Bazasi boshqarish


Munosabatlarning fundamental xususiyatlari


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/153
Sana20.10.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1710944
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   153
Bog'liq
61dbf61e8b8af1.76566515

Munosabatlarning fundamental xususiyatlari 
Munosabat (jadval)- doimiy sondagi o‘zaro mantiqiy bog‘langan 
atributlar (ustunlar) va o‘zgaruvcha sondagi kortejlar(satrlar) 
to‘plamidir. 
Munosabat matematik kontseptsiya bo‘lib, ko‘plikning ikki 
elementi orasidagi mosligidir. Shunday qilib, relyatsion modelning 
ildizi matematika sohasiga tegishlidir. Ammo bizning nuqtai 
nazarimizcha, munosabat bu ba’zi bir maxsus xossalarga ega bo‘lgan 
jadvaldir. Relyatsion model-qiymatlarni tashkil qilishni jadval 
ko‘rinishida ifodalashdan iborat.
Relyatsion modeldagi relyatsion bog‘langan ikki jadvallar 
orasidagi mantiqiy aloqalar jadval munosabatlarining bir xil o‘ziga 
xos xususiyatlarining mazmun jihatidan tengligiga ko‘ra o‘rnatiladi. 


39 
Jadvallarni bog‘lashda bir jadvaldagi yozuvning bir yoki bir 
necha atributi ikkinchi jadvaldagi yozuvning bir yoki bir necha 
atributi bilan bog‘lanadi. Bog‘lanishda asosan kalit deb ataluvchi 
atributlar ishtirok etadi. Kalitlar birlamchi yoki ikkilamchi bo‘lishi 
mumkin. 
Jadvallar orasidagi munosabatlarning to‘rtta turi mavjud, ular: 
‘birga-bir’, ‘birga-ko‘p’, ‘ko‘pga-bir’ va ‘ko‘pga-ko‘p’. 
Birga-bir munosabatning ma’nosi shuki, bitta jadvalning har bir 
yozuvi boshqa jadvalning faqat bitta yozuviga to‘g‘ri keladi (mos 
keladi). Misol uchun, agar ikkita jadvalni ko‘radigan bo‘lsak, ulardan 
birida korxona ishchilari to‘g‘risida ma’lumotlar, ikkinchisida esa-
pasport hujjati ma’lumotlari bo‘lsa, u holda bu jadvallar orasida birga-
bir munosabat mavjud. Chunki, bir jadvaldagi bir yozuv uchun 
ikkinchi jadvalda faqat bitta yozuv bo‘lishi mumkin. 
Birga-ko‘p munosabatning ma’nosi shuki, bitta jadvalning har bir 
yozuvi boshqa jadvalning bir necha yozuviga to‘g‘ri keladi (mos 
keladi). U MB da ko‘p uchraydigan munosabatlar turidir. Berilgan 
munosabatlar turini ko‘rsatish uchun, korxona mijozlari va ular bergan 
buyurtmalar to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lgan jadvallarga murojaat 
qilishimiz mumkin. Boshqa misol sifatida korxona va unda 
ishlaydigan xodimlar orasidagi munosabatlar ko‘rilishi mumkin. 
Ko‘pga-bir munosabat avval ko‘rilgan tur, birga-ko‘p munosabat bilan 
o‘xshash. Obyektlar orasidagi munosabatlar turi sizning nuqtai 
nazaringizga bog‘liq.
Misol, agar siz buyurtmalar va mijozlar orasidagi munosabatlarni 
ko‘rsangiz, u holda ko‘p-bir munosabatni olasiz. 
Ko‘pga-ko‘p munosabat ancha murakkab hisoblanadi. Ikkita 
jadvallar orasida ko‘pga-ko‘pga munosabat hosil bo‘ladi, qachonki: 

birinchi jadvaldagi bitta yozuv ikkinchi jadvaldagi bittadan 
ortiqroq yozuv bilan bog‘lanishi mumkin bo‘lsa; 

ikkinchi jadvaldagi bitta yozuv birinchi jadvaldagi bittadan 
ortiqroq yozuv bilan bog‘lanishi mumkin bo‘lsa. 
Relyatsion modelda ko‘pga-ko‘p munosabat ko‘pga-bir yoki 
birga-ko‘p munosabat orqali bog‘lanadi. Buning uchun qo‘shimcha 
jadval tuziladi va bu jadval ikkita jadvalni bog‘lashga xizmat qiladi. 
Masalan. Jadvallar orasidagi bog‘lanishlarni ‘Xodim’ MB ning 
ba’zi bir jadvallari misolida ko‘rib chiqamiz:


40 
2.2-jadval. Jadvallar orasidagi bog‘lanishlar 
Lavozim 
Id 
Lavozim 

M.n.s 

S.p.s 

P.s 

Inj 

Bosh inj 
Xodim 
id 
Familiya Lavozim Bo‘lim Staj 
4781 
Soliev 


15 
5325 
Karimov 


12 
3120 
Olimov 



1230 
Aliev 



2138 
Ikromov 



Bo‘lim 
id 
Bo‘lim 

SAPR 

№5 

laboratoriya 
Pasport 
id 
Seriya Raqam 
Jinsi Tug‘.sana 
……. 
4781 AA 
15574278 E 
12/08/1998 
5325 AA 
66931323 E 
13/2/1998 
3120 AA 
55742367 E 
15/7/2000 
1230 AA 
21345546 E 
12/7/2005 
2138 AA 
23469356 E 
15/1/1992 
Jadvallardagi tushunchalar va bog‘lanishlar quyidagicha: 
Jadval nomi:

‘Lavozim’, ‘Xodim’, ‘Bo‘lim’, ‘Pasport. 

Atributlar:

‘Lavozim’ jadvalida ‘id’, ‘Lavozim’. 
Birlamchi kalit 
Birlamchi kalit 
Ikkilamchi kalit 


41 

‘Xodim’ jadvalida ‘id’, ‘Familiya’, ‘Lavozim’, ‘Bo‘lim’, ‘Staj’ 
va h-zo. 

‘Bo‘lim’ jadvalida ‘id’, ‘Bo‘lim’. 

‘Pasport’ jadvalida ‘id’, ‘Seriya’, ‘raqam’, ‘Jinsi’, ‘Tug‘-sana’, 
‘Ber-sana’, ‘Amal-sana’ va h-zo. 

Birlamchi kalitlar:

‘Lavozim’ jadvalida ‘id’. 

‘Xodim’ jadvalida ‘id’. 

‘Bo‘lim’ jadvalida ‘id’. 

‘Pasport’ jadvalida ‘id’ 

Ikkilamchi kalitlar:

‘Lavozim’ jadvalida yuk. 

‘Xodim’ jadvalida ‘Lavozim’, ‘Bo‘lim’. 

‘Bo‘lim’ jadvalida yuk. 

‘Pasport’ jadvalida ‘idyu 

Bog‘lanishlar:

Lavozim’jadvalining birlamchi kaliti ‘id’ va ‘Xodim’ jadvalining 
ikkilamchi kaliti ‘Lavozim’ ‘birga-ko‘p’ bog‘langan. 

‘Bo‘lim’ jadvalining birlamchi kaliti ‘id’ va ‘Xodim’ jadvalining 
ikkilamchi kaliti ‘Bo‘lim’ ‘birga-ko‘p’ bog‘langan. 
‘Xodim’ jadvalining birlamchi kaliti ‘id’ va ‘Pasport’ jadvalining 
ikkilamchi kaliti ‘id’ ‘birga-bir’ bog‘langan. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling