Bazasi boshqarish
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
61dbf61e8b8af1.76566515
- Bu sahifa navigatsiya:
- III BOB. RELYATSION MA’LUMOTLAR BAZASINI LOYIHALASH Relyatsion ma’lumotlar bazasini normallashtirishni tadbiq etgan holda loyihalash
Nazorat uchun savollar
1. Relyatsion ma’lumotlar bazasini asosiy tushunchalari haqida tushuntiring? 47 2. Munosobat xossalarini tushuntiring? 3. Relyatsion model ma’lumotlarining tuzilmalari haqida tushuntiring? 4. Relyatsion MB da birlamchi (dastlabki) va ikkilamchi kalitlar haqida? 5. Munosabatlarning fundamental xususiyatlari haqida gapiring? 6. Ma’lumotlar relyatsion asoslarining afzalliklari? 7. Domen tushunchasi haqida gapiring? 8. Ma’lumotlar bazasida munosobatlar deganda nimani tushunasiz? 9. A va B guruxdagi obyektlar orasidagi mosliklar yoki munosabatlarni o‘rnatish uchun predmet sohasi obyektlari orasida qaysi tipdagi bog‘lanishlar mavjud? 10. Relyatsion algebra tillari va relyatsion hisoblash tillari orasidagi bog‘liqlikni tushuntiring? 11. Obyektli munosabatlar va bog‘lanuvchi munosabatlarni tushuntiring? 12. Relyatsion algebra va uning amallari haqida nimalarni bilasiz? 48 III BOB. RELYATSION MA’LUMOTLAR BAZASINI LOYIHALASH Relyatsion ma’lumotlar bazasini normallashtirishni tadbiq etgan holda loyihalash MB ni ko‘rishdan maqsad predmet soha ma’lumotlarini saqlash va ularni qayta ishlashdan iboratdir. MB ni ko‘rish, uni loyihalashdan boshlanadi. Loyihalashda predmet soha ma’lumotlari guruhlanadi va ular guruh shaklida MB da saqlanadi. Relyatsion MB da guruh sifatida jadval nazarda tutiladi. Demak, loyihalashda MB jadvallari tanlangan relyatsion MBBT talablariga muvofiq me’yorlashtirilgan holda yaratilishi lozim. Ikkinchi yondashuvda predmet sohasi o‘rganiladi, uning ma’lumotlari tahlildan o‘tkaziladi va predmet sohasining bir turdagi obyektlari belgilanadi. Amaliyotda har ikkala yondashuvning birikmasi ma’qulroqdir. Chunki, odatda dastlabki bosqichda barcha masalalar haqida to‘liq ma’lumotlar bo‘lmaydi, natijada MB ni loyihalash va yaratishni barcha masalalarni tuzish bajarilgunga qadar kechiktirishga to‘g‘ri keladi. Bu texnologiya qo‘llanilsa, ishlab chiqish jarayonining xohlagan bosqichida MB ga o‘zgartirishlar kiritish va uning tuzilishini ilgari kiritilgan ma’lumotlariga ziyon etkazmasdan turib modifikatsiya qilish (yangilash)ga imkon beradi. Bu texnologiya MB dan turli axborotlarni olish zaruriyati haqidagi dastlabki ma’lumotlardan foydalanishni ko‘zda tutadi. MB ni yaratish uchta asosiy bosqichdan iborat: kontseptual; mantiqiy; jismoniy. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling