Behini standartga kiritilgan navlarini xarakteristikasi Behining kelib chiqishi va botanic tavsifi
Download 26.48 Kb.
|
BEHI nalari
Behini standartga kiritilgan navlarini xarakteristikasi Behining kelib chiqishi va botanic tavsifi. Behi – (Cydonia oblonga Mill.)raʼnodoshlar oilasiga mansub mevali daraxt yoki buta. Kavkaz, O‘rta Osiyo, Qrim, Ukrainaning janubida keng tarqalgan. B.ning Ozarbayjon, Dogʻiston, Turkmaniston, Eronda yovvoyi turlari uchraydi, turk tilida ayva nomi bilan yuritilgan. Behi, asosan urug‘idan ko‘kartirilgan niholga payvandlab ko‘paytiriladi. Ko‘chati o‘tqazilgach, 3-4 yilda hosil beradi. 30-40 yil yashaydi. Katta yoshdagi daraxtlari 60-70 kg hosil beradi. Behi daraxti issiqlik va namlikka talabchan. Sug‘oriladigan unumdor tuproqlarda, sho‘ri kam yerlarda o‘sadi. O‘suv davrida tuproq sharoitiga qarab 3-8 marta sug‘oriladi. Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida "avya" shaklida tilga olingan. Bargi oddiy, yashil, cheti butun. Gullari yakka holda, oq yoki och pushti, aprelda gullaydi. Koʻchati oʻtqazilgach, 3—4 yili hosilga kiradi, 30—40 yil yashaydi. Katta yoshdagi daraxtlari oʻrtacha 60— 70 kghosil beradi. Mevasi sentabr—okt. oylarida uzib olinadi; vazni, naviga qarab 150—500 g. B. mevalari limon rangda yoki toʻq sariq, tuk bilan qoplangan; yetilganda tuki toʻkilib ketadi, xushboʻy. Yangi uzilgan mevasi kam isteʼmol qilinadi. B. entomofil (hasharotlar bilan changlanadigan) oʻsimlik. B. tarkibida 74,7—83,5% suv, 8,5— 15,2% qand, 0,2—1,5% kislota bor, shuningdek oshlovchi moddalar va tosh hujayralar boʻladi. Mevasi dagʻal boʻlib, uzoq saqlangandan keyin tosh hujayralar yumshab qoladi. B.dan murabbo, kompot, marmelad, sukat, qiyom, jem tayyorlanadi, ovqatga (koʻpincha palovga bosiladi) ishlatiladi. B., asosan, payvandlab koʻpaytiriladi, koʻchati 6×6 yoki 5×5 m sxemada oʻtqaziladi. B.ning koʻpchilik navlari nokka payvandtag boʻla oladi; unga ulangan nok pakana boʻladi. B. issiklik va namlikka talabchan. Sugʻoriladigan unumdor tuproqlarda, shuningdek shoʻri kam yerlarda yaxshi oʻsadi. Oʻsuv davrida tuproq sharoitiga qarab 3—8-marta sugʻoriladi. Asosiy navlari: Non B., Quva B., Shirin B., Samarqand yirik B., Xorazm olmasimon B. N o n B. —ertapishar, xoʻraki va konservabop, daraxti oʻrtacha. Mevasi yirik 300—400 g, olma shaklida, sariq. Eti sargʻish, oʻrtacha suvli, sal nordon, xushboʻy. Sentabrning ikkinchi yarmida uziladi, dekabrgacha saqlanadi. 50–70 kg hosil beradi; Quva B.—oʻrtapishar, xoʻraki, daraxti katta (5–6 m), mevasi oʻrtacha (150—200 g), tilimli, olma shaklida, och sariq. Eti oq, tigʻiz, oʻrtacha suvli, shirin, xushxoʻr. Okt. boshlarida uziladi, yanvargacha saqlanadi. Tupi 150–200 kg hosil beradi; Shirin B. —ertapishar, xoʻraki, daraxti oʻrtacha. Mevasi 150—180 g, tilimli, noksimon, eti och sariq, sersuv, shirinnordon, yeyishli. Sentabrning ikkinchi yarmida uziladi, uzoq saqlanmaydi. Zararkunandalari: olma qurti, olma qon biti, nok kanasi, doʻlana kapalagi va boshqa; kasalliklari: qora chirish, zang va boshqa Download 26.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling