Bazasi boshqarish
Invertlangan rо’yxatlarga asoslangan tizimlar
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
61dbf61e8b8af1.76566515
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kо’p mazmunli bog‘liqliklar uchun aksioma (xulosa
Invertlangan rо’yxatlarga asoslangan tizimlar
Ma’lumotlarning relyatsion bazasida sxema ham tuzilmali (strukturali) va semantik axborotlarga ega bо’ladi. Tuzilmali axborotlar munosabatlarning paydo bо’lishiga bog‘liqdir. Semantik axborotlar esa sxemada ifodalangan munosabatlar atributlari orasidagi ma’lum kо’plab funksional aloqalarda ifodalanadi. Biroq ba’zi funksional aloqalar qо’shimcha effektlar yoki ular ma’lumotlar bazasini modifikatsiyalashda keltirib chiqaradigan anomaliyalar tufayli qо’llanilmasligi mumkin. Shu munosabat bilan taklif etilayotgan sxemaning tо’g‘ri notо’g‘rililigi haqidagi savol tug‘ilishi mumkin. Noо’rin funksional aloqalari bо’lmagan sxema tо’g‘ri hisoblanadi. Aks holda, dekompozitsiya ( bо’laklarga ajratish) deb nomlangan tadbirga murojaat qilishga tо’g‘ri keladi. Unda kо’plab munosabat ma’lumotlari birinchisining proyeksiyalari bо’lgan boshqa kо’plab munosabat ma’lumotlariga almashtiriladi (ularning soni ortib ketadi). Bu tadbirning maqsadi - noо’rin funksional bog‘liqlik ( demakki anomaliyalar)ni ham bartaraf etish bо’lib, u normallashtirish jarayonining mohiyatini tashkil etadi. Boshqacha aytganda normallashtirish - berilgan sxema (yoki munosabatlar yig‘indisi)ni munosabatlari kо’proq oddiy va regulyar tuzilmaga ega bо’lgan boshqa sxema bilan qadamma-qadam almashtirish jarayonidir. Normal shakllar nazariyasida munosabatlarning yо’l qо’yiladigan funksional bog‘liqliklarining tipini cheklaydigan turli normal shakllar aniqlanadi. Aytib о’tilganidek, munosabatlarni biror bir normal shaklga keltirish uchun dekompozitsiyaga murojaat etiladi. Bunda biz qaytarish, ya’ni dastlabki sxemaning qayta tiklanishi muammosiga duch kelamiz. Bu shuni anglatadiki, bir sxemani boshqasiga almashtirayotganimizda dekompozitsiya sxemalar ekvivalentligini saqlab qolishi zarur. Sxemalar ekvi-valentiligini ta’minlash uchun yо’qotishlardan holilik va bog‘liqlikni saqlab qolishni kafolat beruvchi dekompozitsiya zarur bо’ladi. Yо’qotishlardan xoli dekompozitsiya qaytarilishni ya’ni munosabatlarning dastlabki kо’pli- giga ularning loyihalarni tabiiy birlashtirishning davomiyligini 87 qо’llashni kafolatlaydi. Bunda xato birlashtirish oqibati bо’lgan, ilgari mavjud bо’lmagan kortejlar natija munosabatda paydo bо’lmasligi kerak. Bog‘liqlikni saqlab qolish - funksional bog‘liqliklarning dastlabki kо’pligi yangi sxema munosabatlarida bajarilishini anglatadi. Dekompozisiyada yо’qotishlarda xolilik va bog‘liqliklarni saqlab qolish ushbu sxemadagi barcha ehtimol tutilgan funksional bog‘liqliklarni bilishni talab qiladi. Avvaliga faqat ularning kichik kо’pliklari ma’lum. Yoki yuqorida sanab о’tilgan funksional bog‘liqliklarni keltirib chiqarish qoidalaridan foydalanib boshqa kо’pliklarga ham ega bо’lishi mumkin. Kalit tarkibiga kiruvchi atribut dastlabki (birlamchi) deyiladi; aksincha bо’lgan hollarda dastlabki bо’lmagan atribut deb ataladi. A V funksional bog‘liqlik, tо’liq funksional bog‘liqlik deyiladi, agar V A atributning qismlariga (kо’pliklari) emas balki barcha A atributlar guruhlariga tegishli bо’lsa,. Masalan, agar A=A 1 , A 2 , ... A k va A 1 , A 2 V bo‘lsa u holda V ning Aga funksional bog‘liqligi tо’liq bо’lmaydi. 1. Kо’p mazmunli bog‘liqliklar uchun aksioma (xulosa Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling