Bazasi boshqarish


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/153
Sana20.10.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1710944
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   153
Bog'liq
61dbf61e8b8af1.76566515

 
Nazorat uchun savollar: 


89 
1. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi haqida ma’lumot bering? 
2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi evolyutsiyasi? 
3. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlariga qaysilar kiradi? 
4. Ma’lumotlarning fizik va mantiqiy modeli haqida ma’lumot 
bering? 
5. Markazlashtirilgan va taqsimlangan MB deganda nimani 
tushunasiz? 
6. Web ilovalar uchun ma’lumotlar bazasini yaratishdan maqsad 
nima? 
7. Ma’lumotlar bazasi qanday himoya qilinadi? 
8. Ma’lumotlar bazasida parallel murojatlarni boshqarish maqsadi? 
9. Boshqaruv tizimi modelini tushuntiring? 
10. 
Tezkor xotirani buferli boshqarish qanday amalga 
oshiriladi? 
11. 
Tranzaktsiyali boshqarish haqida ma’lumot bering? 
12. 
Kommunikatsiya texnologiyalari komponenti nimalardan 
iborat? 
13. 
MB tashkil etish uchun mavjud yondoshuvlarni ayting? 


90 
V BOB. TIZIMNI UMUMIY TASHKIL ETISH VA SQL 
MA’LUMOTLAR BAZASI TILI 
SQL ma’lumotlar bazasi tili tarixi va asoslari 
 
SQL (Structured Query Language) — Strukturalashgan so‘rovlar 
tili — relyatsion MB bilan ishlashda qo‘llaniladigan so‘rovlar tilidir. 
Relyatsion modelning tarixi (bilvosita SQL tarixi ham) 1970 yil 
E.F.Koddni (bu paytda u IBM korporatsiyasining San Xosedagi 
tadqiqot markazida ishlagan) maqolasi chiqqan davrdan boshlanadi. 
1974 yil shu laboratoriyada ishlovchi D. Chemberlen ‘Structured 
English Query Language’ yoki SEQUEL deb nomlangan tilni e’lon 
qiladi. 1976 yil bu tilning qayta ishlangan SEQUEL/2 versiyasi 
yaratildi va u rasmiy ravishda SQL deb atalgan. Hozirgi kunda SQL 
qisqartmasini ba’zilar ‘sikvel’ deb talaffuz etadi. Biroq rasmiy 
ravishda u ‘es-kyu-el’ deb o‘qilishi kerak. 
SQL tili relyatsion algebra paydo bo‘lgandan keyin paydo bo‘ldi 
va uning birinchi prototipi IBM Research kompaniyasi tomonidan 70 
yillar oxirida yaratilgan. Bu til birinchi IBM System R nomli MBBT 
tarkibiga kiritilgan. Keyinchalik bu til ko‘pgina tijorat MBBT 
tarkibida qo‘llanilgan va keng tarqalganligi sababli vaqt o‘tishi bilan 
relyatsion MBBT larda ma’lumotlar ustida amallar bajaruvchi 
tillarning norasmiy standarti bo‘lib qoldi. SQL tilining birinchi rasmiy 
standarti 1989 yil qabul qilingan. Ko‘pgina MBBT lar ushbu 
standartni qo‘llab – quvvatlaydi. Biroq MB bilan bog‘liq axborot 
texnologiyalarining rivojlanishi va ba’zi talablarning paydo bo‘lishi 
birinchi SQL standartini qayta ishlash va kengaytirishni taqoza etdi. 
1992 yil oxirida SQL tilining yangi xalqaro standarti (SQL/92 
yoki SQL2) qabul qilindi. Unda ham ba’zi kamchiliklar aniqlangan
biroq shunga qaramasdan SQL/89 ga nisbatan aniq va to‘liqroq 
hisoblanadi. Ko‘pgina MBBT ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini 
SQL2 standartini qanoatlantiradigan qilib o‘zgartirdilar. 
1999 yil SQL3 deb atalgan yangi standart paydo bo‘ldi. Agar 
SQL1 va SQL2 standartlari bir–biridan miqdor jihati bilan farq qilgan 
bo‘lsa, SQL3 standarti sifat jihatlari bilan farqlanadi. SQL3 ga 
murakkab tuzilmaga ega ma’lumotlar tipini ishlatish imkonini 
beradigan yangi ma’lumotlar tipi kiritilgan. Bu tipni obyektga 
mo‘ljallanganlik darajasi yuqori hisoblanadi. SQL tilini to‘la qonli 


91 
an’anaviy dasturlash tillari tarkibiga kiritib bo‘lmaydi. Chunki, unda 
dastur bajarilishini boshqaruvchi va boshqa ko‘pgina an’anaviy 
operatorlar yo‘q. Unda faqat MB da saqlanayotgan ma’lumotlarga 
murojaat qiluvchi operatorlar mavjud. SQL tili o‘rganish uchun juda 
oson. SQL: 

bu noprosedura til. Shuning uchun, unda ma’lumotni qanday 
olish emas, balki qanday ma’lumot olish kerakligi ko‘rsatiladi. 
Boshqacha aytganda, SQL tili ma’lumotlarga murojaat usulini 
ko‘rsatishni talab etmaydi. Boshqa zamonaviy tillar kabi SQL tili 
operatorlarning mustaqil formatiga ega. Ya’ni, operatorlarni yozishda 
operatorlarni alohida elementlari ekrandagi ma’lum o‘rinlarda 
joylashishi bilan bog‘liq emas. 

buyruqlar ingliz tilining odatdagi so‘zlaridan iborat kalit 
so‘zlardan tashkil topgan, masalan, CREATE TABLE (jadval 
yaratish), INSERT (kiritish), SELECT (tanlash) CREATE TABLE 
Staff (staffNo VARCHAR(S), IName VARCHAR(15), salary 
DECIMAL(7,2)); 
U nima ish qiladi va u qanday ishlaydi? Agarda SQL - haqiqiy 
standart bo‘lsa, nima uchun MB ning juda ko‘p versiyalari va 
dialektlari mavjud. SQL Server, Oracle, Interbase, Paradox MBBT lar 
bir - biridan nimasi bilan farq qiladi? SQL haqiqatan ham 
kompyuterlar va lokal tarmoq uchun shunchalik muhimmi?
SQL tilining rivojlanish tarixi: 
1970 Doktor Kodd relyatsion MB modeleni yaratdi. 
1974 IBM kompaniyasi System/R loyihasini ishlashga kirishdi. 
1974 SEQUEL tili haqidagi birinchi maqola chiqdi. 
1978 System/R loyihasinining tajribaviy tadbig‘i. 
1979 Oracle kompaniyasi birinchi relyatsion MBBT ni yaratdi. 
1981 Relational Technology kompaniyasi Ingres relyatsion 
MBBT ni yaratdi. 
1981 IBM kompaniyasi SQL/DS relyatsion MBBT ni yaratdi. 
1982 ANSI SQL tilini standartlash ko‘mitasini tashkil qildi. 
1983 IBM kompaniyasi DB2 relyatsion MBBT ni yaratishini 
e’lon qildi. 
1986 ANSI SQL1 standartini qabul qildi. 
1986 Sybase kompaniyasi tranzaktsiyalarga ishlov beruvchi 
relyatsion MBBT yaratdi. 


92 
1987 ISO SQL1 standartini qo‘llab-quvvatladi. 
1988 Microsoft va Ashton-Tate kompaniyalari OS/2 operatsion 
tizimi uchun SQL Server relyatsion MBBT ni yaratishini e’lon qildi. 
1989 Unumdorlikni aniqlovchi TPC (TPC-A) birinchi test 
matbuotda e’lon qilindi. 
1990 Unumdorlikni aniqlovchi TPC-B test matbuotda e’lon 
qilindi. 
1991 SQL Access Group kontsertsiumi MB ga kirish 
spetsifikatsiyasini chop qildi. 
1992 Microsoft kompaniyasi ODBC protokoli spetsifikatsiyasini 
chop qildi. 
1992 ANSI SQL2 standartini qabul qildi. 
1992 Unumdorlikni aniqlovchi TPC-C (OLTP tizimi uchun) test 
matbuotda e’lon qilindi. 
1993 Ma’lumotlarni saqlash xizmatlarining birinchi tizimi 
topshirildi. 
1993 ODBC protokolini qo‘llovchi birinchi dasturiy mahsulotlar 
topshirildi. 
1994 Unumdorlikni aniqlovchi TPC-D (qarorlar qabul qilish 
tizimlari uchun) test matbuotda e’lon qilindi. 
1994 Parallel ishlovlarni qo‘llovchi server MB topshirildi. 
1996 OLAP MB ga ruxsat va OLAP tizimlari unumdorligini 
aniqlovchi test API-funktsiya standarti chop qilindi. 
1997 IBM kompaniyasi boshqa platformalarda ishlovchi DB2 
Universal Database relyatsion MBBT ni yaratdi. 
1997 Etakchi MBBT ishlab chiqaruvchilar Java-texnologiyasini 
qo‘llab-quvvatlashlarini e’lon qilishdi.
1988 Microsoft kompaniyasi korporativ MB ni qo‘llovchi 
Windows NT platformasi uchun SQL Server 7 MBBT ni yaratdi. 
1998 
Oracle 
kompaniyasi 
Internet 
muhitida 
ishlashni 
ta’minlovchi Oracle 8i MBBT ni yaratdi.

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling