Bazasi boshqarish
BOG‘LANISH VA BIRLASHMALAR
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
61dbf61e8b8af1.76566515
BOG‘LANISH VA BIRLASHMALAR
Bog‘lanishlar tavsifi va modellashtirish tillari Loyihalashda o‘rganilgan ma’lumotlar, foydalanuvchilar takliflari va ish jarayonini tasavvur qilishga asoslangan holda MB ning boshlang‘ich xomaki nusxasi tayyorlanadi. Tabiiy til orqali matematik formulalar, jadvallar, grafiklar va barcha kishilarga tushunarli bo‘lgan vositalardan foydalanib tayyorlangan MB loyihasi ma’lumotlarning infologik modeli deb ataladi. Infologik modellashtirishning maqsadi MB da saqlanadigan ma’lumotlarni yig‘ish va taqdim qilishni inson tushunadigan tilda ifodalashdir. Shuning uchun, ma’lumotlarning infologik modelini tabiiy tilga yaqin usulda tavsiflashga harakat qilinadi. Infologik modelning asosiy qurish elementi mohiyat, ular orasidagi bog‘lanishlar va xossalari (atributlari) hisoblanadi. Mohiyat – MB da saqlanishi kerak bo‘lgan ma’lumot, ixtiyoriy bir-biridan farq qiluvchi obyektdir. Insonlar, joy, samolyotlar, reyslar, ta’m, rang va h-zolar mohiyat bo‘lishi mumkin. Mohiyatning tipi va nusxasi mavjud. Bir butun majmua sifatida qaralayotgan shaxslar, fanlar, hodisalar yoki g‘oyalarni mohiyat tipi tushunchasi deb qarashimiz mumkin. Majmuadagi aniq narsalar mohiyat nusxasiga tegishli bo‘ladi. Masalan, ‘Shahar’ mohiyat tipi bo‘lsa, ‘Buxoro‘ esa mohiyat nusxasi hisoblanadi. Atribut – mohiyatning nomlangan tavsifidir. Nomlash aniq bir mohiyat tipi uchun takrorlanmas, ammo turli xil mohiyat tiplari uchun bir xil bo‘lishi mumkin. (Masalan, ‘Rang‘ atributi ‘It’, ‘Avtomobil’, ‘Gul’, ‘Tutun’ va h-zo singari mohiyatlar uchun aniqlanishi mumkin). Atribut mohiyatda qanday ma’lumotlar saqlanishi kerakligini aniqlash uchun ishlatiladi. Masalan, ‘Avtomobil’ mohiyati uchun ‘Tip’, ‘Tur’, ‘Raqami’, ‘Rang‘ va h-zolar atributga misol bo‘la oladi. Bu erda tip va nusxa o‘rtasida farq mavjudligi namoyon bo‘ladi. ‘Rang‘ atributi tipi juda ko‘p qiymat yoki nusxaga ega bo‘ladi: ‘Qizil’, ‘Ko‘k’, ‘Sariq’, ‘Oq’ va h-zo. Mohiyatning har bir nusxasiga atributning birgina qiymati taqdim qilinadi. Mohiyatning tipi va atributi orasidagi mutloq farq mavjud emas. Mohiyat tipiga bogliq holda atribut o‘z o‘rniga ega bo‘lishi mumkin. 137 Boshqa hollarda atribut mustaqil mohiyat sifatida qatnashishi mumkin. Masalan, avtomobil zavodi uchun ‘rang‘ ishlab chiqarilayotgan mahsulot atributi bo‘lsa, rang ishlab chiqaruvchi fabrikada ‘rang‘ mohiyat tipi hisoblanadi. Kalit – atributlarning kam sonli to‘plami bo‘lib, ular qiymatlari bo‘yicha mohiyatning kerakli nusxasini topish mumkin. To‘plamdan biror bir atributni chiqarganda, qolgan atributlar yordamida mohiyatning mutanosibligini belgilay olmaslik, kamlik tushunchasini bildiradi. Masalan, biror bir oliy ta’lim muassasi xodimlari haqidagi ma’lumotlar to‘plami ‘Xodim’ mohiyati bo‘lsa, unda ‘tabel raqami’ kalit hisoblanadi. Bog‘lanish - ikki yoki undan ortiq mohiyatlarni birlashtirishdir. Chunki, MB ni tashkil qilishning shartlaridan biri, mohiyatlar orasida o‘zaro bog‘liqlikni tashkil qilib, mohiyatning biror-bir qiymati orqali boshqa mohiyatni izlashdan iborat bo‘ladi. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling