118
Buning natijasida jadval bo‘sh bo‘lib qoladi(bundan so‘ng uni
DROP TABLE komandasi bilan olib tashlash mumkin).
Jadval bir yo‘la birorta shartni qanoatlantiradigan
bir nechta
satrni olib tashlash uchun WHERE parametridan foydalanish mumkin.
Masalan:
DELETE FROM EXAM_MARKS
WHERE STUDENT_ID=103;
Satrlar guruhini olib tashlash ham mumkin :
DELETE FROM STUDENT1
WHERE CITY= ‘Moskva’;
UPDATE komandasi jadval satrlari yoki mavjud satrni ba’zi bir
yoki barcha maydonlarini qiymatini tiklash, ya’ni o‘zgartirish
imkonini beradi. Masalan: UNIVERSITET1
jadvalidagi, barcha
universitetlarini reytingini 200 qiymatga o‘zgartirish
uchun quyidagi
konstruksiyani ishlatish mumkin:
UPDATE UNIVERSITY1
SET RATING=200;
Jadvaldagi maydon qiymatlarini o‘zgartirish kerak bo‘lgan aniq
satrlarni ko‘rsatish uchun, UPDATE komandasi WHERE parametrida
predikat ishlatish mumkin.
UPDATE UNIVERSITY1
SET RATING=200
WHERE CITY= ‘Moskva’;
Bu
so‘rov
bajarilganda,
faqat
Moskvada
joylashgan
universitetlarning reytingi o‘zgartiriladi.
UPDATE komandasi faqat 1ta ustun emas balki ustunlar
to‘plamini o‘zgartirish imkonini beradi.
Qiymatlari, modifikatsiya
(takomillashtirilgan) qilinishi zarur bo‘lgan aniq ustunlarni ko‘rsatish
uchun, SET parametri ishlatidi. Masalan: o‘qitilayotgan
fan nomi
“MATEMATIKA” (uning uchun SUBJ_ID=43) “Oliy matematika”
nomiga o‘zgartirish talab etilsa va bunday indetifikatsion nomeri
saqlab o‘zgarish qoldirish kerak bo‘lib,
lekin shu bilan birga
jadvaldagi mos satr maydonlariga o‘qitiladigan fan haqida yangi
ma’lumotlar kiritish uchun so‘rov quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: