Bekdurdiyeva nargizaning hayot faoliyati xavfsizligi fanidan mustaqil ishi


Download 199.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana26.01.2023
Hajmi199.97 Kb.
#1124797
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
nargizaa

 Shovqinga qarshi kurash usullari.
Shovqinga qarshi kurashish kuyidagi usullar bilan amalga oshirilishi mumkin:
okilona akustik rejalashtirish (shovqinli uskunalarni to’g’ri joylashtirish);
manbaning shovqin chiqarishini kamaytirish;
shovqinni ixotalash;
shovqinni yo’tish;
shovqinga qarshi to’siqlar qo’llash;
shovqinni buguvchi moslamalar qo’llash;
shovqinga qarshi shaxsiy himoya vositalari qo’llash. 
Ratsional akustik rejalashtirish. Korxona obyektlarini rejalashtirish, bosh rejani
loyihalashda shovqin chiqaruvchi obyektlarni lokallashtirish, ma’lum joylarga, ya’ni boshka
obyektlarga shovqinning zarari tegmaydigan qilib joylashtirish talab qilinadi. Bunda
birinchi navbatda “shamollar guldastasi”, ya’ni shu axoli punktida shamolning asosiy
yo’nalishi hisobga olinadi. 
Shovqinli sexlar bilan “tinch” xonalar (idoralar, konstruktorlik byurolari, ko’tubxona,
tibbiyot xonasi va x.k. lar) orasidagi masofa shovqinni kerakli mikdorda kamaytira oladigan
darajada bo’lishi kerak. Agar korxona shaxar xududida bulsa (to’qimachilik korxonalari
aksar shaxar xududi ichida joylashgan bo’ladi), shovqinli sexlar axoli yashovchi uylardan
uzoqrokda, ya’ni korxona xududining ichkarasida joylashtirilishi kerak. Agar bunday sexlar
bir binoning ichida joylashtirilishi kerak bulsa “tinch” xonalar shovqinli xonalardan
shovqinni yaxshi ixotalovchi to’siqlar bilan ta’minlanishi yoki boshka, odam kam
bo’ladigan xonalar, sanuzel va koridorlar bilan ajratilgan bo’lishi kerak. 
Umuman shovqin manbasidan L, m uzoqlikda qanchaga sunishini kuyidagi formula
bilan aniqlash mumkin ( rasmga karang). Masalan, tukuv sexidan 30 m uzoqlikda
korxona xovlisida joylashgan sartaroshxonadagi shovqinning kuchini aniqlash. Shovqin
manbaidan 1 m masofadagi kuchi 94 dB. 
L
x
=L
shm
-20 lg L -8= 94-20 lg 30-8=56,4dB. 
bu yerda L-shovqin manbai bilan biror obyekt orasidagi masofa, m;
L
shm
- shovqin manbaining shovqin chiqarish kuchi darajasi, dB (odatda undan 1 m
masofada ulchanadi);
L
x
- shovqinni L masofada sunishi, dB.
Shovqin kup chiqaradigan sexlar atrofi yaxshi kukalamzorlashtirilgan, bargi kalin
daraxt va bo’talar bilan koplangan bo’lishi kerak. 

Download 199.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling