Bazasi boshqarish


Jadvallar orasidagi munosabatlar


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/153
Sana20.10.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1710944
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   153
Bog'liq
61dbf61e8b8af1.76566515

Jadvallar orasidagi munosabatlar 
Jadvalni to‘ldirishdan oldin ma’lumotlar bazasidagi boshqa 
jadvallar bilan aloqalarini aniqlash, kalitli maydonlarni aniqlash va 
indekslarni hosil qilish zarur. 
Jadvallar o‘rtasidagi aloqa kalitli maydondagi mos keluvchi
qiymatlar o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatadi. 
Ko‘pincha bir jadvaldagi maydon ikkinch jadvaldagi shu 
maydonga mos keluvchi tashqi kalit deb nomlangan maydon bilan 
aloqa o‘rnatiladi. 
Kalitli maydonga ega bo‘lgan jadval asosiy (glavnaya), tashqi 
kalitli maydonga ega jadval aloqador (svyazannaya) deyiladi. 
Berilgan qiymatlarning ko‘rsatkichlari butunligini avtomatik 
ta’minlash 
Accessning 
afzalliklaridan 
hisoblanadi. 
Jadvallar 
o‘rtasidagi aloqaga ko‘rsatkichlar butunligining sharti qoyilgan bo‘lsa, 
u holda Access quyidagilarga ruhsat bermaydi:

Bosh jadvaldagi yozuvlarga mos yozuvlari bo‘lmagan aloqador 
jadvalga qo‘shimcha yozuv kiritish imkonini bermaydi; 

Bosh jadvaldagi yozuvlarni o‘zgartirish natijasida aloqador 
jadvalda mos bo‘lmagan yozuvlarning paydo bo‘lishi kutilsa, u holda 
bosh jadvalda yozuvlarning bunday o‘zgarishiga ruhsat bermaydi. 

Aloqador jadvaldagi yozuvlarga mos bo‘lgan bosh jadvaldagi 
yozuvlarni o‘chirishga ham ruhsat berilmaydi. 
Berilgan qiymatlarning butunligi sharti aloqa bog‘langan
jadvallarning yozuvlari o‘rtasidagi munosabatni ushlab turish uchun
Accessdagi qoidalar tizimini aniqlab beradi. Bu qoidalar aloqa 
o‘rnatilgan ma’lumotlarni behosdan o‘chirish yoki o‘zgartirishni 
ta’qiqlaydi. Ma’lumotlarning butunligi sharti qoyilgandan so‘ng aloqa 
bog‘langan jadvallar ustida bajariladigan amallarga chegaralar 
qoyiladi. Aloqador jadvalning tashqi kaliti maydoniga bosh jadvaldagi 
kalitli maydonda mavjud bo‘lmagan qiymatni kiritish mumkin emas.
Jadvalda boshlang‘ich kalitni aniqlash lozim. Agar jadval hech 
qachon bosh jadval bo‘lib ishlatilmasa, u holda kalitli maydonni 
aniqlash shart emas. Bosh jadvalda odatda real o‘bektlar xaqidagi 
ma’lumotlarbo‘ladi, hamda har bir obyektga bitta yozuv tuziladi. 


107 
Jadvalda kalitli maydonni aniqlash bir xil yozuvlarning paydo 
bo‘lmasligini ta’minlaydigan oddiy usuldir. Bosh jadvalda asosiy kalit 
aniqlangan bo‘lishi shart aks holda bunday jadvallarni Access 
mavxum jadval hisoblaydi va konstruktor rejimida muloqot oynasida 
kalitli maydonning aniqlanmaganligi axboroti beriladi. Aloqador 
jadvallarda xam kalit o‘rnatish mumkin. Bu esa yozuvlarni 
takrorlanish xavfini yoqotadi. Bir necha maydonlarning qiymatlari 
bo‘yicha xam kalitni aniqlash mumkin. Access jadvalni kalitning 
qiymati bo‘yicha avtomatik ravishda indekslaydi (tartibga soladi). 
Boshqa maydonlarni qiymatlari bo‘yicha qo‘shimcha indeks talab 
qilinishi mumkin. Indekslar jadvalning indekslangan maydonlari 
bo‘yicha ma’lumotlarni qidirishni tezlashtiradi. Har bir jadval 32 ta 
indeksga ega bo‘lishi mumkin, shulardan beshtasi bir necha 
(o‘ntagacha) maydonlardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Shu 
bilan birga har bir maydon uchun yoki ularning kombinatsiyalari 
uchun indekslar tuzishga kirishib ketmasliklari kerak. Chunki 
indekslahstirish jadvalni to‘ldirishni sekinlashtiradi (yozuvlar 
o‘zgartirilsa yoki yangi kiritilsa avtomatik ravishda indekslar 
yangilanadi). 
Relyatsion malumotlar bazasini ishlab chiqishning asosiy 
omillaridan biri shuki, jadvalning bitta maydonidagi turi bir xil 
bo‘lishi shart. Har bir maydon uchun qiymatlar turi ko‘rsatilishi kerak, 
aks holda Accessning o‘zi so‘zsiz ravishda(po umolchaniyu) 
maydonlar uchun “Matnli” qiymatini belgilaydi. Maydonlar turini 
aniqlanayotganda ularning o‘lchovini, formatini va boshqa unga ta’sir 
qiluvchi parametrlarini, ya’ni maydon qiymatlarini va sonli 
qiymatlarning aniqligini ko‘rsatish mumkin. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling