Bazasi boshqarish
Ma’lumolar bazasini ishlab chiqish
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
61dbf61e8b8af1.76566515
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’umotlar tarkibini aniqlash.
Ma’lumolar bazasini ishlab chiqish
Quyida «O‘quv jarayoni» nomli shartli predmet sohasi uchun ma’lumolar bazasini ishlab chiqish jarayoni ko‘rib chiqiladi. Predmet sohasi tavsifi. Faraz qilaylik, foydalanuvchi uchun joriy semestrning o‘quv jarayoni: guruhlar, talabalarining ro‘yxati; o‘rgatilayotgan predmetlar; kafedralar o‘qituvchilarining ro‘yxati; har bir guruhning nazariy va amaliy mashg‘ulotlari haqida ma’lumotlar; har bir o‘tkazilgan mashg‘ulot bo‘yicha topshirilgan imtihonlar (sinovlar) natijalari haqida kerakli ma’lumotlar berishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar bazasini qurish lozim bo‘lsin. Foydalanuvchi uchun bazadagi ma’lumotlar asosida yana quyidagilar zarur: «Guruhning imtihon varaqasi» nomli hujjatni tuzish; hisob-kitob yo‘li bilan o‘rtacha balni olish; imtihon natijalari, imtihon topshirmagan talabalar soniga qarab guruhdagi o‘rtacha bahoni hisob-kitob qilgan holda guruhdagi topshirilgan imtihonlar natijalarini tahlil qilish; kafedra tomonidan joriy semestrda o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar soatlarining umumiy miqdorini hamda o‘qituvchining o‘rtacha yuklamasini aniqlash. Ma’umotlar tarkibini aniqlash. Foydalanuvchini mazkur axborot bilan ta’minlash uchun ma’lumotlar bazasida talabalar guruhlari, guruhlar tarkibi, kafedralar va ularning o‘qituvchilari tarkibi, talabalar o‘rganayotgan predmetlar haqida so‘rov ma’lumotlari, shuningdek, guruhlarda o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar va talabalarning joriy semestrdagi o‘zlashtiruvlari haqidagi hisobot ma’lumotlari saqlanishi 154 lozim. Predmet sohasi tahlili natijasida MBga yuklash uchun hujjat manbalar aniqlanadi. So‘rov ma’lumotlariga quyidagi hujjatlar kiradi: «Guruhlar talabalarining ro‘yxati», «Kafedralar o‘qituvchilarining ro‘yxati», «O‘rganilayotgan predmetlar bo‘yicha dasturlar». Quyida ikkita hujjatning namunaviy formalari keltirilgan 10.1 – jadval «Guruh talabalarining ro‘yxati» so‘rov hujjatining formasi. №____ guruh talabalarining ro‘yxati Talaba raqami F.I.SH. Tug‘ilgan yili Manzilgohi Kirish bali 10.2 - jadval. «O‘qituvchilar ro‘yxati» so‘rov hujjatining formasi. Kafedra o‘qituvchilarining ro‘yxati. Kafedra nomi____________________ kod___________ telefon__________ Mudir____________________ Jadval raqami F.I.SH. Ilmiy darajasi Ilmiy unvoni O‘quv jarayoni haqidagi hisobot axboroti joriy semestrda guruhlarda mashg‘ulotlar o‘tkazish rejalarida, shuningdek, to‘ldirilgan imtihon varaqalarida berilishi mumkin 10.3 – jadval Joriy semestr mashg‘ulotlari rejasi hujjatining formasi. Guruhlarda mashg‘ulotlar o‘tkazish rejasi Guruh № _________ semestr________(joriy) Predmet nomi Predmet kodi O‘qituvchi F.I.SH. O‘qituvchining jadval raqami Mashg‘ulo t turi Soatla r 10.4 - jadval. Imtihon varaqasi uchun hujjat formasi. Imtihon varaqasi Predmet nomi____________ Guruh_________ O‘qituvchi_______________ Topshirish turi___________ Sana_________ 155 № t.n. Talaba F.I.SH. Baho O‘qituvchi imzosi Keltirilgan predmet sohasi tavsifiga asosan predmet sohasi ma’ulotlarining strukturasini aniqlovchi ma’lumotlarning mantiqiy o‘zaro aloqalarini aniqlash mumkin. Natijada axborot obyektlari ajratilishi va ular orasidagi aloqalar belgilanishi lozim. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling