senga har
safar qaraganimda men qiynalmadimmi? Seni sevib qolayotganimda bu yo'ldan qaytishga
urunganlarimni sen hayolinggayam keltirolmaysan! 3 kundan buyon akangdan kaltak
yeyman! Qara ahvolimga
Deb u ham shilingan qo'li va boshiga qarab o'zim qo'rqib ketdim. Endi ahamiyat beribman u
katta g'urra bo'lib qolgan ekan.
-boshingiz
Dedim asta u esa kelib men unga hujum qilmoqchi bo'lgan ramkani oldida jahl bilan sindirdi.
-Yo Allohim! Jinnimisiz? Nega bunday qilasiz?
Deb qo'lini ushlab oldim u esa indamadi... Yerga o'tirib shkafga suyandida boshini ortga
tashlab ko'zlarini yumib turaverdi. Men esa qo'rqqanimdan nafas olishni ham unuta
boshladim chunki qo'lidan tinmay qon oqar va shisha siniqlari qo'liga kirgani ko'rinib turardi.
Keyin
-Yusuf aka turing qo'lingizni bog'laylik
-iltimos yuring bog'laylik
Deb unga qaradim u esa haliyam pinagini buzmasdan qo'liga dastro'mili mahkam qisib
-keragi yo'q
Deb ko'zini ham ochmadi. Men esa hiqqillagancha jim o'turaverdim oxiri qonni ko'raverib
boshim aylana boshladi


-chiqaylik
Dedim birdan uni esa endi esiga tushdim shekilli sapchib o'rnidan turdida meni ham kutmay
chiqib ketdi. Ortidan men ham tushdim. Lekin boshim aylanyapti qo'llarimga qarasam qon!
Yana kimni o'z suyukligimning qoni... Zinalardan tushib kelayotgan edim yana boshim
aylandi biz ikkinchi qavatda ekanmiz. Ahmoq nimaga hamma uying qavat-qavata? Deb
qarg'ab-qarg'ab ketayotgan edim zinani oxirgi pog'onasiga yetganda boshim aylandi, uyqum
ham kelyapti negadir. Ko'z oldim g'ira shira va yana atrofimdagi buyumlar aylanayotganidan
hozir nima bo'lishini bilib ko'nglim ayniy boshladi. Yoshligimdan qon yoqmaydi, ko'rsam
ko'nglim behuzur bo'ladi. O yo'q jonimga tegdi shu xushdan ketish uning ismini chaqirdim
-Yusuf...
U men tomon o'girildida qo'limdan tutib qoldi, oxirgi eslaganim uning ismimni aytgani bo'ldi
va buyog'i g'ira shira narsalar. Mashinada Yusuf nimadirlar dedi, hamshiraning tomirim topa
omayotgani shundoqqina sezilib turibdi, bo'sh qo'limdan Yusuf tutdiva ko'zlarim o'z-o'zidan
yumildi va buyog'i shirin tushlar...
1 haftadirki u kelmadi... Yo mening kutganimni bilmayapti yoki kurashishdan charchadi...
Balki umuman vijdoni qiynalgani uchungina men bilan ochiq oydin gaplashib oldimikin???
Qiynalib ketdim... G'alati... Odatda sevishganlar sog'inchni his qiladi, birga bo'la olmagani
sababli, men esa... Kulguli va alamli... O'z erimni sog'indim! Uydagi barchani sog'indim!
Yuragim siqilib ketyapti, lekin men xursand bo'la oladigan yagona narsa---
Kulrang ko'zli mahluq Yusufimning tirikligi... Allohga shukr u tirik!.!.!
Nonushta vaqti hammamiz yana dasturxon atrofidamiz Samiya likoplarni olayotgan vaqt
onam gap boshladilar
-Akbar kecha haligi qiznikiga bordim. Ertaga uchrashuv!
Samiya meni oldimda turgandi qo'lidan likop tushib ketdi hamma bizga qarab turibdi.
-kechirasizlar qo'lim tegib ketdi
Deb o'zim ishni to'g'irladimda Samiyaga qaradim. Bechora akamga iltijo qilgandek turibdi...
Lekin akam indamadi


-uzr hozir yig'ishtirib olaman
Deb oshxonaga qochdi...
Hammamizda drammalar tragediyaga aylanadi bu ketishda!!!
-Oyi nima keragi bor! Uylanmayman men unga
-yoshing 26 ga qarab ketyapti nega uylanmaysan? Kimga uylanasanaa?
-obbooo...
-menga qara, shu qiz bilan uchrashasan! Tamom vassalom!
Oyim shunday deb akamga gapirdilar, akam bechora indamadilar, Samiya o'zi kelishga
bardoshi yetmadi chog'i Natasha kelib siniqlarni yig'ishtirib oldi...
* * *
-Voy Sumaya anavi yigit Yunus shermi?
-nima?
Sumaya hamkasb dugonasining gapini eshitolmay qoldi
-obbo sen qizni hayoling qayoqda? Anavi yigit Yunus sheraa? Seni mas'ul qilishgan edikuu!
Sumaya qiz qarayotgan tomonga qaradi, haqiqatdan u yerda kulrang ko'zlariga qora
ko'zoynak taqib Yunus mashinasiga suyangancha turardi. Sumaya uni ko'rib biroz hayron
bo'ldi, keyin dugonasining turtkilashidan o'ziga kelib
-o'sha bo'lsa bizga nima? Yur ketdik
-aytdim qo'ydimdaa! Yuraqol
Deb ikki dugona ketishayotgan edi Sumaya o'zining ismini eshitgach to'xtab ortiga qaradi


-senda gapim bor
-nima gap?
-hal..i..gg..iii yolg'iz gaplashib olsak
Deb Sumayaning sherigiga qarab qo'ydi, u qiz ham tushungandek
-mayli Sumayam ertagacha
-voy ketma birga ketamiz!
Deb yalinguday qaradi Sumaya u qizga
-menimcha gaplashib olishingiz kerak!
Deb Sumaya bilan hayrlashib boshqa yo'nalish taraf yura boshladi.
-nima gapingiz bor?
Yunus o'ziga jiddiy tikilgan qizga qarab, bir xo'rsinib qo'ydi
-huuuhh xullas hozir aytadiganlarim senga yoqmas balkim meni battar yomon ko'rarsan lekin
bu gaplarni aytmasam ham bo'lmaydi...
-nima?
-jim!
-esingizni yeganmisiz der edim lekin sizda yeydigan es ham yo'q!


-meni kechir... Seni sevaman...
-...
Sumaya qotib qoldi. Na bir so'z deya oldi, na bir xarakat qila oldi. Faqatgina o'ziga tikilgan
kulrang ko'zlarga qarab turdi...
-ustimdan kulyapsizmi?
-10 daqiqa jim turib aytgan gaping shu bo'ldimi?
-nima meni kalaka qilyapsizmi?
-senga ichimdagini aytdim! Xullas men tuyg'ularimni ochiq aytishga odatlanganman va
aytmasdan ham yura olmayman.
-...
-seni xafa qilgan bo'lsam kechir... Bilaman men uchun xaddan tashqari yaxshisan! Shu
sabab ham iloji boricha ko'zimga boshqa ko'rinma! Seni sevaman deganim bilan men bilan
birga qol deya olmayman! Seni ham o'zimdek xavf ostida qolishingni istamayman!
Dedi Yunus va ko'zoynagini qayta taqib mashinasiga o'tirdiyu ortiga qaramay ketdi...
Sumaya esa yana ko'zidagi yoshlar bilan yolg'iz qoldi va o'ziga
-hech qachon uyiga bormayman! Hech qachon!
Deb u ham yo'lida davom etdi
* * *
-Samiya opaa yaxshimisiz?
Natashaning turtkilashidan o'ziga kelgan Samiya bir cho'chib tushdiyu
-a? Ha! Ha yaxshiman


Deb yana ishini qila boshladi
-opaa?
-nima?
-bular yuvilmagan piyolalarku
-nima qilibdi shunga?
-nega muzlatgichga solib qo'ydingiz?
-voy... Uzr... Charchabman shekil
-boring dam oling o'tib ketadi...
-menimcha o'tib ketmaydi
Deb o'ziga pichirladi Samiya
-a nimadir dedingizmi?
-yo'q! Men... Haligi... Men...
-Samiya bor damingni olaqol qizim
Deb Klara opa Samiyani qo'lidan tutib oshxonadan chiqarib yubordi. U ham noiloj xonasi
tomon ketarkan hayolida bugun ertalabki gaplarni eslardi
-o'zim yo'q deb, o'zim xohlamay, yana yetmaganiga o'zimni atayin noto'g'ri tushungandek
tutib yuribman... U o'sha kuni barcha gaplarimni eshitibdi, Madina bilan suhbatimizni, barcha
barchasini. Men ham uni jonimdan ortiq ko'raman... Ammo ketish kerak! Chunki boshqa
ilojim yo'q! Qiynalsam ham... Ishdan ketish kerak! Ha bu yerdan, undan uzoqqa ketish kerak!


Madinaga ketaman deganimga ham 6 oy bo'lyapti lekin hali bir ish qidirmadim... Ertagayoq
ketaman... Arizamni yozaman va bu uydagi melodrammam tugaydi. Balki men usiz uzoq va
baxtsiz hayot kechirarman... Yana kim biladi...
Xonamda kitob o'qib o'tirgan paytim kimdir darvozani asabiy taqillatdi. Jahlim chiqdi. Odam
degan odob yuzasidan qo'ng'iroq chaladi. Birozdan keyin tinchidi lekin mening yuragim
allanechuk! G'alati bo'ldimda kim ekanligini bilish uchun yo'lakka chiqib hovliga qaragan
derazadan kim ekanligiga qiziqib qaradim. Kim kelganligini ko'rdimu xushim boshimdan
uchdi. Tilim aylanmay qoldi. Keyin ikkilanmay xonamga kirib ichkaridan qulflanib oldim.
Kutganimdek birozdan keyin eshigim taqilladi
-kim?
-Men Samiyaman! Madina pastda... Yusuf keldi!
Dedi. Ichimdagi jiblajibon kapalaklar yana uchirishga shay bo'lib olgan qanotlarini qoqdi
shekilli titroq bosdi...
-Madina!
-hozir tushyapman
Deb eshikni ochib pastga tushdim.
Pastda hamma bor buvam menga qarab turib gap boshladilar
-qizim ering bilan ketasanmi?
-yo'q
Dedim qat'iy. Shu payt Yusuf menga kulrang ko'zlari bilan shu darajada qaradiki etim jimirlab
ketdi
-ana Yusuf sher, eshitding u sen bilan ketmaydi
-... Yaxshi... Madina iltimos sen bilan biroz yolg'iz gaplashib olsak bo'ladimi?


-nega?
Hamma bizga qaradi Yusuf hijolatomuz yana
-o'zimiz... Ya'ni...
Buvam tushundilar shekilli
-Madina mehmonni mehmonxonaga olib kir!
Dedilar. Men ham indamay mehmonxonaga kirib ketdim yurib ham emas, yugurguday bo'lib
kirib ketdim. Kiriboq kresloga o'tirib oldim. U ham ohista ro'paramga o'tirdi
-seni olib ketgani keldim
-ajrashaman siz bilan!
-qila olmaysan
-nega ekan?
-men qarshilik qilaman
-menga farqi yo'q
-menga esa bor
-nega tinch qo'ymayapsiz?
Baribir ham ajrashamizku!
-hali 8 oy tugamadi


-meni ham sizni ham ortiq kutish uchun birgina bo'lsa ham sababimiz qolmadi!
Tushunsangizchi!
-menda sabablar talaygina asosiysi xotinimsan
- Yetar! Bas qiling endi! Tomosha tugadi!
-...
-keting!
-sen bilan
-chiqib keting
-sensiz aslo!
-menga soxta turmushni endi keragi yo'q! Men ham qotil sher kimligini bilish uchun
tekkanman sizga! Ana bildim!
-hop yaxshi... Bilasanmi nima?
-nima?
-mana buni oilang ko'rsa nima deb o'ylaydi?
Deb to'yimiz kundagi shartnomani chiqardi.
-bu qo'rqinchli holatmi?
-bilmasam...
-aha bilmaysiz! Shunday ekan men qo'rqmayman


-lekin men hozir seni majburlab hammaning yonida sharmanda qilib olib chiqib ketsam...
Yo'q ikki oilaga ham bu to'g'ri kelmaydi. Qolaversa endi dadang va dadam hamkor bo'lib
olishgan! Akang ham seni o'tgan safar olib qochishimda yordam berdi joni sog' bo'lsin!
Buvang esa sendek nabirasi hammaning oldida erdan chiqqan degan nomni olsa xafa
bo'lmay qolmaydi... Qaynonam ya'ni onajonim esa o'zlari ham seni men bilan yashashingni
istaydilar. Ana shunaqa xotinjon!
Dedi menga masxara qilgandek kulib qarab. Ichim achishib ketdi, xo'rligim kelib yosh
boladay baqirib yig'lab yubordim. U esa qo'rqib ketdi shekilli
-bo'ldi, bo'ldi Madina! O'zingni bos! Bo'ldi yig'lama
Deb yosh bolani ovutganday ovutmoqchi bo'ldi
-oyijoooon
Deb baqirib yig'lab turgan paytim Yusuf kelib bag'riga bosdi. Men esa yana
-oyiii, oyijooon, oyijoniimmm
Deb baqirayotgan edim u yana sochimdan silab
-tshsh! Bo'ldi tinchlan! Men bormanku
Dedi. Negadir shu mahluq men borman desa o'zimni xuddi himoyalanganday xis qilaman.
Jinnilikka dasmiya deb shuni aytsalar kerakda! U bilan quchoqlashib tursak oyim xonaga
kirib qolsalar bo'ladimi?
O'zimni tezda chetga olib endi gapiraman deb turgan edim, ular
-voy yarashib oldinglarmi?! Sumayaaa Natashaaa tez Madinani narsalarini tayyorlanglar
uyiga ketyapti
Deb quvonib chiqib ketdilar.
-iyee men! Ahir men...


-ana quyoshim aytmaganmidim senga onajonim meni sen bilan bo'lishimni istaydilar deb
-meni bunaqa bema'ni so'zlar bilan chaqirmang! Unutmang! 1 oy! Atiga 1 oydan keyin
ajrashamiz! Bizning shartnoma muddati tugaydi!
Deb barmog'imni bigiz qilib xonamga chiqib ketdim.
Xonamga chiqdimu ichimda yana isyon, g'alayon boshlandi...
-nahotki? Nahotki u meni! Buni qarayaaa u meni olgani kelibdi... Xotinimsan dedi! Ey Allohim
hozir baxtdan yuragim portlab ketadi!
Pastda hamma bilan xayrlashayotgan vaqtimiz oyimga qo'ng'iroq bo'ldi akamdan ekan
-alo Akbar
-Alo assalomu aleykum
-vaaleykum assalom kimsiz o'g'lim qani?
-Akbar Og'abekovning onalari bo'lasizmi?
-ha..ha.. Onasiman nima bo'ldi?
-Shahar shifoxonasidan qo'ng'iroq qilyapmiz. O'g'lingiz avtohalokatga uchragan
-nima?
Deb oyimning qo'llaridan telefon tushib ketdi.
-Madina Akbar... Akbar...
-nima? Nima bo'ldi?
-kasalxonada ekan
Deb yig'lab yubordilar. So'ng barchamiz shifoxonaga bordik. U yerda akam hali ham
operatsiyada ekan. Ming qo'rquv va hadik bilan ularni kutardik...
Shu payt hamshira
-bemorning buyumlarini kimga beray
Dedi. Oyim bir ahvol, dadam esa boshlarini quyi eggancha o'tiribdilar, buvamning qon
bosimlari oshib ketdi. Ularga ham tinchlantiruvchi qilishdi.


-menga bering
Deb men oldim. Yusuf bizni yolg'iz qoldirmadi. Unga qararkanman balki adashyotgandirman,
u aslida qotillikni istamagandir. Charchadim... O'y hayollar va barcha barchasidan
Akamning buyumlari ichidan bir tanish narsa ko'rindi, ko'zim nogohon unga tusharkan,
adashgan bo'lishimni tilab o'tirdim... Lekin qo'limga olgan narsamni ko'rdimu nigohim bir
odamga qadaldi
-YUSUF!!!
Hamma menga qaradi, haqiqatdan ham uni nafrat bilan chaqirganim bilinib turar edi.
-bu nima?
Dedim, u esa menga tushunmaganday qaradi
-bu jeton siznikikuuu!
-Madina sen nimaga shama qilyapsan?
-bu.. Bu la'nati sizniki! Akamning buyumlari orasida nima qilyapti?
-men qayerdan bilaman!
-kim biladi unda? Bu siznikikuu!
Bizning holatimizni dadam va oyim kuzatib turishdi. Lekin bir so'z deyishga hol yo'q
-Akamga nimadir qildingizmi?
U menga umuman hissiz qaradi, ko'zlarida nur yo'q edi.
-sen nimalar deyapsan? Aqlingni yedingmi?
-ha yedim! Unda bu nima qilyapti akamdaa!
-men qayerdan bilaman!
-kim biladi unda?
-Madina menga qara! Nimani payidasan bilmayman lekin meni akangni halokatiga aloqam
yo'q!
Dedi o'zini sokin tutib
-siz qotilsiz! Qotil! Sizga ishonmayman!


-nega qotillik qilganimni yaxshi bilasan!
-akamni o'ldirmoqchi bo'lib adashib menga suiqasd qilganingizni ham bilaman!
-senga necha marotaba aytish kerak o'sha paytda ko'zim qonga to'lgandi ukam uchun o'ch
olmoqchi edim... Lekin keyin...
Shu payt dadam aralashdilar
-qizim! Bo'ldi qil! U qilmagan! Bilib turibman!
Dedilar, ochig'i juda jahlim chiqqandi. Yolg'onchini tarafini olishayotganiga
-qayerdan bilasiz? Bu yolg'onchi
Dedim qo'lim bilan Yusufga ishora qilib, dadam indamay boshlarini devorga suyab
turaverdilar. Keyin esa Yusuf yana tilga kirdi
-shu qadar ishonmaysanmi menga? Shunchalik ham mahluqqa o'xshab bo'ldimmi
hayolingda?
-Nafaqat hayolimda siz hayotda ham mahluqsiz! Sizdek soxtakorga umuman ishonmayman!
U indamadi. Faqat menga g'alati qarab turardi. Negadir undan juda jahlim chiqdi, alamim
keldi.
Shu payt politsiya keldi gaplarimizni eshitdi shekilli mendan kimdandir shikoyatingiz bormi
dedi. O'sha paytda alamdan Yusufni aytib yubordim. Politsiya uni olib ketdi. Unga
qaramadim ham. E'tibor ham bermadim. Shifokor chiqdi... Vanihoyat
-bolam...bolam yaxshimi?
Dedilar oyim
-operatsiya yaxshi o'tdi, peshonasi yorilganakan xolos, tikib qo'ydik, qo'li sinibdi. Ahvoli
yaxshi. Xavotir olmanglar
Barchamiz chuqur nafas oldik. Allohga shukr akam sog' omon ekan. Shifokor hali veri
uyg'onmaydi degandan keyin men va buvam uyga qaytdik.
Uyga kirishim bilan Klara opa yugurib keldi unga akam yaxshiligi aytib buvamni xonasiga olib
bordik. Tashqariga chiqsam Natasha oldimga keldi
-Madina opa
-eshitaman
-Samiya opa xonasidan chiqmayapti


Ey Alloh! Men Samiyani unutibmanku
-nega?
-bilasizmi siz ketgandan karaxt ahvolga tushib qoldilar. Keyin esa faqat "men aybdorman"
deya takrorlarverdilar. Oyimga charchabdilar deb xonalariga olib kirdim. Xabar olib turibman,
lekin bir nuqtaga qarab o'tiribdilar. Nimadir qilamizmi?
-men o'zim qarayman
Deb Samiyaning xonasiga yo'l oldim. Eshikni taqillatdim ochmadi keyin o'zim ochib kirdim. U
esa yotoqning burchagida yerga o'tirib olibdi
-Samiya
Dedim asta u esa menga qaramadi ham. Borib yelkasidan ushlagandim qo'rqib ketdi.
Sapchib o'rnidan turib menga
-men aybdorman! Meni deb bo'ldi
Dedi. Ochig'i tushunmadim
-nima? Nima seni deb bo'ladi
-men men aybdorman...
Uning yuziga bir shapaloq soldim. Keyin o'zimga qaratib
-o'zingga kel! Nima bo'ldi?
Dedim. U indamadi yerga qarab yig'lab yubordi. Men uni bag'rimga bosib turdim keyin esa u
yig'lagancha
-kechir
-nimaga?
-Akbar aka meni deb shunday bo'ldi
-qanaqasiga?
-boya katta xonimdan ishdan bo'shash haqida gaplashayotgan edik. Keyin meni so'roqqa
tutdi. Eshitib qolgan ekan...
* * *
-sen bilan kelishuvimiz bor edi.. Yoki men sabab ishdan ketmoqchimisan?
-yo'q


-unda nega?
-sizga hisob beramanmi?
-ha
-nega?
-boshlig'ingman
-endi yo'q! Men ketyapman
-Samiya iltimos bunday qilma! Oyimga aytaman! Ular tushunishadi! Sen ham tushun...
-biz imkonsizmiz
-sen o'sha imkonni yo'q qilyapsan
-unutmang va'da bergansiz! O'tgan safar ishdan ketmasligim evaziga oyingizga
indamaslikka so'z bergansiz! Erkakcha va'da bergansiz
-endi ketyapsan demak va'dalar ham o'z kuchini yo'qotadi
-unday qilolmaysiz
-unda sen ham tashlab ketma
-nima qilay? To'yingizni ham o'tkazib beraymi? Bolalaringizga ham qararmana balkim?
-sen...sen meni rashk qildingmi?
-yo'q albatta
-unda nega?
-Yetar! Akbar rostan ham saqichdek yopishib oldingiz menga? Yetar! Tinch qo'ying! Men
sizni yaxshi ko'rmas ekanman! Buni bildim. Yo'qsa keta olmasdim. Endi esa iltimos g'urursiz
yigitlardek menga yalinavermang!
-...yaxshi... G'urursiz de! Ajoyib!
* * *
-Deb mashinasiga o'tirib katta tezlikda ketdi. Bilardim jahli chiqqanda doim mashinani yuqori
tezlikda boshqarishini bilardim... Lekin indamadim... Ishon o'sha paytda men ham uni tashlab
ketgim kelmadi lekin nima qilay men u bilan birga bo'la olmaymiz. Imkonsiz edik...


Samiya shu gaplarni yig'lab aytarkan negadir men ham yig'lab yubordim... Unga akam
yaxshiligini aytdim birozdan keyin ko'rgani borishimizni aytdim unga o'zingga qarab ol deb
xonamga chiqib ketdim.
* * *
Yusuf xonasiga og'ir qadamlar bilan kirar ekan sevgan insoni unga zarracha ham
ishonmaganidam qattiq azobda edi... Uni avtohalokat uyishtirganiga dalil yo'qligi uchun ozod
qilishdi. Madinani otasi ham tushuntirgandan keyin unga ayblov qo'yilmadi... Lekin asl
ayblovni Madina qo'yib bo'lgan edi... Xolsizgina bo'lib, shkafdan ustiga qora charmdan ishlov
berilgan qalin va qattiq daftarni oldi. Ichidan tezdagina bir suratni oldiyu uzoq qarab qoldi
Suratni asta silab gap boshladi
-Ehh Madina! Oq qora hayotimga kamalak misol kirib kelganding... Bugun barchasini tuman
qoplab yana oq qoralikka qaytdim... Ketishni istamasangda seni majburlab olib ketmoqchi
bo'lganim uchun jazo qildingaa? Seni sevaman... Rostdan ham hammadan ko'p seni
sevdim...
* * *
O'zimni xolsiz his qildim va kirishim bilanoq yotoqqa otildim... Birdaniga sapchib o'rnimdan
turdim
-YUSUF!
U aybsiz ekanmi demak? Yoki... Yo'q Samiya bilan tortishuv jetonni qanday akamga borib
qolganligiga bahona bo'lolmaydi. Ya'ni Samiya bilan tortishuv natijasida jeton o'z o'zidan
akamga borib qolmasa kerak!?
Samiya bilan Shifoxonaga keldik. Akam o'zlariga kelgan ekanlar, men kelishimdan oldin
dadam va oyim ketib bo'lishgan ekan. Men esa akamdan hol ahvol so'radim
-Madina dadam aytdilar Yusufni militsiyaga topshiribsan
-ha buyumlaringiz orasidan jetoni chiqdi
-ahmoq qiz nega o'ylamay ish qilasana doim
-nima? La'nati jetonini sizdan chiqqanini ko'rdim nima shunda ham qo'l qovushtirib uni
tomosha qilib o'tirishim kerakmidi?
-meniyam eshit!
-hooop...
-u jeton menda avvaldan bor edi. Tentak qiz u menga ziyon yetkazmaydi!


-nima?
Deb yig'lab yubordim. Akam oxista ko'zimdagi yoshlarni artarkan akam yana gapira ketdi
-ajina u seni rostan ham yaxshi ko'radi... O'tgan safar unga yordam berishimdan avval uni
qanday kaltaklaganimni ko'rganingda edi. Indamadi
-agar jim tursam bilan u bilan ko'rishishimga sharoit yaratib bersang men hech narsa
qilmayman
Deb jim turavergan edi. 3 kun kaltak yedi, oxiri men ham ko'nmasdan ilojim yo'q edi. Bir
tarafda sen, bir tarafda u. Ochig'i ikkingizning ham ahvolingizga achindim... Sen meni
uyimizdagi yulduzchamsan! Mitti yulduzcham! Shunday ekan endi undan arazlayverma! Uni
aybdor qilma! Nima sababdan qtilga aylanganini yaxshi bilasan!
Akam shunday deb peshonamdan o'lib qo'ydilar. Men esa u meni endi kechirmasligi oxirgi
marta menga qanday qaraganini esladimuu ichimda yana to'fon boshlandi... Biroz
sukunatdan so'ng men chiqishimni aytdim, chunki Samiya kelgani endi esimga tushgan edi.
-mayli aka men boray
-mayli extiyot bo'l!
-hop yaxshi bo'lib keting
Deb men xonani tark etdim
Tashqarida Samiya turgan ekan unga kirishini aytib o'zim ko'chaga toza havo olgani chiqib
ketdim
* * *
Samiya eshikni taqillatdi, Akbar kiring degandan keyin ming hayajonda ichkariga kirdi.
Deraza oldida turgan Akbar kim ekan deb endi ortiga o'girilgan edi, Samiyani ko'rib g'alati
bo'lib qoldi
-sen?
-ha men!
-nima qilyapsan bu yerda?
-sizni ko'rgani keldim
-meni?
-haligi...
-Samiya nimanidir izohlashga majbur emassan!


-kechiring meni deb...
-aloqasi yo'q!
-...
-men eshitadiganlarimni eshitdim! Endi esa ket!
Samiya endi eshikni tutqichini ushlab chiqib ketayotgan edi, birdan to'xtab qoldi. Nega baxtini
o'z qo'llari bilan vayron qilayotganini o'zi ham tushunmadi. Hayollarink Akbarning ovozi buzib
yubordi
-nima bo'ldi?
Samiya indamay shartta ortiga o'girildida Akbarni quchog'iga o'zini otdi. Akbar hayron qoldi,
na itarishni biladi va na u ham uni quchishni. Samiya xuddi Akbar ketib qolayotganday uni
yanayam mahkam quchib oldi va
-sizni yaxshi ko'raman! Kechiring sizni aldagandim... Xaqiqatdan ham sizga kelin tooishgani
uchun ketib qolayotgan edim. Lekin endi...
-lekin endi nima?
-endi sizni hech kim bo'lishish niyatim yo'q
Deb Samiya kulib Akbarga qaradi. Akbar ham unga jilmayib qo'ydi. Ikki sevishgan qalb endi
haqiqatdan ham tutashayotgan edi.
* * *
Qish kunlari, havo sovuq. Lekin mening qalbimda yoz... Jazirama. Qalbim yonyapti, shitir
shitir esayotgan shamollar esa uni battar alangalatmoqda... Yusufni juda juda sog'indim...
Qaytgim kelyapti... Lekin g'urur... Yo'q endi u ham men ham bir birimizga begonamiz
shekilli...
Oradan 3 hafta o'tdi. Akam ham ancha yaxshi bo'lib qoldilar. Shu 3 hafta ichida Yusufni
kutmagan onim bo'lmadi. Qaytib borishga esa g'urur yo'l qo'ymadi... 1 hafta avval Samiya
uyiga ketdi, onam sovchi bo'lib bordilar. O'ylaganimday uydagi hech kim uni kamsitib
xizmatkor u! Uni kelin qilmaymiz demadi... Akamni qaroridan hamma baxtiyor bo'ldi. Men
ham quvondim...
Bir payt yana o'sha kungi holat yuz berdi
Eshik asabiy taqilladi... Yurak urish ritmim izdan chiqdi. O'qishga borayotganim uchun dars
qilib o'tirgan edim. Hayolim tamoman bo'lindi, tashqariga otilib chiqqim keldi, lekin nimadir
to'xta degandek bo'ldi va yana ortimga qaytdim. Xonamni eshigi taqilladi. Bildim qizarib
ketgan edim pomidor emas lavlagiday qizil edim


-kiring
Eshik tomonga qaradim... Tilim aylanishni unutdi
-Yusuf?
-ha men
-siz...bu yerda?
-gapni cho'zmayman seni olib ketgani keldim
-nega?
-oyim olib kel dedilar
Xafa bo'ldim... To'g'risi men undan seni sevganim uchun degan gapni kutgandim. Birdaniga
g'alati bo'lib qolganimga u ham tushunmaganday qaradi
-ketamizmi?
-muddat tugashiga atiga 1 hafta qoldi
-1 kun qolgan bo'lsa ham olib ketaman
-lekin...
-seni pastda kutaman
Deb xonamdan chiqib ketdi. Ablah men rozi bo'lmadimku hali. Mahluq, qovun, bezbet,
surbet, mol, nog'oramiyya va xullas shunga o'xshash uni ajoyib so'zlar bilan siylab o'tirgan
vaqtim telefonimga sms keldi
YUSUF
-meni g'iybatimni qilmay tezroq tayyorlan!
Ko'rib kuldim. O'zi uchun bo'lmasa ham oyijon uchun hop debdiku. Nima bo'lsa bo'lar. Menda
ham ayb borku ahir!
Narsalarimni olib pastga tushdim, hamma bilan xayrlashib uyga yo'l oldik.
Yo'l bo'yi jim ketdik.
Uyga ham yetib keldik, uyga kirgandim oyijon meni ko'rib hayron qoldilar
-Madina qizim?!
-Assalomu aleykum oyijon
-voy qizimee sog'intirib yubordingizkuu


-uzr oyijon
Deb boshimni egdim. Nima uchun uzr so'raganimni tushundilar shekilli yuzimni kartlarini
orasiga olib silab qo'ydilar
-Yusuf demak Madinani olgani ketgan ekansandaa? O'zim ham aytdim bu bola nega shoshib
qoldi ekan deb!
-a? Qanaqasiga?
Yusuf indamadi. Biroz g'alati bo'ldida
-men boray ishim bor
Deb ketib qoldi. Keyin men ham oyijon bilan miriqib suhbatlashdik. Aytishlaricha Surayyo
opa ishdan bo'shabdilar, Sumaya boshqa joyda ish topib ketibdi. Dadasini uzoq qarindoshi
qishloqda vrach ekan shunga yordamga ketibdi. Sora yangani ota-onasinikiga yuborishibdi.
Uni ketganini bilardim lekin qayerga ketganini bilmas edim. Men bilan ketishidan avval
ko'rishgandi. Uzr ham so'ragandi, rahmat ham aytgandi, uni militsiyaga berib otasiz
o'sayotgan bolani onasiz ham qoldirgim kelmagandi. Keyin Yunus keldi. U bilan ham salom
alikdan keyin ovqatga unnab yubordim. Lekin umuman tushunolmadim, nega Yusuf onam
uchun deb olib keldi? Oyijon meni ko'rib hayratlandiku? Shularni o'ylab turgan vaqtim Yunus
kelibdi, sezmabman ham
-nima bo'ldi kelinoyi?
-akangizni qarang! Oyim seni olib kel degan deb olib keldi bu yerga, bu yerga kelsam oyijon
hayron qoldilar! Yusuf yolg'on gapiribdi yana! Ablah
Dedim. U bilan ancha muncha yaqin bo'lib qolganimiz uchun har gapni aytardim unga
-hmm...demak rejamiz ish beribdidaa!
-qanday reja?
-xullas oyim bilan kelishdik. Senga bir kursdoshing sovchi yuborganini akamni oldida aytdik
Dedi turjayib.
-iyee kim aytdi?
Ko'zlarim katta-katta bo'lib ketdi
-eshitdimdaa! Xullas akamni ko'rganingda edi bu gapni eshitib tepa sochi tugul orqa sochi
ham tikka bo'ldi, bo'rtib chiqmagan tomiri qolmadi. O'zi bilgandim yugurguday bo'lib
mashinasiga o'tirib ketayotganda hoynahoy borar joyi sizning uyingiz bo'lsa kerak deb


U shu gaplarni aytib rosa kuldi. Men ham qaysidir ma'noda baxtli edim. Menga sovchi
qo'ygan kursdoshimni borib peshonasidan o'pib qo'ygim keldi))
Ahmoqona! Peshonasidan o'par emishman? Kulguli, juda ham. Chunki u sovchi yuborganda
akamga kaltaklattirmoqchi bo'lgan edim. Tavba tavba! Yusuf... Demak meni qizg'onib olib
kelibdidaa? Buncha shirin tuyg'uyaa bu? Ajoyib... Meni rashk qilishi menga o'tib ketgan
darajada yoqib tushdi.
Oradan yana 3 kun o'tdi. Bu kunlar ichida deyarli uni ko'rmadim. O'zim ham indamay
o'qishga boraman, kelaman. Uy ishlari... Shartnoma tugashiga 1 kun qoldi. Undan deyarli
umidimni uzdim... Chunki u menga qaramayabdi ham... Balki rostdan ham onasi uchun olib
kelgandir... Ertaga bu narsalar tugaydi... Oyijon aytganlari uchun Yusufni chaqirgani
xonasiga chiqdim. Taqillatdim hech kim javob bermadi, keyin ichkariga kirdim, hech kim yo'q
yuvinish xonasining eshigini taqillatdim ammo hech kim javob bermadi. Xonasida emas ekan
deb chiqib ketmoqchi bo'lib turgan vaqtim ko'zim bir daftarga tushdi. To'g'rirog'i uning bir
chetidan chiqib turgan surat tanish ko'rindi va asta uni oldim. Vo ajab! Bu menku!? Daftarni
ham qaradim, aftidan kundalikka o'xshadi shoshib shoshib bir ikki satr o'qidim
"Sen bilan ko'rishishim taqdir ekan, senga uylanganim tanlovim bo'ldi, lekin seni sevib
qolishni nazoratimga ola olmadim"
"G'alati holat ekan birini undan uzoqda, o'ziga bildirmay sog'inib yurish, uni o'ylash, xuddi u
ham sen kabi seni o'ylaydiganday va sen uni eslaganingda uning ham aqliga sen
kelganingni umidla kutmoq"
Oyijon chaqirganlari uchun yana pastga tushdim. Yusuf tashqarida ekan, u ham bir menga
qaradiyu keyin joyiga o'tirdi.
Kechki ovqat barchamiz taomlanib o'tirgan edik dadam gap boshladilar
-Yusuf o'zingni mehmonxonangda qilasanmi bazmni?
-ha shunday. Kursdoshlarim ham keladi. Bilasiz hammasi chet ellik shunga yevropacha
bo'ladi.
-mayli o'zing bilasan!
Yonimda Yunus o'tirgan edi sekingina undan so'radim
-qanday bazm?
-nima bilmaysizmi?


-bilsam so'rarmidim?
-akamni tug'ilgan kuni
-nima?
-haa! Shunaqa
-nega menga aytmadi?
-ha sizga meni tug'ilgan kunim tayyorlan deydimi? Qiziqsizdaaa!
-ha to'g'ri
Deb indamadim... Endi nima qilishni o'ylayapman. Lekin hammasidan ham avval kundalikni
boshidan o'qishim kerak.! G'alati lekin men unga juda juda qiziqyapman. Chunki bilinib
turibdi, bu kundalik to'yimizdan keyin tutilgan ekan sanasiga qarab bildim!
Ertalabdan hamma yugur-yugurni boshlab yubordi. Mening esa negadir ichimga chiroq
yonsa yorishmaydigan ahvoldaman, unga sovg'a ham olmadim. Umuman olganda unga
nimadir bergim ham kelmayapti. G'alati xis... Keyin aqlimga bir narsa keldi. Bundan jilmayib
qo'ydimda kerakli joyga qo'ng'iroq qilib buyurtma qildim va buyurtmam kelishini kuta
boshladim. Ertalabdan beri Yusuf yo'q. Ablah qayerga ketdi ekanaa? Ichim qizib kulga
aylanaman hozir. Oradan yarim soat ham o'tmasdan buyurtmam keldi. Yugurib pastga tushib
uni oldim va Yusufga yuzma-yuz bergim kelmay shunchaki xonasiga qo'yib qo'yishni afzal
bildim. Albatta oldiga kichik xatcha ham yozdim...
Xonasidan chiqayotib esimga kundalik tushdi, shu kunlarda juda ham hayolparast va esar
bo'lib qoldim. Albattada o'z erini tug'ilgan kunini unutgan xotin hozir bunday narsalarni
unutishim hamir uchidan patirga tengku!
Xullas kundalikni qidira boshladim. Ko'zim har xil medallar, diplomlarga tushdi. Eng qizig'i
ularning barchasi ingliz tilida. Bu mahluq menga o'qimaganman degandi lekin mana turibdiku
eng nufuzli universitetni biznes sohasining diplomi yana yetmaganday qizil rangda! Ablah,
yolg'onchi, eshshak, nog'oramiyya, mahluq. Mayli bular keyinga endi kundalikni o'qishni
boshlayman
"O'zimni qidiryapman va doim sening yoningdan chiqyapman...
"1 oy... Hech narsa yozmadim... Chunki seni ko'ra olmaganimdagi 1oyda deyarli
yashamadim hisob...
"Shunchaki meniki bo'lishingni haddan ziyod ko'p istayapman


"Ishonmading... Nahot bu qadar vaxshiy bo'lsam... Tan olaman qasos ko'zlarimni ko'r qilgan
lekin, senga va sen yaxshi ko'rganlarga zarar beradigan darajada razil emas edim...
Shundan so'ng boshqa o'qiy olmadim. Unga ishonmaganim uchun bu qadar xafa bo'lganini
tahmin ham qilmagan ekanman... Sezgan edim, mendan xafa ekanligini bilgan edim. Lekin
bu darajada deb o'ylamagan ekanman. O'qishga ko'zlarimdagi yoshlar halal berayotgani
uchun ham o'qigim kelmadi, bardoshim yetmadi shekilli, indamay yana joyiga qo'yib
xonasidan chiqib ketdim.
Bir payt eshigim taqilladi qarasam xizmatchi qiz ekan 2 ta quti berdi
-Yusuf sher berib yubordilar kechga shularni kiyar ekansiz
Dedi. Men ham indamay qo'lidagilarni oldim. Kattarog'ini ochdim. Keng va uzun, yengi ham
keng va uzun kulrang ko'ylak. Aslida juda chiroyli lekin kattaroq ayollarnikiga o'xshaydi. Mayli
nima ham derdim. Kichikroq qutini ochdim. Meni o'lchamimdagi oq rangli poshnasi o'rtacha
tufli. Ortiqcha bezagi yo'q. Didi ajoyib, haqiqatdan ham yoqdi, lekin, ko'ylak... Ablah meni
didimga gap otganday qildimkin deb turgan vaqtim xuddi menga javob tarzida ko'ylakdagi
qutidan kichkinagina qog'ozcha chiqdi
"Seni didingga gap otmadim! Iltimos bugun shularni kiy. Qara iltimos dedim! Buyruq
bermadim. Ahir bugun tug'ilgan kunim meni xafa qilmassan degan umiddaman))"
Ablah! Nima ham derdim. Indamaymandaa har holda bugun "uning kuni".
Ko'ylakka mos tarzda sochlarimni sal jingalak qilib yig'ishtirib oldim ortiqcha pardozniku
umuman hushlamayman. Shu sabab yengilgina qilib pardoz qildimu pastga yo'l oldim.
Pastda Yusuf meni kutib turgan ekan, kelganimdan beri endi uni menga bunday qaraganini
ko'rdim. Ustiga qora kastyum-shim va qora ko'ylak kiyib olibdi. Xaqiqatdan ham juda
kelishgan edi... U ham oldimga kelib
-chiroyli bo'lib ketibsan
Deb burnimni chimchilab qo'ydi. Bildim, qizarib ketdim. Unga indamay jilmayish hadya
qildimu mashina tomon ketdim. Yo'l bo'yi jim ketdim oxiri chidolmadim
-kursdoshlaringiz... Ahir siz?
-o'qiganman!
-yana bir yolg'on
-yo'q bu sir!
Kulib yubordim. Keyin unga qarab
-hammasi sir bo'lgana?
-balkim...


-qayerda o'qigansiz?
-avval westda biznez sohasida keyin chet elga ko'chirganman, o'sha yerdagi maktabda
o'qiganim uchun bu yerga umuman ko'nika olmadim shu sabab universitetni ham ko'chirtirdik
-haa...
Shu bilan boshqa gaplashmadik. Men indamay shaharni tomosha qilib ketdim.
Vanihoyat mehmonxonaga ham yetib keldik, ichkariga kirar ekanman negadir titroq bosdi...
Kiriboq ota-onam, akam bilan salomlashdim. Samiyani esa men taklif qildim buncha
begonani ichida o'zimni umuman noqulay his qilardim ahir. Yusuf, men, akam va Samiya
turgan edik Yusuf
-hozir kelaman
Deb ketib qoldi, qarasam endigina eshikdan kirgan bir oriqqina kalta ko'ylak kiyib olgan
sochlari sariqsifat o'zi esa murdadek oq bir qiz Yusufga qarab kulib keldida yuzidan o'pib
qo'yib sovg'asini berdi. Asablarim ming emas million bo'lib ketdi. Ko'zlarim tarmoqdan chiqib
ketdi. Ularga qarab turarkanman qiz Yusufga suzulib qarab gapirayotgani g'ashimni keltirdi
keyin esa indamay ular tomon yurib boriboq Yusufni qo'lidan tutdimda kulib
-kim bu begim?
Dedim. Yusuf menga hayrat bilan qaradida keyin miyig'ida kulib
-tanish bu meni kursdoshim Kamila, Kamila bu meni rafiqam Madina
Dedi, qiz menga boshdan oyoq qarab mensimaganday qildi. Jahlim chiqsada jim turdim
keyin menga qo'lini uzatdi
-tanishganimdan xursandman Madina
Dedi. Men esa bir unga bir qo'liga qaradimda Yusufni quchib oldim u ham yelkamdan tutdi,
hayriyat bir safar qovun tushurmadi, qizga ahamiyat ham bermay
-ketdikmi? Sizni dadajon chaqirayotgan edilar
Dedim, u ham Kamilaga
-men hozir, sen anavi yerga boraver Saralar ham kelgan o'sha yerda hamma
Dedi, keyin menga qarab
-yuraqol azizam


Dedi so'ng ketdik biz. Ortimga qarasam Kamila qulog'igacha qizarib ketibdi. Suyunib ketdim.
Keyin Yusufning gaplari hayollarimni tumanday tarqatib yubordi
-nega aldading?
-nima?
-dadam chaqirmaganlarini yaxshi bilib turibman
-hmm... Yaxshi bo'libdi bilsangiz.
Unga zarda qilib oldim. Uni qizg'onganimni bildirmaslik uchun nuqul nigohimni olib qochdim.
Lekin baribir unga tutulib qolaverdim. Bir do'sti Yusufni chaqirib qoldi, u ham
-hozir kelaman
Deb ketdi. Yana yolg'iz qoldim. Samiyani ham men bilan ishi yo'q! Akam bilan nimalarnidir
nuqul gaplashishadi. Akam esa unga kulib gapiradi. Mening muzlatgich akam Samiyaga
biram erib moydek gapiradikii ba'zida! Ha mayli nima ham derdim. Zerikib ketganimdan
qadahni o'ynab o'tirsam kimdir kelib atay turtdi, qadahdagi sharbat etagimga to'kildi
-oh sorry azizam kechir!
Kim bu ovozi xunuk chala ingliz deb boshimni ko'tarib qarasam anavi 4ta kam tannoz Kamila
qarab turibdi
-mayli hech qisi yo'q
Deb yuvinish xonasiga ketdim. Ko'ylagimni epaqaga keltirib tursam eshik ochilib skelet
Kamila kirib keldi. Unga ahamiyat ham bermay yana ishimni davom ettirdim
-sen rostan Yusufni xotinimisan?
-ammangni qizimanmi meni sensiraysan betamiz tulki
Dedim. U bilan juda urushgim keldi shu payt
-tushunmadim?
-atay ustimga to'kib yuborganingni bilib turibman
-ha men o'ylagandan ko'ra aqllisan
-sen esa meni o'ylashimga ham arzimaysan
-Yusuf seni sevmaydi. Ayniqsa bunday did bilan senga umuman qaramaydi
Deb ustimdagi keng ko'ylakka ishora qildi. Endi rostdan ham jahlim chiqdi


-nima senga qaraydimi?
-albatta jonginam ahir u bilan chiroyli o'tmishimiz bor!
-senga rahmi kelib manabu etagiga mato yetmagan ko'ylagingga mato uchun yordam qo'lini
cho'zar, lekin senga qarashi... Mmmm hozir qayt qilib yuboraman.
Atay o'zimni bemaza narsa yegan odamday yuzimni burishtirdim. Ish berdi uni murdadek oq
yuzi endi qizarib ketdi
-qanday xadding sig'di bunday deyishga?
-sen uyal birovni eriga osilishga
-ochig'ini aytaman. Sen semiz va kelishmagan qizsan balki yuzing silliq chiroylidir lekin
qomating dabdala ekanligi eshikka o'xshab kiyinib olganingga qaraganda... anchayin
berkitgansan o'zingni!
Deb indamay kulib chiqib ketdi.
Ajinam:
"bor sochidan yul, kuching yetadiku yulib tashla shu sariq chayonni"
Deyapti lekin uni gapida ham jon borda! Ko'ylagim chiroyli bo'lsa ham men rostdan ham
eshikka o'xshab qolgandim..
Ko'ylagimni qancha tartibga keltirmay baribir ham dog' bo'lib qoldi hamda juda g'ijim edi.
Uydagilarga aytay desam hamma kech bo'ldi deb ketib qoldi, yoshlar dam olinglar deb bizni
tashlab ketishdi uyga. Obbbooo endi nima qilaman?
Ehhh kallamga qoyilmandaa! Hozir anavi yalmog'izni ham adabini beraman. Telefonni
qo'limga oldimu kerakli raqamlarni terdim ko'p kuttirmay go'shakni men istagan inson ko'tardi
-alo
-alo Dilnoza dugonajon yaxshimisan?
-yaxshi rahmat Madinam o'zingda nima gaplar? Uydagilar yaxshimi?
-yaxshi yaxshi senga bir iltimos bilan qo'ng'iroq qilayotgan edim
-xo'sh qanday?
-menga tunov kungi qizil ko'ylakni bera olasanmi?
-hozirmi?


-ha erimni mehmonxonasidamiz. Sening atleyeying uyimdan yaqin bu yerga shunga shu
ko'ylakni menga tashlab keta olasanmi?
-ha mayli hozir 10 daqiqada boraman
-ohho buncha tez
-uyga ketayotgan edim, ko'ylak ham o'zimda edi
-hop kutaman seni
Shu bilan oradan 10 daqiqa o'tar o'tmas ko'ylakni qo'limga oldimu uni kiyib oldim qip qizil
qomatim bilinar darajada tor va kalta ya'ni men uchun anchagina kalta ko'ylak, yig'ilgan
sochlarimni yoyib oldim. Pardozimga lab bo'yog'ini qo'shib oldim.
* * *
Yusuf tinmay Madinani qidirdi, so'ng bir xizmatchi uni yuvinish xonasiga ketganini aytgandan
keyin o'sha joyga ketayotgan edi ko'rgan manzarasidan bir hayratlansa bir g'azablanardi
* * *
Yuvinish xonasidan chiqib to'g'ri katta zalga tomon odimladim. Endi ko'rinish berishim bilan
xavotir bilan kelayotgan Yusuf meni ko'rdiyu avval shunchaki qarab turdi keyin esa bir
qoshini yuqoriga ko'tardi. Hamma bizga qarab turibdi. Men ham kulib Yusufning oldiga
bordim. U avval qarab turdida keyin yana bir do'sti kelib qolgani uchun nigohini unga qaratdi
-uzr kechikib keldik! Tug'ilgan kuning bilan do'stim
-rahmat Sanjar
-Tug'ilgan kuning bilan Yusuf
Deb o'sha do'stining yonidagi qiz ham unga sovg'a berdi, va o'sha do'sti bilan qo'l ushlashib
oldi.
-rahmat Mohinur
-xo'sh bu go'zal qiz kim?
O'sha Mohinur degan qiz menga qarab Yusufga savol berdi
-a? Ha tanish bu meni rafiqam Madina
-iye o'sha qiz sizmisiz?
-qaysi qiz?


-Yusufning yagona muhabbatida! Umuman qizlar bilan muomala qilolmasdi. Uni uylanibdi
deyishganda ochig'i ishonmagan edik
-nega endi Yusuf muomalali va mulohazali
Dedim men ham ularga kulib qarab. Keyin esa Yusufga qaradim u tushundi shekilli
-ha Madina tanish bu do'stim Sanjar va rafiqasi Mohinur ular bilan birga o'qiganman, ikkisi
ham kurdoshim bo'lgan
-ha ajoyib! Tanishganimdan xursandman
Deb Mohinurga qo'limni uzatdim u ham samimiy qiz ekan men bilan ajoyib muomalada
bo'ldi.
Mohinur gaplashib turgandik ora-sirada Yusuf menga yeb qo'yguday qarayverdi, keyin men
ham undan ko'zlarimni uzmay turaverdim
-ko'z bilan aloqaga chiqyapsizlarmi?
-a?
Mohinur dabdurustdan bergan savolidan gangib qoldim
-u sizni rashk qilyapti shekilli
-nega unday deyapsiz?
-odatda men ham o'zimag qarab ko'chaga chiqsam Sanjar shunday qaraydi. Tajribamdan
o'tgan
Uning bu gapidan ikkimiz ham kulib qo'ydik. Birozdan keyin Yusuf mening oldimga kelib turib
oldi. Bir vaqt hamma raqsga tusha boshladi, ko'zim skelet Kamilaga tushdi, biz tomonga
qiyshanglab kelayotgan edi. Sinaman sinaman deb keladiyaa oriq taka! Bir vaqt Yusuf
indamay belimdan tutib raqs tusha boshladi, ko'zim bilan Kamilaga qaragan edim joyida
taqqa to'xtabdi. Ichimda battar bo'l dedimda Yusufga qaradim
-nega bunaqa kiyimdasan?
-kiyimimga o'tmishingiz dog' tushirdi
-nima?
Rosti shu gapimga o'zim kulib yubordim.
-Sharbat to'kilib ketdi
-uyga ketamiz desang ketardik. Shart emasdi bunaqa allambalo kiyishing


-nimaa sizni tashlabaa? Hech qachon!
-o'zingni ko'z-ko'z qilishing shartmasdi! Seni men ko'rsam bo'ldi edi
-og'zingizga qarab gapiring o'zimni ko'rsatayotganim yo'q!
-yaxshi unda uyga ketamiz
-lekin... Tug'ilgan kun...
U meni ortimga qarab turganini ko'rdimu men ham qayrildim. Obboo menga sovchi qo'ygan
kurdoshimkuu bu!
-men hozir
Deb ketayotgan edi. Uni to'xtatdim
-Yusuf! Negadir boshim aylanyapti uyga ketaylik
Dedim o'zimni g'alati xis qilayotgan odamlarday tutib
-tuzukmisan?
-ha ha dam olsam o'tib ketadi. Yuring ketaylik
Dedim u ham indamay yelkamdan tutgancha ko'chaga olib chiqdi. Paltoyim butkul esimdan
chiqibdi, u esa o'zinikini menga kiydirdi. Eng kulgulisi shuki uning paltosi ko'ylagimdan ancha
uzun turdi. Kulgim qistadi.
Jimgina uyga keldik. Men esa echkiday mashinadan tushiboq xonamga kirdim. Yusufga
qarasma hayrat va g'azab to'la nigohlar bilan qarab turibdi.
-Madina kirsam maylimi?
Eshikni yopishim bilan izimdan kelibdiyaaa
-ha! Yo'q! Yo'q kirmang
-gaplashib olishimiz kerak
-nima haqida
-eshikni ochsang yuzma-yuz gaplashardik
Erinibgina eshikni ochdim
-bu allambaloni qayerdan olding?


-dugonam berib ketdi
-nega?
-aytdimku
-sabab?
-Komilaxon ko'ylagimni dog' qildi dedimkuu!
-menga aytsang o'zim olib kelardim senga boshqasini
-ha ko'rdim didingizni eshikka o'xshab qoldim unda
-esingni yedingmi? Qanaqa eshik?
-semizlarni eshik deydi
U bu gapimdan kulib yubordi.
-Madina seni eting suyagingga yopishib yotibdikuu! Qayering semiz
-buni anavi yalmog'iz sariq chayon Komilaxondan so'rang
-u senga nimadir dedimi?
-...
-Madinaaa?!
-ha siz bilan chiroyli o'tmishingiz bo'lganini aytdi!
-nima? Nima?
-uni sevganmisiz?
Unga ko'zlarimni mo'ltiratib qaratib turar ekanman u kulib qo'ydida
-yo'q quyoshcham uni bir ikki marta himoya qilganimga dramma qilib yuboribdi senga
Deb kulib ikki yuzimdan chimchilab qo'ydi. Men esa xursand bo'lib ketdim. Keyin u menga
jiddiy qarab
-anavi satang kursdoshing seni yaxshi ko'rarmidi?
-qaysi?


-senga sovchi qo'ygan
-bilmaymam. Men ular bilan aloqa qilmaganman. Yigitlarni jinim suymaydi
Dedim. U esa indamadi va menga yaqin keldida
-iltimos bunaqa allambalo kiyimlarni hammani oldida kiyma! Sen dunyodagi eng chiroyli
qizsan! Va buni men bilsam shuni o'zi yetarli
Negadir uning maqtovlari menga moyday yoqib ketdi. Shu payt o'rtada reklama deganday
telefoni jiringlab qoldi. Men ham kech bo'lganda nima ekan deb qaradim. Qarasam
bildiruvchi xabarnoma ekan
"Shartnoma muddati tugadi"
Xabarni men ham o'qidim va unga qaradim u esa cho'ntagidan shartnomani oldi. Buklab
yuboribdi tavba!
-tugadi...
-...
-shartnoma muddati tugadi
-...
-endi...hammasi...
-sen aytganday shartnoma muddati tugadi, lekin meni sevgim emas!
-shartnomaga yozilgan sevib qolish mumkin emasdi!
-men imzo chekmaganman
-nima?
-haa! Seni sevib qolishimni sezganman shekilli imzo chekkim kelmagan
-demak endi... Endi nima bo'ladi?
-imzoyingga rozi bo'l
Dedida shartnomani bo'laklarga bo'lib tashladi. Og'zimni yopolmay qoldim. U esa
indamadida yanayam yaqinroq kelib
-endi muddat yo'q! Shartlar yo'q! Faqatgina sen, men va sevgimiz bor...


Erta tongdan uyg'onib bomdod o'qib unutib qo'yayozgan kelinlik vazifalarimni qila boshladim.
Nonushta tayyorladim hamma birma-bir nonushtaga tushdi. Biz baxtli bor oila edik.
Yusufning ko'zlari menga tushishi bilan qizarib ketayotgan edim. U ham tikilib charchamaydi.
Hamma duo qilib o'rnidan turdi. Endi dasturxonni yig'ishtirayotgan vaqtim oyijon
-Madina siz eringizga qarang
Dedilar. To'g'risi hech qanday istisnolarsiz rozi bo'ldim. Chunki uni haqiqatdan ham
sog'ingandim
Eshikni ochib kirishim bilan u men kecha qo'yib ketgan sovg'amni olayotganini ko'rdim.
-yoqdimi?
-sen berasanu yoqmasmidi quyoshcha
Dedi. Ichidagi xatni o'qib yana kuldi men esa unga qarab indamay turaverdim
-g'alatisanaa?
Dedi. Men esa
-oz-moz
Dedim. U kulib meni bag'riga bosib peshonamda o'pib qo'ydi. Qo'lidagi kitobga
qararkanman faqatgina nomi yoqqani uchun olganim esimga tushib kulib qo'ydim." TO SENI
TOPGUNIMCHA" Ichidagi xatga
"Kulrang ko'zli mahluq shaxzodaning yana bir yilga qarigani bilan.))"
Deyilgan edi. Unga chiroyli gap aytgim kelmaydidaa nima qilay?
-haligiiiii...
-obbo chaynalmasangchi
-bugun uyga borsam degandim
-uyingdasanku shundoq ham
-yo'q. Ota-onamni oldilariga
-nega? O'zi yaqinda keldingku
-bilasizku yaqinda akamni to'yi... Shunga oyim bilan Samiyaga nimadirlar olamizda sarpoga
-hop unda ishdan chiqib olib ketaman


-iye voy... Haligi...
-yana nima?
-men qolmoqchi edim bir kechaga
-yo'q! Bo'lmaydi! Ishdan chiqishda olib ketaman
-1 kungaa
-Madina!
-hop mayli.
-xafa bo'lma! Bilasanku sen quyoshchamsan! Sen yo'q bo'lsang menda qora bulutlar paydo
bo'ladi
-hop tushundim. Unda kelishdan avval qo'ng'iroq qiling hop
-hop. Haya oyimdan so'radingmi?
-ha men kecha so'ragandim
-ha yaxshi
-meni tashlab qo'yasizmi?
-ha albatta! Tezroq tayyorlan faqat!
-hop bo'ladi
Deb xonamga kirib kiyimlarimni alishtirdimda tezda uni oldida paydo bo'ldim.
Yo'l bo'yi har xil mavzularda gaplashdik. Uning hazillarini eshitib ichagim uzulay deydi doim.
Ajoyib gaplar gapiradi. Men ham unga javob qaytarsam avval jinniga qaraganday qarab
keyin o'zini to'xtata olmay kuladi. Bir kunda hayotim o'zgardi! Baxtliman... U bilan o'tgan har
onim menga olam-olam baxt beradi, bermoqda, beradi ham...
Uyga ham keldim. Ochig'i bir ishni tuzuk qila olmadim. Hayollarim unda qoldi. Akam kelib
qoldilar hali ketishimga vaqtli bo'lsa ham akamga aytdim uyga olib borib qo'ydilar. Chunki
bugun Yusufga ajoyib syurpriz qilmoqchi edim. Uyga kelganimdan keyin o'ylab qo'ygan
ishlarimni qildimda uni qo'ng'iroq qilishini kutdim
-Madina tayyor bo'lib tur seni olgani ketyapman
-yo'q kelmay qo'yavering
-nega?


-faqat jahlingiz chiqmasin
-Madinaaa! Aytaqolsangchi!
-biz hozir bir qarindoshimiznikidamiz. Manzilni yaxshi bilmayman. Uyga qaytishdan avval
akam meni uyga olib boradi. Faqat jahlingiz chiqmasin hooop!
-nega meni xabarim yo'q?
-telefonimni quvvati tugabdidaa shunga!
Bildim uni jahli chiqdi. Og'ir nafas olib chiqardida
-hop extiyot bo'l
Deb telefonni qo'yib qo'ydi. Kutganimday ishim ish berdi.! Birozdan keyin eshigim ochilib
Yusuf kirib keldi qo'lida qog'oz bilan
* * *
Yusuf jahli chiqqan bo'lsada indamadi va o'z xonasiga kirdi. Garderob xonasiga kirdiyu qotib
qoldi. Birorta ham kiyimi yo'q. Kiyim ilgichga esa xat qoldirilgan
"Adashdingiz! Endi xonangiz bu yer emas!"
Yusuf mamnun jilmayarkan yotog'ining ustidagi moviy rangdagi qog'ozga ko'zi tushdi.
Sekingina borib o'qidi
"Xurmatli Yusuf Sherxonov va Madina Sherxonova ( Og'abekova)lar bir-birini to o'lgunicha
sevishga va'dalashdi!
Ikki tomon hamda tomonlar bu shartnomaning yagona sharti bo'lmish
HECH QACHON TASHLAB KETMASLIK!!! HAMDA DOIMO XATTO QARIGANDA HAM
SEVISHGA
va'da berishini imzolar orqali kuchga kiritsin!!!
Yusuf shularni o'qib kulib qo'ydi va
-obbo mendan oldin imzo ham qo'yib bo'libdi
Deb Madinaning xonasi ya'ni endi xonalari tomon ketdi eshikni taqillatmasdan ochish
xuquqiga endi ega bo'lgani uchun taqillatmasdan ham xonaga viqor bilan kirdi
* * *
Menga biroz qarab turdida keyin kulib yonimga keldi


-yolg'onchi
-yo'q syurpriz
Dedim mamnun kulib. U esa indamay mening o'zgacha uslubdagi yangi shartnomamga imo
qildida
-buni hech keragi yo'q edi
-aaa? Nega ekan? Kerak edi! Xatto juda ham kerak edi
-g'alatisandaa
-to'xtang!
-nima bo'ldi?
Qo'limga tezda ruchkani oldimda
-qani meni ko'z oldimda imzo cheksinlarchi shaxzoda zoti oliylari
Deb unga ruchkani berdim. U menga qarab kulib imzo chekdi. Bolalarday quvonib ketdim.
-bo'ldimi?
-ha bo'ldi!
-meni narsalarim qani?
-xonangizda!
-xonam bo'sh edi
-uzr sal yanglish gapirdim "xonamizda"
Dedim xonamizda degan gapimga alohida urg'u berib. Keyin u menga qaradida
-nega bu yer! Meni xonam yaxshi edi
-tushuning u qop qora xonangizda men nafas ololmay qolaman. Istasangiz o'sha xonaga
qaytib boring!
Dedim labimni burib u esa asta yonimga keldida
-men esa sensiz nafas ola olmaymanku
Dedi. Men esa unga qo'y ko'zlarim bilan qarab turaverdim.


-bu ishing uchun jazo olasan
Dedi bir payt
-qanday jazo?
-menimcha bilasan!
Xaqiqatdan ham baxtli kunlarim boshlandi. Akamning to'yi o'tdi. Ajoyib fasl bahor ham kirib
keldi. Ortidan esa yoz. Hammasi yaxshi edi, faqat oxirgi paytda Yusufni uncha ko'rgim
kelmay qolyapti... Negaligini bilmadimkuyaa lekin ba'zan bunda o'zim ham qo'rqib ketaman!
Uni ba'zi hollarda haddan tashqari sog'insam ba'zi hollarda umuman ko'rgim kelmaydi...
Hammasi maromida edi. Toki o'sha kunga qadar...
Bugun oyim bilan dadamni ko'rganimga ham 15 kun bo'libdi. Uydagilardan ruhsat olib
uydagilarni ko'rgani keldim. Hamma bilan suhbatlashdim lekin negadir nuqul asabiyman.
Issiq ham juda issiqlik qilyapti. Kechki salqinda Samiya ikkimiz sharbat ichib o'tirgan edik u
meni homush o'tirganimni ko'rib
-nimadir bo'ldimi?
-yo'q! Hammasi joyida
-negadir g'alatisan!
-qaysi ma'noda
-kamgapsam! Yana avvalgidan ham injiq. Yusuf bilan urushib qoldingni?
-uyga keltirmayapman
-nega?
-bilmasam! Ba'zida uni juda ko'rgim keladi, ba'zida esa umuman uyda bo'lmasaku deyman!
Atrining ham hidi ba'zida ko'nglimga yoqmaydi. Yarim kechasi turib yana uni qidiriman ham!
-homiladormasmisan?
Uning bu gapi miyyamga sanchilgan o'qdek bo'ldi. Titrab ketdim
-yo'g'ee
-nima yo'g'ee? Erli ayolsan homilador bo'lishing tabiiyku!
-bilmasam! O'tgan safar shunday deb o'ylaganimda hammasi puchga chiqqandi. Bekorga
yana umidvor bo'lmay


-kel undan ko'ra tekshiruvga boramiz
-qanday bo'larkin?
-ajoyib bo'ladi. Ochig'i seni bunday qiliqlaringdan keyin tahmin ham qilmay aniq diagnoz
qo'yaman! Sen homilador bo'lsang kerak
-eyy menga bekorga umid berma!
-hop yur borib kelamiz
-aha hop
Deb ikkimiz tekshiruvga bordik. Ultratovush apparatida tekshirayotgan ayol
-tabriklayman! 2 oylik homiladorsiz
-nima? Qanaqasiga? O'tgan oyda test qilgandim unday emasdi!
-testlar doim ham to'g'ri bo'lavermaydi singlim!
-ha tushundim rahmat
Deb karaht ahvolda uning yonidan chiqdim. Chiqishim bilan Samiya
-nima bo'ldi? nima dedi?
-Samiya men...men ona bo'larkanman
-voy anaaa aytgandimkuu Alloh dilimga solgan ekan qaraa
-haa
Deb baxtdan yig'lab yubordim. Uydagilarga telefonda aytdimu O'z uyim tomon yo'l oldim. Bu
orada Yusufga ham xabar yubordim bugun uyga ertaroq kelishini aytdim.
Uyga borib oyijonga aytdim juda xursand bo'lib peshonamdan o'pib qo'ydilar. Kechki payt
ham bo'ldi, hamma dasturxon atrofiga yig'ildi meni Ko'zlarim Yusufni kutardi. Vanihoyat u
ham keldi. Uni quchoq ochib kutib ololmadim albatta chunki oldimda oyijon va dadajon ham
bor edilar. Taomlanib bo'lganimizdan keyin xonamga chiqdim. Qarasam Yusuf anor sharbati
ichib o'tirgan ekan. Buni azaldan og'zimga ham olmayman. Lekin hozir ko'rgan narsamni
yegim kelyapti
-nima ichyapsiz?
-anor sharbati
Dedi u zardali ohangda keyin men ham indamadim rosa ichgim keldi lekin indolmadim.


-seni bezovta qilmay men ish xonamda bo'laman
-leki...
-bilaman ko'rging yo'q shuning uchun ham chiqib ketyapman
Deb indamay notebookini quchgancha chiqib ketdi. Soat 23:47 hali ham kirmadi xonaga.
Oxiri ko'zlari suzulib kirib keldi
-haliyam uxlamadingmi?
-yo'q!
U esa indamadida vannaga kirib keta boshladi. Men esa dabdurustdan
-homiladormiz
Dedim. U parvoyiga ham ilmay
-omad
Deb vannaga kirib ketdiyu zum o'tmay suzulgan ko'zlaridan asar ham qolmay otilib chiqdi
-NIMA?
Sekin o'rnimdan turdimda bag'riga mushukday kirib olib
-ha 2 oylik ekan! Endi biz ham ota-ona bo'lamiz Alloh nasib qilsa
Dedim. U esa sochlarimni asta siladida
-Allohga shukr senga esa rahmat
Dedi. Men ham indamadim keyin u
-doktorga boramiz
-bugun bordim. Hammasi joyida ekan!
-nimadir yeging kelyaptimi?
-yo'q
-nega och yurma endi hopmi? Doim o'zingga qara! Hadeb ish qilma! Quyoshda umuman
ko'chaga chiqma
-voy nima men daydimidim ertayu kech ko'chada yuradigan


-qaydam? Meni haydab o'zing nima qilayotganingni qayerdan bilay?
-kechiring shu sabab bo'lgan ekan shekilli sizni haydashimga! Endi ketmang hop! Endi
umuman ketmasligingizni xohlayapman! Xatto hozir ham anavi atringizni yostig'imga sepib
oldim.
Dedim unga qarab. U ham menga jilmayib qo'ydi. Ko'zlarimiz bir-biriga baxt ila boqardi. Yana
ham men eng quvongani edim...
* * *
Yunus yotoqqa suyangan ko'yi telefonidagi yashil ko'zli qizga qarar ekan
-seni sog'indim... Endi imkonsizmizmi biz ham
Deb telefonni yopib yotoqqa otdiyu o'zi esa yana ishga sho'ng'ish uchun boshqa xonaga
chiqib ketdi
Yana bir ajoyib va o'zgacha tong. Hech shu Yusufdan ayrilgim kelmay qoldi. Uni ham qiynab
yubordim. Yaxshiyam shu atri bor.
Kechqurun televizor ko'rib o'tirgan edim Yusuf keldi.
-nima ko'ryapsan?
-nimadirlar
Dedim havsalasiz.
-yaxshimisan? Biron joying og'riyabdimi?
-yo'q shunchaki issiqda biroz ko'p turganman shekilli negadir boshim og'riyabdi
U esa boshmni silab qo'ydida
-shahar chetida bir qishloq bor u yerda dachamiz bor o'sha yerga boraylikmi? Salqin bo'ladi
u yerlar tog'lari bor
-voyyy rostabmiii?
-albatta quyoshcham! Men oyim bilan dadamga aytaman ular ham issiqda qiynalishyapti
-ha to'g'ri.
-hop men unda hozir kelaman
-qayerga?


-oshxonaga
-nega?
-sharbat ichgani
-menga ham anor sharbatingizdan berasizmi?
-esingni yeganmisan? Ahir sen uni og'zingga ham olmasdingku
-men...haligii..
-Madina biror joying og'riyabdimi? Rostdan yaxshimisan?
-ha yaxshiman.
-unda nega g'alati gapiryapsan?
-bir gap aytaman! Faqat kulmang hop
-kulguli gap aytasanmi?
-anaa aytishimdan avval kulyapsiz endi aytmayman
-hop bo'ldi kulmayman ayt
-to'g'risini aytsam qo'lingizda nimadir ko'rsam o'sha narsadan yegim kelyapti. Nimadir
yeyothan bo'lsangiz menigam yegim kelib qolyapti
Deb yerga qarab oldim. U jim turdi. Keyin boshimni ko'tarib qarasam kula olmay qizarib
ketgan ekan. Unga havsalasiz qaradimda
-kulevering urmayman
Dedim. U baralla kulib yubordi. Men esa indamadim keyin u
-nima deyapsan debman! Tavba tavba aytsang bo'ladiku shuni men nima ekan deb
o'ylabman
Deb yana kuldi, bu safar xafa bo'lib ketdim
-uyqum kelyapti uxlayman
Deb indamay ortimga o'girilib yotib oldim. U ham indamay chiqib ketdi. Negadir yig'lagim
keldi. Shunday qildim ham. Birozdan keyin qaytib kirdi. Oldimga o'tirib gap boshladi. Men
o'zimni uxlaganga solib yotdim


-xafamisan?
-...
-yig'ladingmi
Deb yuzimga tushib namlantirib qo'yayotgan ko'z yoshlarimni artdi
-kechir! Kulmoqchi emasdim. Lekin seni bunday beg'uborligingga kulmay ilojim yo'qdaa!
-...
-qara senga nima olib keldim
-...
-hayaa oyim bilan dadamga dala hovlini aytdim rozi bo'lishdi. Ertaga ertalab yo'lga tushamiz
deyishdi.
-...
-men borolmaymandaa faqat
Bu gapidan keyin sapchib o'rnimdan turdim
-nega bormaysiz?
-uxlamayotganingni bilgandim
-nega bormaysiz?
-...
-men sizsiz ketmayman! U yerda siz bo'lmasangiz men nima qilaman? Men ham
bormayman unda shu yerda qolaman!
-bo'ldi, bo'ldi tinchlan boraman! Shunchaki uyg'oqmikinsan deb sinab ko'rgandim
-tavba! O'takamni yordingiz
-seni bir o'zingni yubora olarmidim u yoqqa
-hmm to'g'riii... Hayaa menga nima olib kelgandingiz?
-mana meni yangi yagona sherigimga anor sharbati
Deb qo'limga katta stakandagi anor sharbatini berdi. Yagona degani esa bu uyda undan
boshqa hech kim buni ichmaydi, ichish u yoqda tursin uyga olib kelmaydi ham. Mening


shaxzodam hammadan o'zgachaligi shundan ham ko'rinib turadi. Nordon narsalarni hush
ko'radi, shirinlikni og'ziga ham olmaydi, biram ajoyib nuqul sabzavot va meva yeydi. Meni
g'irt aksim. Men uyda bo'lgan kunim och qolar edim. Menga fast food va mayda chuyda
jinnicha narsalar yoqadi. Ayniqsa chips va gazli suvlar jonu dilim. Lekin bolajonim dadasiga
o'xshagan bo'ladi shekilli shu sanaganlarimni hozir birortasini ham yegim yo'q. Tavba
kichkina Yusuf keladi shekilli..!!!
Ertalabdan barchamiz yo'lga tushdik. Faqatgina oilaviy ketdik u yerga. Men va Yusuf birga,
oyim va dadam birga, Yunus esa hammadan keyin boradigan bo'ldi.
Yo'lda ketar ekanmiz negadir juda ko'p ko'nglim aynidi avvaliga indamadim. Keyin buni Yusuf
sezdi shekilli
-yaxshimisan?
-ha yaxshiman
-ranging oqarib ketdi
-biroz ko'nglim ayniyapti. Bo'lib turadigan holat bu
-qaytaylikmi?
-yo'g'ee vahima qilmang o'tib ketadi
-unda kel shu yerda shifokorga ko'rinib chiqamiz. Shunga qarab ish tutamiz
-hop mayli shu bilan ko'nglingiz xotirjam bo'lsa mayli men rozi
Dedim o'zimni kulishga majburlab. U esa indamay qo'limdan tutib o'pib qo'ydi va qishloq
vrachlik punktiga olib bordi. U yerda hamma uni tanir ekan. Yo'l boshlab ayollar shifokori
xonasiga olib kirishdi. Hayron bo'lmadim albatta chunki bu Yusuf sher. Uni tanimaslik faqat
menga xos bo'lgan azaldan.
-necha oylik
-4 oylik
-ha yaxshi
Deb meni tekshirdi, keyin esa
-hammasi joyida xavotirga o'rin yo'q! Hammasi yaxshi.
Dedi. Yusuf esa uyalmay shifokorga savollar bera boshladi
-unda nega ko'ngli ko'p ayniyapti? Xolsiz, rangi ham so'lib qolgan. Balki vitaminterapiya qilish
kerakdir?


Ohhoooo u bu gaplarni qayerdan bilarkinaa tavba! Shifokor ayol bir menga bir Yusufga
qarab kuldida
-xotiningizni qoni kam. Vitamin ham icharkanlar shundoq ham. Ko'ngil aynishga kelsak
shahardan kelgan hammada shu ahvol tog' havosi bir pastda bilinadi
-xavfli joyi yo'qdiraa?
Endi unga o'qrayib qaradim.
-yo'q ekan bo'ldi xavotirlanavermang
-men sendanmas bolamdan xavotirdaman. Seni bilamanku yalmog'izlarga balo ham urmaydi
-ablah boring chiqing
Deb unga eshikni ko'rsatdim. Nuqul shunday hazil qiladi. Lekin negadir shu hazillari menga
yoqadi.
U ham kulib chiqib ketdi. Shifokor menga qarab
-baxtingiz bor ekan! Kamdan-kam erlar bunday muomala qiladi ayoliga
-ha u haddan ziyod mehribon
-bu yerdagi ko'p ayollarni erini umuman ishi yo'q ayoli bilan, ilohim baxtingiz to'kis bo'lsin. Ma
shaa Allah juda chiroyli oila ekansizlar
-rahmat!
-hayaa hozir sizga bir qizni tayinlayman. Sizlarning dala hovlingizdagi qo'shni bo'ladi u qiz
ham. Meni yordamchim. Qandaydir muammo yoki yana shunga o'xshash holatlar bo'lib
qolsa u juda yaxshi uddalaydi ishini.
-hop rahmat
-hozir o'zini chaqiraman tanishib olasizlar
-hop mayli
* * *
-Natasha muzdek suv bormidi?
-ha tinchlikmi Samiya opa nima bo'ldi?
-bilmasam negadir boshim aylanib ketyapti
-hop hozir beraman


-Akbar akam qanilar?
-ana keldilar. Opa! Samiya opa sizga nima bo'ldi?
Akbat shovqindan oshxonaga yugurib kirdi. Samiya xushini yo'qotib qo'ygan edi. Ular
Samiyani o'ziga keltirishdi. Akbar ko'tarib xonasiga olib kirdi
-Samiyam nima bo'ldi?
-bilmasam boshim aylanib ketdi
-ovqatlanmaganmiding?
-yo'g'ee yegandim. Ko'ryapsizku och bo'riday yeyapman
-unaqa dema! Yur qani shifokorga boramiz
-e yo'q kerak emas o'tib ketdi
-yo'q yur
-hoop
Deb Samiya va Akbar shifoxonaga borishdi. Samiyadan umumiy tekshiruv uchun barcha
tahlillar olindi. Akbar shifoxonada ko'rsatmagan shifokori qolmadi.
So'ng Samiya ayollar shifokoridan g'alati ahvolda chiqdi. Akbar uni ko'rib qo'rqib ketdi.
-Samiya nima bo'ldi? Nima dedi?
-...
-Samiya meni qo'rqitmasangchi
-...
-SAMIYA!
- Akbar aka! Men endi Madinani tushunyapman
-nima?
-tayyor turing bugundan kechalari ko'cha sang'ib menga yangi yangi limonlarni qidirasiz!
-nima? Ya'ni?
-haa. Biz ham ota-ona bo'larkanmiz


-aldamayapsanmi?
-jinnimisiz biron marta aldaganmanmi?
-ya'ni...men...
-ha faqat baqirmang! Yuring uyga ketamiz
-yo tavba aldamayapsanaa?
-aldadim! Tavba tavba!
-bo'ldi bo'ldi arazlama ishondim
-yuring hali uydagilarga ham aytish kerak xavotir olib o'tirishgandir
-hop yur!
-faqat...
-nima?
-yo'ldan xo'rozqand va
-vaa?
-pashmak olaylik juda yegim keldi
Akbar kulib qo'ydida Samiyaning yelkasidab quchib
-olamiz azizam olamiz!
-rahmat! Biram yaxshisiz
-ha yoqmay qolsin
Bir payt xonaga yashil ko'zlar sohibasi bo'lmish meni yo'qolib ketgan qadrli dugonam
Sumaya kirib keldi
-Madina!?
-Sumaya! Voy sog'intirib yubordingkuuu
Deb borib uni quchib oldim. Shifokor ayol bizga hayron qarab turdi keyin
-sizlar tanishmisizlar?


-ha Xola bu meni dugonam
Dedi Sumaya menga ishora qilib keyin
-Madina tanish bu mening dadamning xolalari bo'ladilar
-demak sen ketgan qishloq shu yer uzoq qarindoshing shifokor xonimmi?
Dedim. U ham kulib tasdiq ishorasida bosh silkib qo'ydi. U bilan suhbatni yakunlashimga
to'g'ri keldi lekin uni qo'yarda qo'ymay
-men bilan ketasan qo'shni ekanmiz seni olib ketamiz
Dedim. U esa kulib rad etdi. Ha u kulib jonni oladigan jonona qizdaa! Biram chiroylikii! Unga
qarab to'ymaydi odam. U bilan hayrlashib tashqariga chiqdim. Qadrli va suyukli erjonim ikkita
anor sharbati bilan meni kutib oldilar
-ha meni qanday eritishni bilasizaa?
-ha
Deb menga o'zining men uchun qadrli tabassumini qildi. Men ham moyday erib ketdim
albatta doimgiday. Unga Sumaya haqida aytib berdim.
Uyga ham keldik. Yunus hali kelmabdi. Bizdan biroz o'tib Sumaya keldi. Onasi Surayyo opa
biznikida ovqat qilayotgan ekanlar. Oyijon ularning taomlarini sog'inibdilar shunga iltimos
qilgan ekanlar ular ham jon dillari bilan rozi bo'libdilar. Sumaya bilan ham ajoyib suhbat
qurdik, nega ketganini aytdi, qaytmaganini ham... Biroz ranjidim jahlim ham chiqdi chunki...
Kechki ovqat hamma stol atrofida, Sumayani ota-onasi ham kelishdi. Ukasi shaharda ekan,
tog'asinikiga mehmonga ketgan ekan. Biz kutgan onlar keldi. Derazadan qarab tursam
Yunus keldi, Sumaya esa hovliga suv sepayotgandi.
Naqadar ajoyibaa bu
DIYDORLASHUV!.!.!
Ich-ichimdan quvonib ularga qarab turdim. Kutganimday Yunus qotib qoldi. Lekin jur'atli
yigitda baribir ham, indamay oldiga bordi. Ming afsuski ularning gaplarini tinglay olishning
iloji bo'lmadi
* * *
-Salom
-assalomu aleykum
-vaaleykum assalom


-...
-yaxshimisan?
-...
-charchama
Deb Yunus onasini oldiga ketdi. Sumaya esa ortidan qarab o'z-o'ziga gapirgancha qoldi.
-nega doim o'ziga tortadiyuu, men ham borganimda itarib yuboradi..?? Ahmoq!!!
Deb indamay yana ishini qilishda davom etdi
* * *
Yunus indamay kulibgina ketdi. Meni badjahl necha oydan beri tishini oqi ko'rinmagan
qaynijonim kulibgina ketdi. Bechora Sumayani yerga ekib qo'yganday ketdi. U ham bir
muddat Yunusning ortidan qarab turdiyu keyin yana ishini davom ettirdi...
Barchamiz kechgi ovqatga o'tirdik. Erkaklar Xuftonga masjida ketishgan edi. Uyda faqat
ayollar qolib ularni kutdik. Qorong'u lekin uydagi hamma chiroqlar yoniq bo'lgani sababli hovli
yorug'ina edi. Erkaklarimiz ham kelishdi. Barchamiz bir dasturxon atrofida o'tirdik. Tasodif
yoki taqdir Yunus va Sumaya yonma-yon o'tirib qoldi. Oyijonga qarasam ularga kulib qarab
turibdilar. Keyin esa yana ma'yus tortib qoldilar. Buning ma'nosini tushundim albatta. Ular
xaqiqatdan ham ajoyib juftlik. Juda chiroyli juftlik. Bir vaqt oyijon
-Surayyo Sumayani to'yi qachon?
Dedilar. Yunusning qoshig'i tushib ketdi. Men esa ichimda haliyam bilmabdilarda deb
qo'ydim. Sumayaga qaragandim. G'alati bo'lib qoldi. Surayyo opa
-hali emas
Dedilar. Yusufga ishora qildim. U ham indamay kulib ko'zini qisib qo'ydi. Demak bugun ayni
vaqti ekandaa!
-ishxonaga qo'ng'iroq qilishim kerak edi
Deb Yunus turib ketdi. Sumaya ham
-uydan xabar olib chiqaman
Deb chiqib ketdi. Sumayaning dadasi Tohir aka, dadajon va Yusuf ham duo qilib turib
ketishdi. Surayyo opa g'alati bo'lib qolganlariga oyijon savol bera boshladilar
-Surayyo nimadir bo'ldimi?


-yo'q! Hech narsa bo'lmadi
-to'y deganimdan keyin g'alati bo'lib qolding! Nimadir bo'ldimi?
-Alloh asradi opa! Shukr shu to'y ham bo'lmadi.
-iye nima bo'ldi? Oxirgi marta gaplashganimizda Sumayaga to'y deyotgan eding
-ha endi bir adashibmiz. O'zi qizim qarshilik qilsa ham men qo'yarda qo'ymay uni majburlab
qattiq xato qildim. Agar shunga tegmasang rozimasman degandim. Bechora indamagandi...
Vaqtida buni qilig'ini bilib qolganimiz yo'qsa bilmayman keyin hayoti nima kechardi yolg'iz
qizimni
-nima bo'ldi o'zi?
-Kuyov kelib tuhmat qildidaa! Keyin yana kechirim so'rab keldi. Bu safar biz ko'nmadik.
Oldindan bunday gap ko'tarib kelyapti ertaga bilmaymizku nimalar deyishini! Shundan keyin
unga to'y haqida og'iz ham ochmadik.
-yaxshilikka bo'libdi! Qizing o'zi undan ham yaxshisiga munosib
Deb menga qarab ko'z qisib qo'ydilar. Voy mening oqila onajonim Yunusga Sumayani
to'g'irlayaptilar shekilli. Yunus hamma gapni eshitibdi, eshikda qotib turganidan buni bildim
albatta
Shu bilan yana 3 kun dam oldik. Suvli joylarga bordik, piknik ham qildik Yusuf bilan. Asr
namozidan to shomgacha piknik qilib o'sha yerda Asr va Shom namozini birga o'qidik. U
bilan xaqiqatdan baxtliman!!!
Kelganimizga 1 hafta bo'ldi oyim bilan sovchilikka chiqib ketayotgan edik Yunus kelib qoldi
-qayerga tog'oralar bilan! Yoki qaynona kelin milliy piknik qilasizlarmi
-sovchilikka
Dedilar oyim kulib. Uning kulib turgan chehrasi 180 gradusga o'zgardi
-kimga? Iye kelinoyi akamga ikkinchi olib bermoqchimisiz?
Dedi menga qarab. G'azabim qo'zib ketdi. Shu gapiga men ham
-yo'q Sumayani tog'amning o'g'liga so'rab chiqmoqchimiz
Dedim. U esa
-nima? Qanaqasiga?


Oyijonga indamang ishorasini qildimda yana gapimda davom etdim
-tog'amni bir o'g'illari bor, o'zi juda yaxshi faqat shu bir marta uylangandaa lekin xotini bilan
qamalgandan keyin ajrashib ketgan. Sumaya bolajon yaxshi qiz uning egizak bolalariga
yaxshi ona bo'ladi
Dedim men ham burro-burro gapirib. U hayratdan qotib qolgandi. Keyin o'ziga kelib
-nimalar deyapsizlar? Qanaqa er? Qanaqa qamoq? Qanaqa bola? U erga tegmaydi
Dedi o'zgacha ohangda.
Oyim menga qarab kuldilarda Yunusga qarab
-ishni tezoq pishitmasam qizni ilib ketishadi shekilli
Deb chiqib ketdilar. Yunus esa ortilaridan baqirgancha qoldi
-siz nima qilasiz u yerda?
Oyijon javob bermadilar, o'rnilariga esa men
-kelinoyim iltimos qildilar. Bizni nomimizdan chiqib band qilib turing deb! Shunga oyijon
chiqib ketdilar
-Kelinoyi jinnimisizlar? Bu nimasi qiz bolani uylangan erkakka berisharkanmi? O'ylab ish
qilmaysizlarmi?
-bechora Sumaya tuhmatga qolgan endi uni shunday erkaklar oladidaa
Dedim men ham bo'sh kelmay
-shu tuhmatni debmi hammasi? Hamma biladikuu uni unday qiz emasligini! Uni bermayman!
Uni o'sha tog'angizni o'g'liga bermayman! Uni hech kimga bermayman!
Deb darvozadan otilib ko'chaga chiqib ketdi. Men ham indamay ortidan bordim. Eshikdan
Sumaya ham kirib keldi. Yunus to'g'ri supada o'tirgan oyim va Surayyo opaning oldiga
bordidaa
-Sumayani xotin qo'yganga berasizlarmi? Unga shuni ravo ko'rasizlarmi? Tuhmat nomi
biman tuhmatku ahir! Uni menga beringlar! Men uylanaman unga! Uni men yaxshi ko'raman!
Buni rahmi kelganidan aytyapti demanglar buni avval o'ziga ham aytganman! Uni rostan
yaxshi ko'raman
Dedi. Men kulaverib ichagim uzulay dedi. Nahotki u meni tog'am yo'qligini bilmasa? Yana
shuncha gapni bir nafasda aytdi. Sumaya shok holatga tushib qoldi. Men esa yorilay


deyapman. Shu payt Yusuf bo'lsayuu yelkasini tutib bersa, men uni urib-urin kulsam! Ya
tavbaa! Hamma haliyam og'zini ochib qoldi. So'ng oyijon
-shunaqa gaplar Surayyo Sumayani Yunusga so'rab chiqqandim
-maylida lekin xotin qo'ygan kim? Tushunmadim?
-bu endi Madinani ishi
Deb menga qarab kuldilar. Yunus menga jahl aralash qaradidaa hayratdan ko'zlari
tarmoqdan chiqar darajada turgan Sumayaga qarab
-gaplashib olaylik
Dedi. U ham indamay tasdiq ma'noda boshini egdida tashqariga chiqib ketdi. Ortidan Yunus
menga qarab
-nega aldadingiz
-akangizga ikkinchisi deganingizni hayolingizda ham ayta ko'rmang hopmi?
-qasos deng!
-boraqoling sizni kelin bola kutib qoldilar
Dedimda indamay o'zimizning uyga kirib ketdim. Birozdan keyin Yusuf keldi. Unga hamma
gapni aytib berdim. Uning ham kulaverib ichagi uzulay dedi
-nahot meni shu ukam oyimni oldilarida yaxshi ko'rishini aytgan bo'lsayaaa?
-aynan sizning o'sha kalandimog' ukangiz hammaning oldida Sumayani yaxshi ko'rishini tan
oldi
-tavba! tavba!
-ajablanmang ishq bu! Ishq esa jasoratlilarni tanlaydi!
-haa...
-nima yeyapsiz?
-shaftoli
-menga qani?
-senga olib kelmasmidim ana likopda turibdi olaver hammasi senga


-bular kam
-hop oldin shularni yeb ol keyin yana olib kelib beraman hop
-yo'q! Yuring yaxshisi o'zimiz bog'dan uzib yeymiz! Vuyyy hozir biram yegim keldiiiii!
-hop hop yuraqol
* * *
-esingizni yeganmisiz nega hammani oldida meni yaxshi ko'raman dedingiz?
-ha nima qilibdi? Yolg'on gap aytdimmi?
-nima?
-ha Sumaya seni yaxshi ko'raman! Iltimos menga imkon ber! Ishon bu safar seni xafa
qilmayman
-lekin...men...
-nima sen?
-meni to'yim qaytgan bu sizdek yigitga...
-nega to'ying qaytgan?
-tuhmat sabab?
-o'sha tuhmat nima haqida edi?
-...
-Sumaya kel bugun ochiqchasiga gaplashib olamiz
-...
-menga ayt! Nima deyishgan sen haqingda?
-xullas men sizni uyingizdan ketganimdan tobim qochgandi... Hamma homiladorga chiqarib
yubordi... Ishlayotgan joyimdan esa...
-nima ishlayotgan joyingdan?
-sizni uyingizda ishlaganimni aytishibdi...keyin men siz bilan... Xullas men tarbiyasi buzuqqa
chiqib qishloqqa ketgan ekanman


Deb Sumaya yig'lab yubordi. Yunus nima qilishini bilmay qoldi. Ahir barchasi uni debku! Agar
u ko'zimga ko'rinma demaganda u hali ham ishlab yurgan bo'lardi... Yunus asta Sumayani
o'ziga tirtib bag'riga bosdi va
-tshsh! Bo'ldi tinchlan! Hammask yaxshi bo'ladi! Mana ko'rasan seni ko'ra olmaganlar endi
baxtingni ko'rib tillarini tishlab qoladi. Sen faqat menga ishon, sevgimga ishon!
-ishonaman sizga!
Deb Sumaya ham Yunusga qarab kulib qo'ydi. Ikki sevishgan qalb vanihoyat vaqtdek
uzun-qisqa yo'ldan o'tib baxt atalmish bekatga yetib keldi...
FINAL
To'y
Ajoyib ikki juftlik... Ko'zlari baxtdan porlab turgan ikki kabutarning hayot atalmish yo'l uchun
atalgan safarga chiqishi... Sumaya va Yunus juda chiroyli raqsga tushishmoqda, ularni
chetdan kuzatib turganlar esa ularga cheksiz baxt tilamoqda.!.!.!
-hayajonlanyapsanmi?
-biroz
-ancha
-a?
-Sumaya go'zalim iltimos agar ertaga meni aravacha olib yurishni istamasang oyog'imni
bosaverma
-voy hop uzr hayajonlanyapmanda
-bilinyapti
-...
-nega menga senga o'xshaganga tegmayman degansan
-bu gapni ancha avval aytganmankuu
-hop nega?
-boylar qo'shxotinlik bo'ladi deb eshitganmanda
Yunus bu gapdan kulib yubordi
-yoki avvaldan uylanib olgan bo'ladi


-nima?
-hazil! Hech ham unday emas! Bu senga menga bog'liq! Meni sevgim senga
tugamaydiganga o'xshaydi ishon!
-ishonaman sizga!
* * *
-Akbar aka men juda baxtliman
-men ham sen bilan baxtliman Allohga shukr
-bilasizmi nima?
-bilmayman nima?
-men esimni taniganimdan beri ishladim, doim ko'zga ko'rinmas deb idish tovoq yuvuvchilik
qildim. O'qimaganim uchun ham ish topa olmadim. Sizni ham ishlaydigan joyimda
ko'rganman... Ishonasizmi men hozirgi holatimni tasavvur ham qilmagan edim. Kun kelib
sizdek inson men uchun kurashishini kimdir aytsa ishonmasdim...
-kamalagim, Ishon kimdir menga ham kelib sen oqila va aqlli qizga yo'liqasan desa, qiladigan
ishim sabab men bunday qizga o'zimni ravo ko'rmayman derdim. Lekin sen keldinguu...
Hamma rejamni ostin-ustun qilding
-ajab qilibman
-seni yaxshi ko'raman
-men ham!
* * *
-biz shunday valsga ham tushmaganmiz
-Madinaa hozir shuni mavridimi?
-nima ertaga nonushtada mavridi bo'ladimi?
-obbooo
-qarang agar biz ham shunday to'y qilganimizda men hozir sizga diydiyo qilmasdim
-sen bizni to'yda raqsga tushmasding
-nega ekan?


-asabimga tegma menga yoqmaydi bu!
-...
-...
-nima yeyapsiz?
-salat
-men ham yey
-ana yeyver turibdiku
-siznikidan
-obbo olaqol mana
-yo'q qoshig'ingizni bering
-Madina esingni yedingmi? Shu bugun shunday qilma
-ahir nima qilay yegim keldidaa
-hop mana olaqol
-vuyy biram yaxshisiz sevamanda sizni!
-men ham.
* * *
5 yildan so'ng
-Abu Yahyo bugun do'stlar bazmi deb o'zingizdan ketmangaa hop? Qarang agar soat 22:00
dan kech qolsangiz siz uchun darvozalar yopiladi hopmi?
-hop! Hop! Yahyo ham men bilan ketadi sen Xadicha bilan to'palon qilmay o'tiringlar!
-hop! Yaxshi borib keling
Deb Abu Yahyo ya'ni suyukligim Yusufning ortidan qarar ekanman eng baxtli insonman
desam adashmagan bo'laman. Bugun akam va o'g'ilchasi Siddiq, Yunusning hali 1 yoshga
ham to'lmagan o'g'li Sardor aylanishga ketishdi. Ikkisi ham juda shirin bola bo'lishgan.
Mening qizim bor ismi Xadicha katta o'g'lim Yahyo dadasining kichraytirilgan varianti. Ko'z,
qosh, ko'z barchasi xuddi dadasidek. Guvohnomasidagi ismimgina uni onasi ekanligimga


dalil bo'la oladi xolos. Qizimning hayriyatki faqatgina ko'z rangi otasinikidek. Barchamiz baxtli
oilamiz. Shartnoma bilan boshlangan hayotimiz biz uchun ajoyib hayot yo'limizga turtki bo'ldi.
Men baxtliman
Biz baxtlimiz…
Tamom
Muallif


Download 320.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling