Bazasi boshqarish


Ma’lumotlar bazasining elementlari


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/153
Sana20.10.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1710944
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   153
Bog'liq
61dbf61e8b8af1.76566515

Ma’lumotlar bazasining elementlari 

Jadvallar Ma’lumotlar bazasida ahborot ikki o‘lchovli jadvallar 
ko‘rinishida saqlanadi. Boshqa MBBT yoki elektron jadvallarni 
boshqarish tizimlaridagi jadvallarni import qilish va boglash mumkin. 
Bir vaqtning o‘zida 1024 jadval ochiq bo‘lishi mumkin. 

So‘rovlar (Zaprosi). Turli jadvallardan so‘rovlar yordamida 
biron – bir kriteriy asosida ma’lumotlarni tanlab olish mumkin. 
So‘rovga 255 tagacha maydonni kiritish mumkin. 

Shakllar (Formi). Shakllar jadvallardan va so‘rovlardan olingan 
ma’lumotlarni qulay holda ko‘rish imkonini beradi. Shakllar 
yordamida jadvaldagi yozuvlarni o‘zgartirish va yangisini qo‘shish 
mumkin. Shakllar modullarni qo‘shish imkonini beradi. 


100 

Hisobotlar(Otcheti).Hisobotlar jadvallardan va so‘rovlardan 
olingan ma’lumotlarni bosmaga chiqarish imkonini beradi. Hisobotlar 
ham modullarni qo‘shish imkonini beradi. 

Makroslar (Macros). Yuqorida aytib o‘tilganidek, makroslardan 
foydalanish bir qancha operatsiyalarni makrobuyruqlar yordamida 
avtomatlashtirish imkonini beradi. 

Modullar. Modullar VBA – kodlardan tashkil topgan procedura 
yoki funktsiyalardan iborat . Ular yordamida shakl yoki hisobotlardagi 
boshqaruvchi tugmalar uchun operatsiyalar majmuasi yoziladi, 
ma’lumolar bazasi ustida amallar bajariladi hamda boshqa dasturiy 
ilovalar tuziladi. Ma’lumolar bazasi 32768 tagacha obyektga ega 
bo‘lishi mumkin. 
 
Jadval ustasi (Master tablits) rejimida jadval tuzish. Access 
o‘zining “Master” rejimlari yordamida foydalanuvchilar uchun qulay 
bo‘lgan standart obyektlari (jadval, so‘rov, shakl, hisobot va hokazo) 
ni tavsiya etadi. Agar foydalanuvchilarni bu tayyor obyektlar 
qanoatlantirmasa, u holda MBBT bilan muloqot vaqtida istalgan 
rejimni tanlashlari mumkin.
Obyektning ma’lumotlar bazasini tuzish jarayoni bir necha 
qadamlar bilan amalgam oshiriladi, bu holda har bir qadamda 
obyektning kerarli harakteristikalarini o‘rnatish mumkin. Jadval ustasi 
(Master tablits) rejimi yangi jadval tuzishda (rus tilidagi Access da) 33 
xil hizmat sohasiga tegishli bo‘lgan jadval va 20 xil shahsiy faoliyatga 
tegishli bo‘lgan jadvallarni tuzish imkonini beradi(ingliz tilidagi 
Access da 77 va 44 xil. 
Jadval ustasi (Master tablits) dan foydalanish Accessning boshqa 
Usta (Master) rejimlarining umumiy mohiyatini tushunishga yordam 
beruvchi misol bo‘la oladi. 
Jadval ustasi (Master tablits) rejimida berilgan namunalar yordamida 
jadval tuzish Access tizimining ba’zi imkoniyatlarini chegaralaydi. 
Ko‘pgina hollarda jadval tuzishda berilgan qiymatlar boshqa 
ma’lumotlar bazalaridan import qilinadi yoki boshqa ma’lumotlar 
bazalaridagi hamda elektron jadvallardagi ma’lumotlar bilan aloqa 
o‘rnatiladi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling