Bazasi boshqarish
Mantiqiy operatorlar. BETWEEN va IN operatorlari
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
61dbf61e8b8af1.76566515
Mantiqiy operatorlar. BETWEEN va IN operatorlari. BETWEEN ifodasi bu qiymatlar diapazoniga tegishlilikni tekshirishdir. Ifoda sintaksisi quyidagicha: NOT ifodasi shartni teskarisiga o‘gdiradi, ya’ni tegishli emas ma’nosini bildiradi. Misol:2 va 3 kurslarda o‘qiydigan talabalarni tanlab olish: SELECT Familiya,Ism, Kursi FROM Talabalar WHERE Kursi BETWEEN 2 AND 3 IN ifoda to‘plamga tegishlilikni tekshiradi. Bu ifoda ham BETWEEN ifodasiga o‘xshash bo‘lib, uning yozilishi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi. SELECT Familiya, Ism, Kursi FROM Talabalar WHERE Kursi in(1,2); NOT IN yordamida diapazonga "tegishli emaslik"ni tekshirish mumkin. SELECT Familiya, Ism, Kursi FROM Talabalar WHERE Kursi Not in(1,2); SQL da LIKE operatorining qo‘llanilishi. Quyidagicha "*" shablonli LIKE operatorini qo‘llaymiz: SELECT Familiya, Ism, Kursi FROM Talabalar WHERE Familiya like"A*" ; Bu yozilgan ifoda Talabalar jadvalida mavjud A harfi bilan boshlanuvchi familiyalarni chiqarib beradi. 104 IS NULL operatori. Bu operator bosh bo‘lgan maydon qiymatlarini qaytaradi. SELECT * FROM Talabalar WHERE ISM IS NULL; Bu ifoda Talabalar jadvalidan Ism maydoniga kiritilmagan, ya’ni bo‘sh bo‘lgan qiymatlar qaytaradi. IS NOT NULL operatori. Bu operator bosh bo‘lmagan maydon qiymatlarini qaytaradi. SELECT * FROM Talabalar WHERE ISM IS NOT NULL; Bu ifoda Talabalar jadvalidan Ism maydoniga kiritilmagan, ya’ni bo‘sh bo‘lmagan qiymatlar qaytaradi. Yozuvlarni tartiblash, ORDER BY jumlasi. Agar talabalar ismini, familiyasini alfavit tartibida, kurslari bo‘yicha kamayish yoki o‘sish tartibida chiqarish mumkin. Buning uchim SELECT operatori tarkibida ORDER BY ifodasi ishlatiladiko‘zda tutilgan. SELECT * FROM talabalar ORDER BY familiya, kursi; SO‘ROVLARDA GURUHLASH VA FUNKSIYALAR Agregat funksiyalar qo‘llanishi. Agregat (yoki STATIK) funksiyalar, sonli yoki hisoblanuv-chi ustunlar bilan ishlaydi. Agregat funksiya argumenti butun ustun bo‘lib, bitta qiymat qaytaradi. Bu fiinksiyalarni ko‘rib chiqamiz: SUM() — Ustundagi hamma qiymatlarning summasini hisoblaydi. AVG() — Ustundagi hamma qiymatlarning o‘rtacha qiymatini hisoblaydi. MIN() — ustundagi hamma qiymatlarning eng kichigini aniqlaydi. MAX() — ustundagi hamma qiymatlarning eng kattasini aniqlaydi. COUNT() — ustundagi qiymatlar sonini hisoblaydi. COUNT(*) — so‘rov natijalari jadvalidagi satrlar sonini hisoblaydi. Agregatlash argumenti bo‘lib ustun nomidan tashqari ixtiyoriy matematik ifoda xizmat qiiishi mumkin. Misol uchun quyidagi so‘rovda: Talabalar jadvaliga qancha talabalar royhati kiritilgan? SELECT count(Familiyasi) FROM talabalar; Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling