Bazasi boshqarish


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/153
Sana20.10.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1710944
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   153
Bog'liq
61dbf61e8b8af1.76566515

SQL tilining vazifasi. SQL tili foydalanuvchining relyatsion MB 
bilan muloqat qilishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagi 3 ta 
qismdan iborat: 

DDL (Data Definition Language) – ma’lumotlarni aniqlash tili. 
MB ni (jadvallarini, indekslarini va h.k.) yaratish va uning sxemasini 
tahrirlash uchun mo‘ljallangan. 

DCL (Data Control Language) – ma’lumotlarni boshqarish tili. 
Foydalanuvchilarning MB obyektlariga murojaatini chegaralash 
operatorlaridan iborat. 

DML (Data Manipulation Language) – ma’lumotlarni qayta 
ishlash tili. MB jadvallariga 
o‘zgartirishlar kiritish uchun 
mo‘ljallangan. 

MB bilan ishlovchi ixtiyoriy til foydalanuvchiga quyidagi 
imkoniyatlarni yaratishi lozim: 

tuzilmasini to‘la tavsiflagan holda MB ni va jadvallarini 
yaratish; 

ma’lumotlar ustida manipulyatsiya amallarini bajarish, masalan, 
jadvallardan ma’lumotlarni kiritish, tahrirlash, va o‘chirish; 

oddiy va murakkab so‘rovlarni bajarish. 
Bundan tashqari, MB bilan ishlovchi til yuqoridagi amallarni 
bajarish uchun foydalanuvchilardan kam urinishlarni talab qilishi
hamda buyruqlarining sintaksisi va tuzilishi o‘rganish uchun oson va 
tushunarli bo‘lishi kerak. Nihoyat, bu til universal bo‘lishi kerak. Bu 
bir MBBT dan boshqasiga o‘tganda buyruqlarni bir xil tuzilmasi va 
sintaksisidan foydalanishni ta’minlaydi. SQL tili bu talablarni 
barchasini qanoatlantiradi. 
SQL turlari yoki rejimlari. Hisoblash jarayonini boshqarish 
uchun SQL tili ikki usulda qo‘llanilishi mumkin. Birinchi usulda 
interaktiv ishlash nazarda tutiladi. Bunda foydalanuvchi SQL 
operatorlarini terminaldan beradi. Ikkinchi usulda prosedurali tildagi 
dasturga SQL tili operatorlari kiritiladi. Bu usullar ba’zi adabiyotlarda 


95 
MB bilan ishlash texnologiyasi yoki rejimi yoki SQL turlari deb 
ataladi.
Interaktiv rejimda MB bilan ishlash uchun foydalanuvchi muloqat 
rejimida ishlaydi, ya’ni SQL tilidagi so‘rovni kiritadi va natijani oladi 
va h.k. 
Ikkinchi usulda SQL so‘rovlari boshqa dasturlash tillarida 
yaratilgan dastur tarkibiga kiritiladi. Natijada, MB bilan amaliy 
dasturlar orqali ishlash ta’minlanadi. Bu erda qo‘shimcha dasturiy 
vosita kerak bo‘ladi. U dasturlash tili bilan SQL operatorlari 
o‘rtasidagi interfeysni ta’minlab beradi. 
So‘rov SQL tili operatorlari yordamida yaratiladi. Operatorlar 
so‘zlar deb ataluvchi alohida ma’noli qismlardan tashkil topgan 
bo‘lib, uning sintaksisi SQL tilining standartida belgilab berilgan. 
SQL tilida ‘jadval’, ‘satr’ va ‘ustun’ atamalari ishlatiladi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling