Bazasi boshqarish
Ma’lumotlar bazasini mantiqiy loyihalash
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
61dbf61e8b8af1.76566515
Ma’lumotlar bazasini mantiqiy loyihalash
Ma’lumotlarni kontseptual modeli bo‘yicha maqsadli, MBBT tipini hisobga olgan holda biror bir jismonan aspektga tadbiq qilish modelini yaratish. Ishlab chiqilgan kontseptual model bog‘lanishlarini tanlangan aniq MBBT ga tadbiq qilishning imkoni bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun, kontseptul model tanlangan aniq MBBT uchun qaytadan ishlab chiqiladi va u mantiqiy model deyiladi. Mantiqiy loyihalashning maqsadi predmet sohaning o‘rganilayotgan qismi kontseptul modeliga asoslangan holda aniq bir MBBT uchun mantiqiy bog‘lanishlarga ega bo‘lgan mantiqiy modelni qurishdan iboratdir. Bu bosqichda aniq bir MBBT uchun MB jadvallari, jadvallarining tuzilishi va jadvallar orasida bog‘lanishlar yaratiladi. Jadvallarni yaratishda me’yorlashtirish talablarining bajarilishiga rioya qilinadi. 50 Quyida biz Boys-Kodd normal shaklini ham о’z ichiga olgan, birinchidan beshinchisigacha bо’lgan normal shakllarni kо’rib chiqamiz. Normal shakllarni belgilash uchun 1NSH, 2NSH, 3NSH, 4NSH, BKNSH, 5NSH, qisqartmalari qо’l-laniladi. Birinchi (1NSH), ikkinchi (2NSH), uchinchi (3NSH) normal shakllar dastlabki (birlamchi) bо’lmagan atributlarning kalitga bog‘liqligini cheklaydi. Boys-Kodd normal shakli (BKNSH) ham dastlabki (birlamchi) atributlarning bog‘liqligini cheklaydi. Tо’rtinchi normal shakl (4NSH) quyida muhokama etiladigan kо’p mazmunli bog‘liqliklarning turlariga cheklashni shakllantiradi. Beshinchi normal shakl (5NSH) bog‘liqliklarni birlash-tirish bog‘liqliklari deb nomlangan boshqa turlarini kiritadi. Munosabatni normallashtirish darajasi uning semantikasiga bog‘liq bо’lib, qisman ayni paytda ma’lumotlar bazasida mavjud bо’lgan ma’lumotlar bilan aniqlanishi mumkin emas. Bu shuni anglatadiki, semantika funksional bog‘liqliklar yordamida kiritilgan bо’lishi zarur. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik MB relyatsion modelga muvofiq loyihalashtiriladi. Shuning uchun, loyihalashda Koddning 12 ta qoidasiga rioya qilish talab qilinadi. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling