Mavzu: Baktereofaglar ta’sirini petri kosachalaridagi “Blyashkalar” (steril zonalari ) va jadvallariga asosan o’rganish
Download 365.91 Kb.
|
Baktereofaglar 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lizogen sikl
- Litik sikl
- DNKdan nusxa koʻchirish va oqsil sintezi
Mavzu: Baktereofaglar ta’sirini petri kosachalaridagi “Blyashkalar” (steril zonalari ) va jadvallariga asosan o’rganishBakteriofaglar (bakteriyalar va yun. phegos – yemiruvchi) – bakteriyalarni yutib, yemirib, yoʻq qilib yuboradigan viruslar; bakteriyalar kushandasi. 1917-yil fransuz olimi F. D’Erell bakterial filʼtrlardan oʻtib keta oladigan, eritish qobiliyatiga ega mavjudotlarga "bakteriofag" deb nom bergan. N. F. Gamaleya bu jarayonni birinchi boʻlib kuzatgan (1898). Mikroorganizmlar bor joyda Bakteriofaglar ham albatta boʻladi. Ularning diametri 45–140 nm boʻlgan dumaloqroq yoki oltiburchak shaklidagi boshchasi va uzunligi 100 – 600 nm keladigan dumi bor.Boshcha va dum qobigʻi oqsil moddadan tashkil topgan. Bakteriofaglar bakteriya hujayrasiga oʻsimtasi bilan yopishib oladi (adsorbsiya), soʻngra boshchasidagi narsa hujayra ichiga kirib borib, yangi fag zarrachalarini hosil qiladi. Oqibatda hujayra yemirilib (lizis), yangi Bakteriofaglar atrofga ajraladi. Virulentli va moʻʼtadil (simbiotik) Bakteriofaglar farq qilinadi. Birinchisi hujayralarni yemirib (lizis) yangi zarrachalar hosil qiladi. Boshqalari hujayra ichiga kirsa ham uni eritib yubormaydi (profag). Moʼtadil fag tutgan bakteriyalar lizogen bakteriyalar deyiladi.Bakteriofaglarning ayrimlari gʻoyat spesifik xususiyatga ega, yaʼni mikrobning faqat bir turiga taʼsir koʻrsatadi (monofag). Boshqa Bakteriofaglar har xil turdagi hujayralarni eritib yuboradi (polifag). Mikroblarning oʻzgaruvchanligi va evolyutsiyasida bakteriofaglar muhim ahamiyatga ega. Hamma bakteriofaglar oqsil va nuklein kislotalardan tashkil topgan boʻlib, shu kislotalar turiga qarab, DNK. va RNK tutuvchi Bakteriofaglarga boʻlinadi. Bakteriofaglar shifobaxsh va kasalliklarning oldini oluvchi vosita sifatida ham qoʻllaniladi.Yuqumli kasalliklar (dizenteriya, ich terlama va boshqalar)ga tashhis qoʻyishda, bemor organizmidan ajratib olingan bakteriya xilini aniqlashda ham B.dan foydalaniladi. Oʻsimliklarda turli kasallik qoʻzgʻatuvchi (fitopatogen) bakteriyalarni yemiruvchi Bakteriofaglar ham maʼlum. Ekin maydonlaridagi tuproqda va ariq suvlarida baʼzi patogen mikroblarning Bakteriofaglari topilgan. Ekishdan oldin urugʻlikni turli kasalliklarga qarshi dorilash tajribasi Bakteriofaglardan ekiladigan urugʻlarni yuqumsizlantirishda foydalanish mumkinligini koʻrsatdi.[1]Ushbu maqolada bakteriofaglar bakterial xoʻjayinlarini zararlash uchun foydalanadigan ikki xil siklni koʻrib chiqamiz: Litik sikl: fag (bakteriofag) bakteriyaga yuqib, uni egallaydi, keyin esa undan koʻproq faglarni hosil qilishda foydalanib, soʻng portlash (lizis) yoʻli orqali hujayrani halok qiladi. Lizogen sikl: Fag bakteriyani zararlaydi va bakteriya xromosomasiga oʻzining DNKsini kiritadi, shu orqali hujayra DNKsi bilan oʻzining (bakteriyaning DNKsi bilan birikkan holatda profag deb ataluvchi) DNKsining koʻchirilishiga yoʻl ochib beradi.Fag genomlari DNK yoki RNKdan tuzilgan boʻlib, ularning soni eng kamida toʻrtta va eng koʻpi bir necha yuztagacha ham borishi mumkin. Bakteriofagning kapsidi ikosaedr, tolasimon yoki bosh-dum shaklida boʻlishi mumkin. Bosh-dum shaklli tuzilish koʻpgina faglar va ularning yaqin qarindoshlari orasida keng tarqalgan (eukariot viruslarida esa umuman uchramaydigan) holat hisoblanadiBoshqa viruslarga oʻxshab, bakteriofaglar ham koʻpayish maqsadida xoʻjayin hujayralarni zararlashi kerak. Infeksiya jarayonini tashkil etuvchi bu bosqichlar birgalikda fagning hayot sikli deb ataladi. Baʼzi faglar faqat litik hayot sikli orqali koʻpayishi mumkin, bunda ular oʻzlarining xoʻjayin hujayralarini yorib, halok qiladi. Boshqa faglar litik va lizogen hayot sikllari orasida oʻzgarib turishi mumkin, bunda ular xoʻjayin hujayrani oʻldirmaydi (buning oʻrniga hujayra har safar boʻlinganida xoʻjayin DNK bilan birga fag DNK nusxasi koʻchirilaveradi). Keling, ushbu ikki sikl haqida yaqinroq tanishamiz. Misol tariqasida E. coli bakteriyasini zararlovchi, litik va lizogen sikllar orasida koʻchib yuruvchi lambda (�λlambda) fagini koʻrib chiqamiz.Litik siklda fag odatiy virus kabi yoʻl tutadi: u xoʻjayin hujayrani egallaydi va undagi resurslardan foydalanib yangi faglarni koʻpaytiradi. Natijada hujayra lizisga uchraydi (yoriladi) va nobud boʻladi.Litik sikl bosqichlari quyidagicha: Birikish: fagning “dumidagi” oqsillar bakteriya hujayrasi yuzasidagi maʼlum bir retseptorga (bu holatda shakar transporteriga) birikadi. Kirish: fag bakteriya sitoplazmasiga oʻzining qoʻsh zanjirli DNK genomini kiritadi. DNKdan nusxa koʻchirish va oqsil sintezi: fag DNKsidan nusxa koʻchiriladi va fag genlari kapsid oqsillari kabi oqsillarni hosil qiladi. Yangi faglarning yigʻilishi: kapsidlar kapsid oqsillaridan yigʻilib, yangi fag zarralarini hosil qilish uchun DNK bilan toʻldiriladi. Lizis: litik siklning oxirida fag plazmatik membrana va hujayra devorida teshik ochadigan oqsillar uchun genlarni ifoda etadi. Teshiklar orqali suv ichkariga oqib, hujayrani kengaytiradi va suvga toʻldirilgan shar singari yorib yuboradi.Download 365.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling