Bazasi boshqarish
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
61dbf61e8b8af1.76566515
SQL tili. SQL - kompyuter MB da saqlanuvchi ma’lumotlarni
qayta ishlash va o‘qish uchun mo‘ljallangan instrument bo‘lib, u faqat relyatsion MB bilan ishlaydi. Barcha relyatsion MBBT lar SQL tilini tushunadi. 93 5.1-rasm. MBBT umumiy tuzilishi Bu sxemaga muvofiq hisoblash tizimi muhim ma’lumotlar saqlanuvchi MB ga ega bo‘ladi. Agarda foydalanuvchi MB dan ma’lumotlarni o‘qimoqchi bo‘lsa, u buni MBBT dan SQL yordamida so‘raydi. MBBT so‘rovga ishlov beradi, talab qilingan ma’lumotlarni topadi va uni foydalanuvchiga uzatadi. Ma’lumotlarni olish yoki ma’lum bir shartlar bo‘yicha ishlov berilgan ma’lumotni MB dan olish buyrug‘i so‘rov deb aytiladi. SQL bir qator imkoniyatlarga ham ega, ya’ni: 1. Ma’lumotlar tuzilmasini tuzish. SQL foydalanuvchilarga MB tuzilmasini tuzish, o‘zgartirish hamda MB elementlari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish imkoniyatini beradi. 2. Ma’lumotlarni o‘qish. SQL foydalanuvchi yoki dasturga MB da saqlanuvchi ma’lumotlarni o‘qish va ulardan foydalanish imkonini beradi. 3. Ma’lumotlarni qayta ishlash. SQL foydalanuvchiga yoki dasturga MB ni o‘zgartirish, ya’ni unga yangi ma’lumotlar qo‘shish, mavjud ma’lumotlarni o‘zgartirish va o‘chirish imkonini beradi. 4. MBni himoyalash. SQL yordamida MB foydalanuvchilarini, undagi ma’lumotlarni o‘qish va o‘zgartirish imkoniyatlarini chegaralab qo‘yish mumkin. Bu orqali ruxsat berilmagan foydalanuvchilardan axborotlar himoyalanadi. 5. Ma’lumotlardan birgalikda foydalanish. SQL ma’lumotlardan birgalikda foydalanishni koordinatsiya qiladi, bu esa paralel ishlayotgan foydalanuvchilar bir-birlariga xalaqit bermasdan MB dagi ma’lumotlardan foydalanishlari imkonini beradi. MB MBBT SQL so`rovlari Natijalar Kompyuter tizimi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling