Bazasi boshqarish


Konstruktor rejimida jadval yaratish


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/153
Sana20.10.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1710944
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   153
Bog'liq
61dbf61e8b8af1.76566515

Konstruktor rejimida jadval yaratish. Agar boshqa ma’lumotlar 
bazalaridagi jadvallar import qilinmasa yoki aloqa o‘rnatish 


101 
imkoniyati bo‘lmasa, u holda konstruktor rejimida jadval tuzish 
maqsadga muvofiqdir. 
Konstruktor 
rejimida 
ochilgan 
jadvalning 
yuqori 
qismida 
maydonlarning nomi, turi, ilova qismini, pastki qismida esa 
maydonlarning xususiyatlarini ko‘rish mumkin. 
Jadval rejimida bevosita jadval yaratish. Access «Tablitsi» 
rejimida bevosita jadval yaratish imkonini beradi. Bunda Acceess 
standart jadval asosida 20 ta maydon va 30ta bo‘sh yozuv o‘rni 
bo‘lgan jadval yaratadi. Shundan so‘ng ma’lumotlarni to‘g‘ridan – 
to‘g‘ri jadvalga kiritsa ham bo‘ladi. Uni saqlashdan oldin Access 
ma’lumotlarni analiz qiladi. va berilgan ma’lumotlar uchun mos 
keluvchi turini harbir maydon uchun tanlaydi. «Tablitsi» rejimida 
jadval yaratish chegaralangan holda tadbiq qilinadi. Jadval maydoni 
o‘z nomiga ega bo‘lmaydi, shuning uchun deyarli doimo maydonni 
qayta nomlash uchun structurani ochish kerak bo‘ladi.Bundan 
tashqari, Access har doim ham ma’lumotlar turini to‘g‘ri ko‘rsatib 
bera olmaydi. Bu rejimda tuzilgan jadvallar OLE obyektlari va 
memo-maydon(polya) larga to‘g‘ridan – to‘g‘ri ega bo‘la olmaydi. 
Agar shunday maydon bo‘lishi zarur bo‘lsa, jadvalning structurasini 
o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Odatiy holda bo‘sh jadval tuzishda 
maydonlarni aniqlash va ularning straukturasidagi hususiyatlarini 
aniqlash vaqtini hisobga olsak, vaqtni tejash yuz bermaydi. 
Jadval strukturasini tashkil qilishda u qanday ma’lumotga ega 
ekanligini ko‘rsatish zarur. Jadvalga kiritilishi kerak bo‘lgan ma’lumot 
aniqlangandan so‘ng, uni maydonlarga bo‘lish kerak bo‘ladi. Bu 
jarayon kalitli maydon nomini aniqlash o‘z ichiga oladi. Maydon 
nomini iloji boricha qisqaroq va mavjud ma’lumotni yoritib 
beraduganroq qilib tanlash kerak. Odatda malumotlar bazasini ishlab 
chiqishda turli jadvallarda bir xil nomli maydonlar mavjud bo‘ladi 
(ko‘pincha jadvallar ushbu maydonlar orqali bog‘lanadi). Shu bilan 
birga Access turli jadvallarda maydonlarni bir xil nomlanishiga ruhsat 
beradi. Lekin Access maydon nomlaridan ma’lumotlar butunligini 
ta’minlash ucun foydalanadi. Shuning uchun maydon nomlarinig 
takrorlanmasligiga harakat qilish kerak.

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling