Begmatov amirullo


Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi - milliy tаrаqqiyotimizning yangi bоsqishi


Download 1.65 Mb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1618773
1   2
Bog'liq
javohir

Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi - milliy tаrаqqiyotimizning yangi bоsqishi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining tahlili, bugungi kunda jahon bozori talabi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuvni ishlab chiqishni taqozo etdi. Mamlakatning 2016-yilda saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shartsharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi farmoni bilan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi.
Strategiya - bu ta’limotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi bo’lib, u izchillik bilan va to’liq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta’minlaydi.
XXI asrga kelib strategiya tushunchasi ancha kengaydi. Strategiya deb, dunyo miqyosida va davlat ichki hayotidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hamda boshqa sohalarda vujudga kelgan inqiroziy vaziyatlarni prognozlashtirish va bartaraf etishga qaratilgan boshqaruvni tashkil etish masalalariga doir tushunchalarni qamrab oladi. Shundan kelib chiqib, davlat strategiyasi bir biri bilan o’zaro bog’liq, lekin alohida xususiyat kasb etuvchi ko’plab tushunchalarda ifodalanadi.
Strategiyaning mohiyati taktik vazifalarni belgilashdan iborat. Siyosat, strategiya va taktika - strategik rahbarlik va boshqaruv jihatlari bilan bog’liq uchta mustaqil kategoriyadir. Ularning farqi shundan iboratki, strategiya tasdiqlangan va amalga oshirish uchun qabul qilingan bo’lsa, uning joriy qilinishi strategiyalashtirilayotgan obyektning mayog’iga aylanadi. Taktika esa strategik vazifalarni amalga oshirish bo’yicha kundalik, oylik va yillik (joriy) rejalarni va ularning yechimi bo’yicha tadbirlarni taqozo etadi. Siyosat — bu strategiya va taktikani yagona samarali amal qiluvchi tizimga agregatsiya va integratsiya qilinishidir.
Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan islohotlar milliy g’oya xalqimizning kuch-qudratiga aylanishi uchun sharoit yaratdi. Endi gap milliy g’oyani har bir o’zbekistonlikning niyatiga va harakatiga aylantirishda. Yaxshi fikr yaxshilikka, yomon fikr yomonlikka yo’l ochadi. Axborot maydonini nuqul negativ kontent egallab olmasligi uchun pozitiv, yaxshi, nekbin mazmun, mavzular bilan mutanosib to’ldirishga alohida e’tibor qaratmog’imiz zarur. Negaki, biz kattalar ham, bolalarimiz ham har kuni yaxshi-yomon fikrlardan ta’sirlanamiz. Bir-birimiz bilan ijtimoiy tarmoqda tortishamiz, aytishamiz, urishamiz. Lekin biz bularning negativ fikrlardan boshlangan g’oyalar kurashi ekanligini anglamaymiz.
Milliy g’oyamizning bosh g’oyasi “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”. Yuksalish – harakatni talab qiladi. Demak, milliy g’oyamiz harakatlar mafkurasi bo’ladi. Milliy g’oya odamlarga islohotlar kim uchun, nima uchunligini, ahamiyatini tushuntiradi. Yotganni – o’tqazadi, o’tirganni – turg’izadi, turganni – yurgizadi, yurganni – yugurishga undaydi. Tushuntiradi. Chunki shularni tushunmagan odamlar birlashmaydi, ko’r-ko’rona, yuzaki ishlaydi. Biri ishlasa, ikkisi tomoshabin bo’ladi. Tushunganlar birlashib, ixtiyoriy, zavq bilan ishlaydi. Natijada hayotidan rozi bo’ladi.
Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling