Bazasi boshqarish
Mohiyatlar klassifikatsiyasi
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
61dbf61e8b8af1.76566515
Mohiyatlar klassifikatsiyasi
Infologik modelni qurishda ER diagramma (inglizcha Entity- relationship mohiyat-bog‘lanish) tilidan foydalanish mumkin. Unda mohiyat to‘g‘ri turtburchak, birlashtirish romb yoki oltiburchak, atributlar oval, bog‘lanishlar esa yo‘nalishga ega bo‘lmagan va yuqorisida bog‘lanish darajasi qo‘yilgan chiziq shaklida ifodalanadi. Bog‘lanish darajasi 1 yoki ‘ko‘p’ so‘zini bildiruvchi M harfi bilan belgilanadi. Ikki mohiyat, masalan A va B orasida 4 xil bog‘lanish bo‘lishi mumkin. Birinchi tip-’birga-bir bog‘lanish’ (1:1). Har bir vaqtda A mohiyatning har bir nusxasiga B mohiyatning 1 yoki 0 nusxasi mos keladi. Talaba stipendiya olmasligi yoki odatdagidek olishi yoki yuqori turlardan birini olishi mumkin. А Б А B Talaba Tayinlash Stipendiya turi 138 Ikkinchi tip-’birga-ko‘p bog‘lanish’ (1:M). A mohiyatning bir nusxasiga B mohiyatning 0 yoki 1 yoki bir necha nusxasi mos keladi. Xonadon bo‘sh bo‘lishi yoki unda 1 yoki bir necha kishi yashashi mumkin. Ikki mohiyat orasida yana quyidagicha bog‘lanishlar bo‘lishi mumkin. ‘Ko‘pga-bir’ (M:1) va ‘Ko‘pga-ko‘p’ (M:N). Mohiyatlar orasidagi bog‘lanishlar yuqorida keltirilganlar bilan chegaralanmaydi. Mohiyatlar orasida juda ko‘plab murakkab bog‘lanishlar bo‘lishi mumkin. Keltirilgan misolda ko‘rgazmalilikni oshirish uchun bog‘lanishlarda mohiyat atributi va birlashtirishlar, barcha ER diagrammalarda keltirilmadi. Agar mohiyatlar atributi ham bog‘lanishlarda tasvirlansa ER diagramma murakkab ko‘rinishga ega bo‘lar edi. Masalan, oila bog‘lanishida asosiy atributlarni bergan holda ER diagrammani quramiz. 8.1-rasm.Oila bog‘lanishida asosiy atributlarni bergan holda ER diagramma Agar ER diagrammada mohiyatlarda ishtirok etuvchi barcha atributlarni tasvirlasak tushunish qiyinlashadi. Shuning uchun, katta bo‘lmagan modellarda va modellarning qismlarida ER diagramma tilidan foydalaniladi. Ko‘pchilik hollarda kamroq ko‘rgazmali, ammo ko‘proq ifodalanuvchi infologik model tili qo‘llaniladi. Unda mohiyat va birlashtirishlar quyidagicha tasvirlanadi. MOHIYAT (atribut1, atribut2, …, atributn) BOG‘LANISH [MOHIYAT S1, MOHIYAT S2, …] (atribut1, atribut2, …, atributn) S-bog‘lanish darajasi. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling