Bazasi boshqarish
Ko‘p mazmunli bog‘liqliklar uchun aksioma(xulosa qoidalari)
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
61dbf61e8b8af1.76566515
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumotlarni semantik modellashtirish
Ko‘p mazmunli bog‘liqliklar uchun aksioma(xulosa qoidalari).
Ko‘p mazmunli bog‘liqliklarni kiritish yuqorida ko‘rib chiqilgan ko‘plab xulosa qoidalarining kengayishiga olib keladi. Faraz qilaylikki, X, Y, va Z R munosabatning atributlari bo‘lsin, U esa R ning barcha atributlarning majmuasini anglatadi. Ko‘pmazmunli bog‘liqliklar uchun eng muhim ikki qoida quyidagicha bo‘ladi: 1. To‘ldirish. Agar X Y, bo‘lsa X U-X-Y bo‘ladi. Funksional bog‘liqliklarda bu qoidaning o‘xshashi yo‘q. 2. Tranzitivlik. Agar X Y va Y Z bo‘lsa, u holda X Z-Y bo‘ladi. Bu funksional bog‘liqliklar uchun qoidaga nisbatan tranzitivlikning ko‘proq cheklangan variantidir. Ma’lumotlarni semantik modellashtirish Ma’lumotlar bazasidan va bankidan foydalanish о’zaro bog‘langan ma’lumotlar tо’plamlariga kirishni ulardan foydalanishni avtomatlashtirish, ma’lumotlarni yangilash, keraksizlarini yо’kotishni avtomatlashtirishni taminlaydi, jumladan effektiv paketli holatni va teleprotsessorli ma’lumotlarni ishlashni taminlaydi. Ma’lumotlar banki axborot tizimlarida va mustaqil fayllar bilan ishlashda ham qо’llaniladi. Axborotlar bu, ba’zi operatsiyalar, jumladan qabul qilish, uzaytirish, ishlash, saqlash va foydalanish obyekti bо’lib xizmat qilinadigan istalgan voqea, mazmun, jarayon va hokazolar tо’g‘risidagi bildirishdir. Ma’lumotlar deb ma’lum bir shaklda qayd qilingan, qayta ishlash, saqlash va uzatish uchun yaroqli xabarga aytiladi. Yuqorida keltirilgan ikki tushunchaga-malumot va axborotlarga mos ravishda MBN-da (ma’lumotlar banki) ham masalasi ikki nuqtai nazardan qaraladi: infologik va datologik nuqtai nazardan. Infologik 60 qarashda ma’lumotlar ularning mashina xotirasida tasvirlanish uslublaridan qat’iy nazar ma’lumotlarning mazmuniy berilishi о’rganiladi. Datologik qarashda ma’lumotlarning axborot tizimlarning xotiralarida tasvirlanishi о’rganiladi. Ma’lumotlar obyektlar va obyektiv dunyodagi hodisalar tо’g‘risida qayd qilingan dalillarga mos keladi. Ma’lumotlardan keyinchalik foydalanish uchun ularning mazmuniy berilishi - ma’lumotlar semantikasi berilishi lozim. Shuning uchun ma’lumotlarni ishlash tizimlarida (MIS) mazmuniy interpretatsiya qilish qoidalari shakllantirilishi lozim. Ma’lumotlar semantikasini tasvirlashning asosiy vositasi-tabiiy tildir. Ammo formallashtirilgan tillardan ham foydalanish mumkin. Ma’lumotlarni (qayta ishlash) ishlash deganimizda, biz ma’lumotlar massivini shakllantirish, о’zgartirishdagi masalalar tо’plami tushuniladi (ma’lumotlarni kompyuterga kiritish, ma’lumotlarni biron- bir kriteriya va parametrlari bо’yicha tanlash, ma’lumotlar tarkibini о’zgartirish, KOMPYUTER xotirasida ma’lumotlarning harakati, ma’lumotlarni chiqarish). Ma’lumotlarni ishlashning kompleks muammolarini yechish uchun ma’lumotlarni ishlovchi о’zaro bog‘langan masalalar tizimi yaratilmokda (MIS). Mohiyatlar klassifikatsiyasi Mohiyatlarning uchta asosiy turi aniqlangan: Sterjenli; Assotsiativ; Tavsifiy; shuningdek assotsiativ mohiyatning qisim sinfi bo‘lgan – belgilash. Sterjenli mohiyat (Sterjen) – bu mustaqil mohiyat (to‘liq tarifi quyida ko‘rsatilgan). Assotsiativ mohiyat (Assotsiatsiya) – bu “ko‘pdan-ko‘pga” (“birdan-ko‘pga” va hakozo) ko‘rinishidagi bog‘lanishlar ya’ni ikki yoki undan ortiq mohiyatlar yoki mohiyatlar hushasi orasidagi aloqa. Assotsiatsiyalar to‘laqonli mohiyatlar sifatida ko‘rib chiqiladi: Ular huddi sterjenli mohiyatlar singari boshqa assotsiatsiyalar va manolarda qatnasha oladi; Ular o‘z hususiatlariga ega bo‘lishi mumkin, ya’ni ular nafaqat aloqani ko‘rsatishga kerak bo‘ladigan kalit atributlariga ega bo‘lib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling