Bazasi boshqarish


Kengaytirilgan ER-diagramma tili elementlari


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/153
Sana20.10.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1710944
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   153
Bog'liq
61dbf61e8b8af1.76566515

Kengaytirilgan ER-diagramma tili elementlari
Belgilangan mohiyatlar yoki belgilash-bu ikki mohiyat orasidagi 
‘ko‘pga-bir’ yoki ‘birga-bir’ turdagi bog‘lanish bo‘lib, ular tavsifdan 
farqli ravishda belgilanadigan mohiyatga bog‘liq bo‘ladi. 
Xodimni tashkilotning bir necha bo‘limiga tayin qilish misolini 
ko‘rib chiqamiz. (xodim bir bo‘limda yoki bir vaqtning o‘zida bir 
necha bo‘limda qayd qilinishi yoki birorta ham bo‘limda qayd 
qilinmasligi mumkin) 
Tayinlash birlashmasi tasvirini tuzamiz. 
Negiz 
Birlashma 
Birlashma 
Atribut 
Kalit 
Tavsif 
Belgilash 


141 
Bo‘limlar (Bo‘lim-raqami, Nomi, …) 
Xodim (Tabel-raqami, familiya, …) 
Tayinlash [Bo‘limN, XodimN] 
(Bo‘lim-raqami, Tabel-raqami,Tayinlash-sanasi) 
Har bir xodim albatta bir bo‘limga tayinlanishi lozim degan shart 
asosida ‘Xodim’ tasvirini tuzamiz. 
Bo‘limlar (Bo‘lim-raqami, Nomi, …) 
Xodimlar 
(Tabel-raqami, 
familiya, …, Bo‘lim-raqami, 
Tayinlash-sanasi) 
[Bo‘limlar] 
Bu misolda xodim o‘z mustaqilliligiga ega. (Agar bo‘lim 
yo‘qotilsa, bundan shu bo‘limga tayinlangan xodimlar ham 
yo‘qotilishi kelib chiqmaydi). SHuning uchun, ular bo‘lim tavsifi 
bo‘la olmaydi va belgilash deb nomlanadi. 
Katta hajmli va takrorlanuvchi matnlar uchun belgilashlar 
ishlatiladi. Masalan, talabalar o‘rganayotgan fanlar ‘kodlashtirishlari’, 
tashkilot va bo‘limlari nomi, mahsulotlar ro‘yxati va h-zo. 
Belgilashni tasviri tashqi ko‘rinishda tavsifdan farq qiladi va 
unda belgilanadigan mohiyat figurali qavsga emas, balki kvadrat 
qavsga olinadi. 
BELGILASH (atribut1, atribut2, …) [Belgilangan mohiyatlar 
ro‘yxati] 
Belgilash to‘la huquqli mohiyat sifatida qaralmaydi va bu hech 
qanday xatolikka olib kelmaydi. 
Belgilash va tavsif to‘liq mustaqil mohiyat hisoblanmaydi
chunki ular qandaydir boshqa mohiyatni ‘belgilashi’ yoki ‘tavsiflashi’ 
uchun ushbu mohiyatni bo‘lishini taqoza qiladi. Ammo, ular xususiy 
holda mohiyat bo‘lishi va xossaga ega bo‘lishi, birlashmada, 
belgilashda ishtirok etishi hamda o‘z tavsifiga (ancha quyi darajada) 
ega bo‘lishi mumkin. Har bir tavsifning nusxasi tavsiflanuvchi 
mohiyatning nusxasi bilan albatta bog‘lanishi shart. Ammo, 
tavsiflanuvchi mohiyatning ba’zi bir nusxalari bog‘lanishga ega 
bo‘lmasligiga yo‘l qo‘yiladi. Haqiqatan ham bu oilaviy munosabatga 
tegishli bo‘lsa, u holda ‘er’ mohiyat ‘erkak’ mohiyatga (xotini 
bo‘lmagan er yo‘q) almashtirilishi lozim. 
Endi negiz mohiyat, mohiyat sifatida birlashma ham, belgilash 
ham, tavsif ham emas. Bunday mohiyatlar mustaqil mavjud bo‘ladi, 


142 
ba’zan esa ular boshqa mohiyatni belgilaydi. Masalan, xodimlar 
bo‘limlarni belgilaydi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling