Bazasi boshqarish


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/153
Sana20.10.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1710944
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   153
Bog'liq
61dbf61e8b8af1.76566515

Nazorat uchun savollar. 
1. Predmet soha tushunchasiga tarif bering. 
2. Mohiya-aloqa modeli deganda nimani tushunasiz? 
3. Mohiyat-aloqa modelida asosiy elementlar tushunchasini 
aniqlang. 
4. Mohiyat-aloqa modeli ma’lumot bazasi strukturasi qanday 
aniqlanadi? 
5. Mohiyat-aloqa modeli diagrammasi qanday tasvirlanadi? 
6. Ishlab chiqish usullari haqida tushuncha bering. 
7. MB ni kontseptual loyihalash haqida tushuncha bering. 
8. MB ni mantiqiy loyihalash haqida tushuncha bering. 
9. MB ni jismoniy loyihalash haqida tushuncha bering. 
10. Predmet sohasi ma’lumotlarining axborot-mantiqiy modelini 
ishlab chiqish deganda nimani tushunasiz? 


66 
11. MB ning mantiqiy tuzilishini aniqlash deganda nimani 
tushunasiz? 
12. MB ning jadvallarini tuzish deganda nimani tushunasiz? 
13. Axborot qoidasiga izoh bering. 
14. Kafolatlangan murojaat qilish qoidasi deganda nimani 
tushunasiz? 
15. Haqiqiy bo‘lmagan qiymatni qo‘llab-quvvatlash qoidasiga izoh 
bering. 
 


67 
IV-BOB. MA’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH 
TIZIMLARINING FUNKSIYALARI 
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining asosiy funksiyalari 
Ma’lumotlar bilan amal bajarishning ilk tizimlari axborotlarni 
ishlashning an’anaviy usullariga asoslanib tuzilgan edi. Har bir 
muayyan holat uchun tashqi foydalanuvchining o‘z mantiqi ishlab 
chiqiladi. U axborot tuzilmasi, tanlash operatsiyasi, axborotni qo‘shish 
va yo‘q qilish kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Ma’lumotlar va 
dastur o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik yuzaga keladi: ma’lumotlarni 
o‘zgartirishda yo dasturni almashtirish yoki ma’lumotlarni qaytadan 
buzishga zarur bo‘ladi. 
Murakkab axborotlarni ishlab chiquvchilar duch kelgan bu va 
boshqa qiyinchiliklar ma’lumotlar bilan amal bajarish uchun 
tizimlarga nisbatan standart talablar shakllanishiga olib keldi. Asosiy 
talablardan biri - ma’lumotlarning iloji boricha mustaqilligi yoki 
axborot tuzilmasini fizik tushunchalardan alohida qilish edi. Bunda 
hamma ma’lumotlar ko‘p foydalanuvchilar kirishi mumkin bo‘lgan 
holda ba’zi standart ichki tuzilishli qilib saqlanadi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling