Bazasi boshqarish


Tashqi xotirada ma’lumotlarni bevosita boshqarilishi


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/153
Sana20.10.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1710944
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   153
Bog'liq
61dbf61e8b8af1.76566515

Tashqi xotirada ma’lumotlarni bevosita boshqarilishi 
Tashkilot boshqaruv tizimining axborot jihatlari deganda, axborot 
harakatlanishi va qayta shakllanish jarayoni sifatida boshqaruvni aks 
ettiruvchi, boshqaruv tizimining vazifaviy ish strukturasini tashkil 
etuvchi bloklar to‘plami deb tasavvur qilish mumkin(1-rasm). 
Tizimning boshqaruv qismidagi qayta hosil bo‘lish predmeti - bu 
boshlang‘ich axborotdir.
Yuqori darajadagi boshqaruv bloki va tashqi muhit bloki bayon 
etilayotgan boshqaruv tizimiga kirmaydi va unga nisbatan ichki 
hisoblanadi. Shuningdek, obyektni boshqarish jarayonini ifodalovchi 
ichki tizimidagi axboort oqimi paydo bo‘ladi. 
a
1
va a
2
kanallari bo‘yicha o‘tadigan axborot oqimi ko‘rib 
chiqilayotgan tizim va yuqori darajadagi tizim o‘rtasidagi 
bo‘ysinuvchanlik munosabatini ifodalaydi. a
1
axborot oqimi ko‘rib 
chiqilayotgan tizimga ta’sir ko‘rsatuvchi ma’muriy – buyruq 
(ko‘rsatmali) axborotlarining majmuini ifoda etadi. a
2
aloqa kanali bu 
tashkilot boshqarish tizimining boshqaruvchi qismi a
1
kirishiga 
qanday ta’sir ko‘rsatganligi to‘g‘risidagi axborotni tashuvchi teskari 
aloqa kanali sanaladi. Agar tashkilotning boshqaruv tizimi 
boshqaruvning yuqori darajadagi buyruqlarini hech bir kamchiliksiz 
bajarsa, u holda a
2
ning chiqish joyida a
1
ning kirish joyidagi 


71 
bilan(vaqti-vaqtida ma’lum bir siljishlar bilan) bir xil axborot bo‘ladi, 
yoki axborot umuman bo‘lmaydi(bu a
1
va a
2
axborotlari bir xil 
degani).
Tashqi muhit va boshqaruv tizimi o‘rtasidagi axborot almashinuvi 
chizmada b
1
kirishi va b
2
chiqishi bilan tasvirlangan. Ular gorizantal 
axborot aloqalari sanalib, tizim faoliyati uchun muhim bo‘lgan o‘sha 
tartibdagi tizimlar va boshqa axborot manbalari bilan ko‘rib 
chiqilayotgan 
boshqaruv 
tizimining 
o‘zaro 
munosabatlarini 
modellashtiradi. Tizim faoliyati uchun muhim sanalgan axborot 
manbalariga savdo, maorif, banklar, soliq inspeksiyasi kabilarni 
kiritish mumkin. Mazkur tizim jarayonida boshqarib bo‘lmaydigan 
turli xil ta’sirlar yuzaga keladi: f kiritish boshqariladigan obyektga 
tashqi muhitning boshqarib bo‘lmaydigan ta’sirlarini modellashtiradi. 
Boshqaruv tizimini ko‘rib chiqishni boshqariladigan obyektdan 
boshlaymiz. Resurslarga ega bo‘lgan holda boshqaruv obyektlari vaqt 
sarflash va resurslarning qayta hosil bo‘lishi bilan bog‘liq ishlab 
chiqarish jarayoning amalga oshirish natijasida m
2
ning ayrim 
samaralari to‘plamini chiqishga yo‘naltiradi. g
1
kirish va g
2
chiqish 
holati, tashqi muhit bayon etuvchi sharoitlar xaqidagi, yuqori organlar 
tomonidan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi axborotlar boshqaruv 
blokiga kelib tushadi. Axborot bloki unga kiritilgan dasturga muvofiq 
boshqaruvchi obyekt holatini qayd etadi, axborotni to‘plash va 
ro‘yxatga olishni, uni oldindan qayta ishlashni, jumladan, tasniflash
guruhlash, ma’lumot berish kabi bir qator elementar mantiqiy va 
hisoblash operatsiyalarini amalga oshiradi. 
Boshqaruv bloki axborotlarni qayta ishlaydi va ayrim 
jo‘natiladigan axborotlar oqimini natijalovchi oqimga aylantiradi
boshqariladigan obyekt kirishiga ta’sir bilan bog‘liq bir qator 
qarorlarni ishlab chiqadi va o‘rta muhit hamda yuqori darajadagi 
boshqaruv bloklari bilan o‘zaro harakat qiladi.
Bunda boshqaruv bloki boshqaruv obyekti, tashqi muhit va yuqori 
boshqaruv darajasidan kelgan axborotlardan foydalanadi. Meyorida 
ishlashdan chetlangan hollar ro‘y berganda boshqaruv bloki 
chetlanganlikni bartaraf etish maqsadida qaror qabul qiladi va tegishli 
chorani tanlaydi. Boshqaruv bloki ta’sir ko‘rsatish usullarini ishlab 
chiqish uchun xotira(unga mutaxassislar xotirasi, elektron xotirani 
kiritish mumkin) va boshqaruv mezoniga ega(mezon bo‘yicha 


72 
boshqariluvchi 
obyekt 
ko‘rsatkichlarining 
yaxshilangani 
yoki 
yomonlashuvi aniqlanadi).
Ta’sir ko‘rsatish bloki shunday vosita sanaladiki, uning 
yordamida boshqaruv bloki kerakli foydali samaraga erishish 
maqsadida boshqaruv bloki boshqariladigan obyekt kirishiga ta’sir 
ko‘rsatadi.
Boshqaruv bloki yuqori darajada a
2
aloqa kanali bo‘ylab ko‘rib 
chi-qilayotgan tizim holati to‘g‘risida axborot oladi, ayrim qarorlar 
qirralarini(spektrini) ishlab chiqadi va a
1
aloqa kanali bo‘yicha 
boshqaruv blokiga kerakli ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir ko‘rib 
chiqilayotgan tizim faoliyati algoritmida ko‘rsatkichlar hisoboti 
tartibida, boshqariladigan obyekt ishini baholaydigan mezonlarda 
ayrim o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
a
2
b
2
b
1
a
1
h
1
h
2

g
1
h
3
g g
2

m
1

m
2
Moddiy oqimlar
Axborot oqimlari 
4.1- rasm. Boshqaruv tizimining faoliyat ko‘rsatish tarkibi 
"Tashqi muhit"
bloki 
Yuqori darajadagi
boshqaruv bloki 
Mezonlar 
Ta’sir etuvchi
blok 
Boshqaruv bloki 
Axborotlar 
bloki 
Boshqariladigan 
obyekt 


73 
Tashqi muhit bloki tashqi muhitning ko‘plab elementlaridan 
iborat bo‘lib qandaydir ma’noda mazkur tizim yoki uning 
boshqariluvchi obyekti bilan o‘zaro harakatlana oladi.
Boshqaruv bloki tashqi muhit axborotlari asosida muhitning yuzaga 
kelishi mumkin bo‘lgan holatini bashoratlashda va boshqariladigan 
obyektga ta’sir ko‘rsatishda, shuningdek boshqaruv tizimining o‘zidagi 
funksional bloklar o‘rtasida o‘zaro ta’sirni yuzaga keltirishda bunday 
bashoratlarni hisobga olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Shunday qilib, boshqaruv shakl nuqtai-nazaridan axborot 
jarayonini ifodalaydi. Boshqaruv mohiyati esa boshqaruv tizimidagi 
olingan barcha axborotni qayta ishlash, qarorlar qabul qilish hamda 
boshqariladigan ta’sir ko‘rinishida boshqaruv obyektlariga natijaviy 
axborotlarni berishdan iborat.
4.2-rasmda 
boshqaruv 
obyektiga 
boshqariladigan 
ta’sir 
ko‘rsatishni ishlab chiqish ko‘rsatilgan.
Qarorlarni 
amalga 
oshirish 
odamlar(ishlash) 
va 
mashinalar(mashina harakati) tomonidan bajariladi. Qayd etish 
lozimki, harakatlar boshqaruvga oid emas. Bu mehnat jarayonini 
bajarish yoki mashinalar bajaradigan harakatlardir.
Boshqaruvni amalga oshirish jarayonini axborot ma’nosida 
quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: 
O
i
(t) i
n
(t) A i
np
i
np
i
yk
O
i
(t+1) (1)
bunda: O
i
(t) - i- boshqariluvchi obyektning t - vaqtdagi holati; 
i
n
(t) – i–boshqariluvchi obyektning t – vaqtdagi holatini aks 
ettiruvchi axboroti; 
A – i
n
(t) axborot asosida i – obyekt uchun shakllangan boshqaruv 
vazifasining hisob-kitob algoritmi; 
i
np
– i – obyektni boshqarishdagi qarorlar qabul qilish uchun 
kerakli axborotlar (t vaqtidagi boshqaruvchi ta’sir); 
O
i
(t+1) – boshqaruvchi ta’sir amalga oshirilgandan so‘ng (t+1) 
vaqtdagi i – boshqariluvchi obyekt holati.
Keltirilgan formula boshqaruv jarayonini ta’minlovchi axborot 
tizimi tavsifi, tarkibi va tashkil etish ketma-ketligini belgilab beradi.
Quyidagi uchta asosiy boshqaruv darajasi farqlanadi.
Yuqori daraja tizimning kattaroq yoki kichikroq ma’lum bir 
istiqbolga mo‘ljallangan asosiy yo‘lini (rejalashtirish konturini) 
belgilab beradi. 
Tashqi Ichki


74 
Axborot
4.2 - rasm. Boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatishni ishlab chiqish chizmasi 
O‘rta darajada berilgan strategik yo‘nalishni amalga oshiruvchi 
tarkibi shakllanadi yoki ko‘rinishini o‘zgartiradi(tashkil etish konturi). 
Quyi darajada yuzaga kelgan og‘ishlarni bartaraf etgan holda, 
tizimning tegishli rejimda bo‘la olishini ta’minlaydi.
Mazkur modelda boshqaruvchi qism va boshqaruv obyektining 
o‘zaro aloqasi aniq nomoyon bo‘ladi. Ular uch xil ko‘rinishdagi 
buyruq oladi, ya’ni: hech bir ko‘rsatmasiz bajariladigan dastur; 
ma’lum bir ehtimoliy voqealar sodir bo‘lgan hollarda bajariladigan 
tashkiliy qoidalar; atrof–muhitning taxminiy ta’siri va tizim 
faoliyatining meyoriy rejimdan chalg‘ish bilan bog‘liq bo‘lgan 
boshqaruv buyruqlari. Quyida to‘liq boshqaruv davri faoliyatining 
amaliy mohiyatini ko‘rib chiqamiz. 
1. Bashoratlash - bu tashqi muhitning yuzaga kelishi mumkin 
bo‘lgan holatini, boshqariladigan obyektning o‘zini tutishini aniqlash 
maqsadida ma’lumotlarni qayta ishlash hamda ular har birining 
ehtimolligini baholashdan iborat.
2. Rejalashtirish – bu tizimning kelajakdagi orzu qilingan holatini 
ishlab chiqish(rejali modelini ishlab chiqish) va ushbu holatga erishish 
uchun mablag‘larni taqsimlashga nisbatan qarorlar qabul qilishdan 
iborat. Rejalashtirish maqsad va mezonlarni tanlashni o‘z ichiga oladi. 
Boshqaruv obyekti holati to‘g‘risidagi axborotlarni 
yig‘ish, shuningdek meyoriy va reja
xujjatlarini yig‘ish hamda saqlash 
Axborotni tahlil etish va qayta ishlash 
Qarorlar qabul qilish 
Obyektga boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatish 
Qarorlarni amalga oshirish
(obyekt holatining o‘zgarishi) 


75 
Shu maqsad va mezonga nisbatan boshqaruv samaradorligi 
baholanadi. 
3. Dasturlash rejasini amalga oshirish, ya’ni tizim faoliyatining 
algo-ritmini ishlab chiqish uchun boshqariladigan harakatlar ketma–
ketligi hamda o‘zaro aloqasini bayon etuvchi dasturlarni ishlab 
chiqishdan iborat. 
4. Tashkil etish – mustahkam (bardoshli) obyektlar yoki jarayonlar 
tuzilmasini o‘zgartirishi yoki ko‘rishdan, ya’ni ma’lum bir holatlarida 
bosh-qariladigan 
obyektlar 
faoliyatini 
reglamentlashtirishda 
foydalanila-digan u yoki bu qoida, prosedura, usul, algoritmlarini 
belgilash yoki o‘zgartirish demakdir. 
5. Meyorlashtirish - tizimning xususiyatlarini ifodalovchi statistik 
ma’lumotlarni doimiy ravishda yig‘ish va ular asosida tizimning bir 
meyorda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlab turish.
6. Hisobga olish boshqariladigan obyekt va tashqi muhit 
parametrlari majmuini qayd etishdan iborat. U yana keladigan 
ma’lumotlarni dastlab qayta ishlash, jumladan, tasniflash, guruhlash 
va hokazo arifmetik hamda mantiqiy operatsiyalarni o‘z ichiga oladi. 
7. Nazorat qilish – boshqariladigan obyektlarning meyorida 
ishlashidan 
chalg‘ishi 
to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar 
mazmunini 
aniqlashdan iborat.
8. Boshqarish – tasodifiy ta’sirlar sababli tizim ishining me’yoriy 
rejasidan chetlashishini bartaraf etish maqsadida qaror qabul qilish, 
ya’ni qayta aloqa asosida tuzatish, olinadigan samaraning sifat va 
miqdor o‘lchovlari o‘zgarishiga ko‘ra boshqariluvchi obyektga ta’sir 
ko‘rsatishidir. 
9. Tahlil – tizimning joriy holatini o‘rganishda ish samaradorligini 
oshirish uchun uning imkoniyatlarini tahlil etishdan iborat.

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling