Bazasi boshqarish
Normallashtirish muammolari
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
61dbf61e8b8af1.76566515
Normallashtirish muammolari
Bir AOga rekvizitlar relyatsion modelning uchinchi normal shakli talablariga qarab kiritiladi. Bu talablarni axborot obyektiga nis-batan ko‘rib chiqamiz. AO unikal identifikator - kalitga (oddiy yoki murakkab) ega bo‘lishi lozim; barcha tavsifiy (asosiy bo‘lmagan) rekvizitlar o‘zaro mustaqil bo‘lishlari lozim; 147 murakkab kalitga kiruvchi barcha rekvizitlar ham o‘zaro mustaqil bo‘lishlari lozim; har bir tavsifiy rekvizit AO kalitiga funksional - to‘liq tobe bo‘lishi kerak. Bu shundan dalolat beradiki, kalitning har bir qiymatiga tavsifiy rekvizitning faqat bir qiymati mos keladi; AOning murakkab kalitida tavsifiy rekvizitlar to‘laligicha kalitni hosil qiluvchi rekvizitlar majmuiga tobe bo‘lishi shart (tavsifiy rekvizit kalitning biror-bir qismiga to‘la tobe bo‘lishi mumkin emas); AOdagi har bir tavsifiy (asosiy bo‘lmagan) rekvizit kalitga tranzitiv ravishda, ya’ni boshqa oraliq rekvizit orqali tobe bo‘lishi mumkin emas. Rekvizitlar orasida tranzitiv bog‘liqlik mavjud bo‘lgan holda, ikki axborot obyekti o‘rniga bitta AO hosil qilish yo‘li bilan rekvizitlar majmuini parchalashni amalga oshirish mumkin. Relyatsion MBni loyihalashda funksional aloqa mavjudligiga qaramasdan strukturaviy aloqa AO (agar ular real munosabatlar bilan xarakterlansa) o‘rtasida o‘rnatiladi, chunki MB har xil so‘rovlarni ta’minlashi lozim. AOlarining juftligi orsidagi real munosabatlar shu axborot obyektlari tomonidan aks ettiriluvchi real obyektlar, jarayonlar yoki hodisalar tabiati bilan belgilanadi. AOning «ta’minotchi - tovar», «talabalar guruhi - talabalar», «predmet - kafedra», «omborlar - materiallar» singari juftliklari aloqalari real munosabatlar bilan xarakterlanadi. Agar tegishli axborot obyektlarida berilgan ma’lumotlarni birgalikda ishlash zarur bo‘lsa, AOlar orasida funksional aloqa mavjuddir. Obyektlar orasidagi real munosabatlar. Real munosabatlar(RM) ikki tipdagi AO nusxalari o‘rtasidagi guruhiy munosabatlar bilan aniqlanadi. Misol uchun, «Ta’minotchi» va «Material» obyektlarining real munosabatlari har bir ta’minotchining bir yoki bir necha nomdagi matarial yetkazib berishi, yoki aksincha, bir yoki bir necha ta’minot- chining bir xil material yetkazib berishiga qarab aniqlanadi. Real munosabatlar turli tipda bo‘lishi mumkin: bir-bir xonali (1:1), bir-ko‘p xonali (1:M), ko‘p-ko‘p xonali (M:M). Bir-bir qiymatli real munosabatlar qachonki birinchi AO (A)ning har bir nusxasiga ikinchi AO (V)ning faqat bir nusxasi to‘g‘ri kelsa va 148 aksincha, AO (V)ning har bir nusxasiga AO (A)ning faqat bir nusxasi mos kelsa, mavjud bo‘ladi. Bunday AOlar osonlikcha bir obyektga bir-lashtirilishi mumkin va bu obyekt strukturasi har ikkala boshlang‘ich obyektlar rekvizitlarini birlashtirish yo‘li bilan hosil qilinadi. Asosiy rekvizit sifatida esa boshlang‘ich AOning hohlagan kaliti tanlanishi mumkin. Bir-ko‘p qiymatli real munosabatlar (1:M) - bu shunday real munosabatlarki, bunda bir AO (A)ning har bir nusxasiga boshqa AO (V)ning bir necha nusxzalari to‘g‘ri kelishi, va ikkinchi AO(V)ning bitta nushasiga AO (A)ning bittadan ortiq bo‘lmagan nusxasi to‘g‘ri kelishi mumkin. Turli tipdagi obyektlar nusxalari orasidagi iyerarxik guruhiy munosabatlar shunday aloqaga egadirlar. Ko‘p-ko‘p qiymatli real munosabatlar (M:N) - bu shun-day real muosabatlarki, bunda bir AO (A)ning har bir nusxasiga ikkinchi AO (V)ning bir necha nusxasi mos kelishi va aksincha, ikkinchi AO (V)ning har bir nusxasiga birinchi AO (A)ning bir necha nusxasi mos kelishi mumkin. Turli AO nusxalari o‘rtasidagi M:N tipidagi munosabatlarga ega bo‘lgan bunday guruhiy munosabatlarni shoxobchali munosabatlar sifatida ta’riflash mumkin. AO real munosabatlarining grafik tasviri 3-rasmda ko‘rsatilgan. Bosh AO Tobe AO 1:1 1:M M:N 9.2 - rasm. Munosabatlarning grafik tasviri Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling