Bazasi boshqarish
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
61dbf61e8b8af1.76566515
Operator Ma’nosi
Amal SELECT Satrni tanlash Relyatsion algebraning barcha amallarini bajaruvchi operator bo‘lib so‘rovga mos natijaviy jadvalni hosil qiladi. Biz bilamizki bir structuraga keltirilgan va o‘zaro bog‘langan ma’lumotlar hamda usullar to‘plamiga ma’lumotlar bazasi deyiladi. Ma’lumotlar bazasi bilan ishlashda bir qancha MBBT lar bilan ishlanadi. Shular biri Microsoft Access tizimi ma’lumotlar bazasi bir-biri bilan bog‘liq bir qancha jadvallardan iborat bo‘lib (relyatsion jadvallar), ularda har qanday turdagi, formatdagi va ko‘rinisgdagi ma’lumotlar majmuasi saqlanadi. Ushbu fayl ma’lumot bazasining hamma obyekti va elementlarini o‘z ichiga oladi. Masalaning bunday qoyilishi obyektlarni saqlash, nusxalash, o‘chirish va boshqa operatsiyalarni amalga oshirilishini ancha osonlashtiradi. Relyatsion ma’lumotlar bazasi. Deyarli barcha ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari jadvalga yangi ma’lumotlar kiritish imkoniyatini beradi. Shu nuqtai nazardan MBBT “elektron jadvallar” (masalan, Excel) tizimlariga o‘hshashdir. MBBT ning “elektron jadvallar” tizimlaridan farqi quyidagi hususiyatlari orqali ham namoyon bo‘ladi: Elektron jadvallar imkoniyati etmaydigan katta hajmdagi ahborotlarni qayta ishlash maqsadida MBBTdan foydalaniladi. MBBT bir necha jadvallar o‘rtasida shunday aloqa boglashi mumkinki, bunda jadvallar foydalanuvchiga bir butun jadvaldek bo‘lib ko‘rinadi. Elektron jadvallarda bunday imkoniyat mavjud emas. 98 MBBT da bir xil ma’lumotlarga ega bo‘lgan jadvallar bir necha bo‘laklarga bo‘linishi va ular orasida mantiqiy aloqa o‘rnatilishi natijasida ma’lumotlar bazasining hajmi kamayadi hamda foydalanish usullari engillashadi. Microsoft Access relyatsion MBBT sifatida turli hildagi ma’lumotlar bazalari bilan ishlash imkoniyatiga ega va bir vaqtning o‘zida bir necha jadvallar bilan ishlaydi. “Paradox” yoki “dBase” kabi tizimlarda yaratilgan jadvallardan foydalana oladi. Foydalanuvchi “Microsoft Office” ning Access tizimida ishlar ekan, matnli hujjatlar (“Word”), elektron jadvallar(“Excel”), prezentatsiyalar(“Power Point”)dan to‘liq foydalanish imkoniyatiga ega. Tizimda Internet uchun yaratilgan yangi qo‘shimcha vositalar yordamida to‘g‘ridan to‘g‘ri “World Wide Web”dan olingan ma’lumotlardan foydalanish hamda HTML tilida berilgan natijalarni “Internet Explorer” va “Netscape Navigator” kabi brouzerlar yordamida translyatsiya qilish imkoniyatlary mavjuddir. Access shunday loyihalashtirilganki, bunda umumfoydalanuvchilar uchun yaratilgan ma’lumotlar bazalari local tarmoqda ajratilgan resurslarni tashkil qiladi. Accessda ma’lumotlar balarini himoiyalashning ishonchli tizimlari mavjud. Ma’lumotlar bazasi bitta faylda saqlanadi, lekin professional foydalanuvchilar ikkita faylda saqlashni afzal ko‘radilar: birinchisida qiymatlar obyektlari (jadvallar, so‘rovlar), ikkinchisida shallar, hisobotlar, makroslar, modullar saqlanadi. Accessning ohirgi versiyalarida faylning yangi formati (MDE) – kutubhonasi kiritilgan. Buning yordamida VBA – kod ni qo‘shmagan holda dasturiy ilovalar (prilojeniya) tuzish mumkin. Access murakkab tizim bo‘lishiga qaramasdan, foydalanuvchilar uchun ishlash jarayonida qiyinchiliklar vujudga keltirmaydi. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling